Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/122
Sana24.04.2022
Hajmi3,5 Mb.
#579772
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   122
Bog'liq
Oq so‘yloq..

Oltinchi bob
YANGI SABOQ
Yoniga kelayotgan Uidon Skottni ko'rgan Oq So'yloq osonlikcha 
jo n berm asligini bildirib qo 'y m oq ch id ek hurpayib irilladi. Yangi 
xo'jayinining qo'lini tishlab olganidan buyon oradan bir necha kun 
o'tdi. Skott qo'lini bog'lab bo'yniga osib olgan edi. Odamlarning b a’zan 
jazoni boshqa paytga qoldirish odati Oq So'yloqning esidan chiqmagandi. 
Shu sababdan hozir qilmishiga yarasha jazo kutardi. Boshqacha bo'lishi


ham mumkin emas, u shakkoklik qildi: o ‘zi xudodek bilgan insonni, 
buning ustiga oq tanli kishini qopdi. Odamlar qo'lida uzoq yillar yashab, 
olgan saboqlariga ko'ra o'zini qanday og'ir jazo kutayotganini bilardi.
Odam undan bir necha qadam narida to'xtab cho'kkaladi. Bu hali 
hech narsani bildirm asdi, chunki o d atd a u la r tik tu rg an holda 
jazolaydilar. Qolaversa, bu xudoning qo'lida na tayoq, na qam chi, na 
miltiq bor, buning ustiga Oq So'yloq ham bog'lab qo'yilmagan. N a 
arqon, na zanjir urra qochib ketishga monelik qilardi. Hozircha buyog'iga 
nim a bo'lishini kutish lozim edi.
Skott hech narsa bo'lm agandek tinchgina o'tirar, o'rnidan turishni 
xayoliga ham keltirmasdi. Pirovardida, Oq So'yloqning g'azab bilan 
o'kirishlari sekin-asta pasayib, uzuq-yuluq irillashga aylandi va bora- 
bora irillamay ham qo'ydi. Shunda xo'jayini gapira boshladi. Uning 
ovozini eshitgan zahoti Oq So'yloqning junlari yana tikka bo'lib, yana 
bo'g'ilgudek irillay boshladi. Odamzod bironta nojo'ya harakat qilmay 
muloyim ohangda gapiraverdi. Xuddi unga jo 'r bo'lgandek gap ohangi 
va ovozining o'zgarishiga muvofiq Oq So'yloqning irillashi dam ko'tarilar 
yoki dam susayardi. Odamning ovozi bilan itning irillashi o'rtasida 
uyg'unlik hosil bo'ldi. Biroq, Skott tinmay gapirardi. U Oq So'yloqqa 
shunday muomala qilar ediki, it bu taxlit muom alani hech kimdan 
ko'rm agan edi. Uning mayin, allalovchi ohangida mehr va shafqat 
sezilar va bu Oq So'yloqqa ozm i-ko'pm i ta ’sir qilardi. Oxiri it o'zi 
istam agan holda yangi xo'jayiniga 
nisbatan ishonch tuydi. Shu 
choqqacha odam zod tom onidan behad jab r ko'rgan va aldangan 
bo'lishiga qaramay, hozir xavf-xatardan butkul xoli ekaniga ishondi.
Skott uzoq gapirdi, so'ng o'rnidan turib g'oyib bo'ldi. U yana 
kulba ostonasida paydo bo'lganda, Oq So'yloq xavotirlanib unga tikildi. 
Uning qo'lida hech narsa — na qamchi, na tayoq, na qurol bor edi. U 
kelib boya o'tirgan joyiga cho'nqaydi-da, Oq So'yloqqa bir bo'lak 
go'sht uzatdi. Birdan sergak tortgan Oq So'yloq aw aliga shubhalanib 
go'shtni ko'zdan kechirdi, shuning barobarida odam dan ham diqqatini 
uzmadi, u biron xavf tug'ilgudek bo'lsa sakrab qochishga shay turardi.
Lekin negadir jazo hamon orqaga surilardi. Inson unga yegulik 
berdi — b o r-y o 'g 'i shu. O ddiygina g o 'sh t, buning hech qanaqa 
qo'rqinchli yeri yo'q. Ammo, Oq So'yloq hanuz shubhalardan xalos 
bo'lolmayotgani uchun insonning go'sht tutgan qo'li tum shug'i tagiga 
kelib qolgan bo'lsa-da, qayrilib qaramadi. Inson har narsaga qodir-da, 
kim bilsin beozor va beminnatdek tuyulayotgan bu g'am xo'rlik zamirida 
qanday makr-hiyla bor? O 'tm ish saboqlariga, ayniqsa, xotin-xalajga 
ro 'b a ro ' kelgan chog'laridagi tajribasiga k o 'ra Oq S o'yloq go 'sht 
uzatilgan yerda jazo borligini va bu ikki tushuncha hammavaqt bir- 
biriga chambarchas bog'liq bo'lishini bilardi.


Nihoyat, inson go'shtni Oq So'yloqning oyoqlari ostiga irg'itdi. It 
odam zoddan ko'z uzmay turib go'shtni obdon iskadi. Biron ko'ngilsiz 
hodisa ro'y bermadi. Shundan so'ng u go'shtni yeyishga tushdi. Yana 
hammasi tinch-xotiijam o'tdi. Skott unga ikkinchi bo'lakni uzatdi. Oq 
So'yloq bu gal ham go'shtni uning kaftidan olib yeyishga unam adi, 
odam go'shtni yana uning oyoqlari ostiga irg'itdi. Bu bir necha bor 
takrorlandi. Oxiri odam go'shtni irg'itishdan voz kechdi. U go'sht 
bo'lagini kaftida tutgancha Oq So'yloqni olib yeyishga undadi.
G o'sht xushxo'r, Oq So'yloq esa ochiqqan. Natijada u ming shubha- 
gumon bilan bo'lsa ham sekin-sekin yaqin bordi va oxiri odam kaftidan 
go'shtni olishga botindi. U cho'zilib go'shtni olar ekan, odam ni ko'zdan 
qo chirm as, g o 'y o aqling b o 'lsa h ozir o 'y n ash m a, deb q o 'rq itib
qo'ym oqchidek tahdid bilan irillab qo'yar edi. Oq So'yloq go'shtning 
bir qismini yedi, biron noxush voqea yuz bermadi. Shu alpozda oz- 
ozdan go'shtni yeb bitirdi, baribir biron yomonlik sezmadi. Demak, 
jazolash qoldirilgan.
Oq So'yloq labini yalab, endi nima bo'ladi, degandek kuta boshladi. 
Odam gapirishni davom ettirdi. U mehr bilan erkalayotgandek gapirardi. 
Oq So'yloq m ehr bilan gapirish nimaligini shu choqqacha bilmasdi. 
M ana shu shirin muomala unga ta ’sir etar, allaqanday yoqimli hislar 
vujudini qamrab olm oqda edi. G 'alati, u o'zini behad osoyishta sezar, 
bamisli qandaydir talab-ehtiyojlari qondirilayotgandek, hayotidagi 
allaqanday bo'shliq o'rni to'ldirilayotgandek bo'lardi. Sal o'tm ay yana 
ixtiyori o'zidan ketib, o'tm ish tajribalari junbushga keldi-yu, xavotirga 
tushdi. Odamzod o 'ta ayyor — nimaga qasd qilgan, ko'nglida nima gap 
bor, bilish qiyin.
M ana oqibati! Odam makkor, gap orasida sekin qo'lini uzatishdan 
tortinmayapti. Uning qo'li Oq So'yloqning boshiga tegay, deb qoldi. 
Ammo u bir nafas to'xtam ay gapirishda davom etardi. U mayin, alla- 
lagudek ovozda so'zlardi. Oq So'yloq qo'lni ko'rib xavotirlansa, ovozini 
eshitib dadillanardi. Ayni chog'da, mayin ovozini eshitib xotirjam bo'lsa, 
qo'lini ko'rib dahshatga tushardi. Oq So'yloqning vujudida qaram a- 
qarshi his-tuyg'ular oqimi kurashardi. U bu vaziyatda bor kuchini 
sarflagani bilan o'zini qo'lga ololmas, borgan sari tinka-m adori qurib, 
holsizlanib borardi.
Oxiri Oq So'yloq o 'z ixtiyorini jilovlashga majbur bo'ldi: u tahdid 
bilan irillab, quloqlari dikkaydi, am m o Skottga hamla qilm adi va undan 
qochishga urindi. Q o'l pastlashib, pastlashib, nihoyat, uning hurpaygan 
junlariga tegdi. Oq So'yloq yerga yotib oldi. Ammo odam zod qo'lini 
tortib olmadi, aksincha tobora tig'izroq ushlashga talpinardi. Junjayib 
esxonasi chiqib ketgan Oq So'yloq arang o'zini bosib turardi. Bu qo'lning 
badaniga tegishidan u azob chekardi. Xohish-istaklarini poymol etayotgan 
inson qo'llari yetkazgan son-sanoqsiz jabr-zulm ni bir kunda unutib


yuborishga u qodir emasdi. Ammo odamzod uning unutishini xohlar, 
shu sababli itni o ‘z irodasiga bo'ysundirish uchun bor imkoniyatni ishga 
solardi.
Odamzod uni erkalab, silab-siypash uchun dam ushlar, dam qo'lini 
tortib olardi. Bu bir necha bor takrorlandi, am m o u qo'lini tortib oldi 
deguncha Oq So'yloqning junlari hurpayardi. H ar gal qo'llari badaniga 
tekkanida o'takasi yorilar va bo'g'zidan irillash toshib chiqardi. Oq 
So'yloq irillab, jonini og'ritgandan o 'ch olajagini bildirib qo'ym oqchi 
bo'lardi. Odamning ko'nglida nim a g'arazi borligini kim unga ayta 
oladi? Bu qadar mayin gapirayotgan inson istagan lahzada o'dag'aylashi, 
bu qadar mehribonlik bilan erkalayotgan qo'llar har lahzada iskanjaga 
olishi va qaqshatishi mumkin.
Ammo inson ham on muloyim gapirar va mayin qo'llari bilan 
boyagidek Oq So'yloqni silab-siypalar edi. Oq So'yloq ikkilanardi. Sezgi- 
hissiyoti bunday muomalaga qarshilik qilardi, negaki bu taxlit muomala 
malol kelar, ixtiyorini cheklab, ozodligiga burov soladigandek edi. Lekin 
ming qilmasin, joniga ozorberm ayapti. Bil’aks, barmoqlarning harorati, 
siylab-siypashi yoqimli edi. Sekin-asta egasi quloqlarining orqasini 
beozorgina qashishga o'tdi: endi Oq So'yloq yana ham ko'proq huzurlana 
boshladi. Ammo xavotiri baribir arimadi; u ham on sarosimaga tushar, 
bu hissiyot kuchaygan chog'da qiynalar, allaqanday ko'ngilsizlik yuz 
beradigandek bo'lar, goh bu xavotir tum andek tarqalib ketganda yana 
huzurlana boshlardi.
— Hah, jin ursin!
Iflos suvni to'kkani tog'ora ko'tarib chiqqan M ett Uidon Skottning 
Oq So'yloqni silab-siypayotganini ko'rib o'zini tutolm ay beixtiyor 
qichqirib yubordi.
Uning tovushini eshitar-eshitmas Oq So'yloq ortiga sakradi-da, g'azab 
bilan irilladi.
Mett m a’qullamay boshini sarak-sarak qilib xo'jayiniga qaradi.
— Meni kechiring-u, janob Skott, lekin xudo haqqi, farosat bobida 
sizga havas qilmagan bo'lardim hozir.
U ndan Skott g'olibona qiyofada jilmayib o'rnidan turdi-da, Oq 
So'yloq tepasiga borib engashgancha bir nimalarni gapira boshladi. 
So'ngra qo'lini uzatib yana uning boshi, qulog'ining orqasi aralash 
silab-siypay boshladi. Oq So'yloq indamay turib berdi, biroq, u erka­
layotgan kimsa qolib kulbaning ostonasida turgan Mettdan ko'z uzmasdi.
— Ehtimol, siz ajoyib injenerdirsiz, — dedi m ahmadonalik qilib 
Mett. — Meni nazarimda, siz hayotda ko'p narsa yo'qotgansiz, bolali- 
gingizdayoq uydan ketib sirkka kirib ishlashingiz lozim edi.
M ett ovozini eshitgan Oq So'yloq irillab qo'ydi, lekin bu safar 
o'zini erkalab-siypalayotgan qo'ldan yulqinib chiqib ketmadi.


Bu o ‘tgan hayotining barham topganligi va awalgi nafrat saltana- 
tining tanazzuli boshlanganidan darak berardi. Oq So'yloq boshlanajak 
yangi, mislsiz go'zal hayot arafasida edi. Bu yog'i endi U idon Skottning 
rag'bati, sabr-toqatiga bog'liq. Faqat Oq So'yloq mayl-istaklari amriga 
bo'ysunmasligi, yuragida chuqur ildiz otgan qasos tuyg'usi, kek, shafqatsiz 
hayot saboqlarini unutishi, ulardan voz kecha olm og'i lozim edi.
O 'tm ishni Oq So'yloq endi-endi tushunib yetayotgan edi, yangilik- 
larni o'ziga singdirish u yoqda tursin, ochiqdan-ochiq inkor qilardi. 
Qisqasi, endi u Shimol o'lkalaridan kelib o 'z ixtiyori bilan Kulrang 
Q unduz izm -u ixtiyoriga o'zini topshirgan chog'laridan ko'ra hayotni 
atroflicha va chuqurroq tushunishga intilishi lozim edi. Holbuki o'sha 
paytda k o 'p narsaning farqiga borm aydigan tajribasiz, oddiy bir 
kuchukcha edi. Endi esa hamma-hammasi o'zgarib ketgandi. O'tmishdagi 
hayot Oq So'yloqni astoydil tarbiya qilgan edi, uni shafqatsiz, yovuz 
va sarkash, urushqoq, hech kimga m ehr ko'rsatmaydigan va barchaning 
nafratiga sazovor bo'lgan bo'riga aylantirgan edi. U bamisli qayta 
tug'ilishi kerak edi, u kechagi odatlari, tushunchalaridan, tajribasi va 
egallagan bilimlaridan voz kechmagan holda yoshligi o'tib, rnushak- 
paylari qayishqoqligini yo'qotib, dag'allashib, yaroqsiz holga kela 
boshlagan chog'da mayl-istaklari talab qilgan qonun-qoidalarga itoat 
etm og'i shart edi.
Ming qilganda ham, Oq So'yloqqa nasib etgan yangi muhit uni o'z 
tarbiyatiga oldi. Shu muhit ta ’sirida uning tiynatidagi shafqatsizlik o'rnini 
yumshoqlik egallay boshladi. Ochig'ini aytganda hammasi Uidon Skottga 
bog'liq edi. U Oq So'yloq tabiatida mavjud bo'lgan botiniy olamning 
teran qatlamlarida yashirinib yotgan, allaqachon quriyozgan yaxshilik 
chechaklariga, m ehr-m uhabbat naychasi orqali obi hayot baxsh etar va 
niyatining ulug'ligi va beminnatligi tufayli ko'p narsalarga erishayotgan 
edi. Oq So'yloq shu tariqa chinakam mehr-muhabbat nimaligini tushunib 
yetdi. X udolar bilan kechirayotgan hayotida eng haroratli va eng 
tushunarli bo'lgan bu tuyg'u uning vujudida muqim bo'lgan mayl- 
istaklar o'rnini egalladi.
Biroq, m ehr-m uhabbat bir kunda tirik jon vujudini qamrab olol- 
maydi. Mayl-istak urug'laridan hosil bo'lgach, u juda sekinlik bilan 
unib-o'sadi. O'ziga xo'jayinlik qilayotgan yangi xudosini Oq So'yloq 
yaxshi ko'rardi, shu sababli, kun-uzzukun ozodlikda yursa ham qochib 
ketmasdi. Bu yerda yashash X ushro'y Smitning qafasida yashashdan 
ming marotaba afzal edi, qolaversa, Oq So'yloq xo'jayinsiz yasholmasdi. 
Inson qo'li ostida yashash uning uchun bir zaruratga aylangan edi. 
Insonga tobe bo'lib yashash qismati, ho'v o'sha, Shimoliy hududlarni 
tashlab chiqib jazolashlarini itoatkora kutib Kulrang Q unduz oyoqlari 
ostiga sudralib borgan kundan e’tibor unga taqdir etilgan edi. Ikkinchi


marta ocharchilikdan keyin Shimol oMkasidan qaytib kelib Kulrang 
Qunduz qishlog'ida baliq hidini tuygan mahal ana shu qismat izm-u 
ixtiyorida edi.
Oq So'yloq yangi xo'jayini uyida muqim qolganining sababi, aw alo, 
u xudolarsiz yashay olmas, undan tashqari Uidon Skott Xushro'y Smitdan 
o'lsa o'ligi ortiq edi. O 'z sadoqatini oshkora qilish uchun u xo'jayinning 
mol-mulkini qo'riqlash vazifasini uhdasiga oldi. Chana tortadigan itlar 
uyquni urayotgan mahal uy atrofida aylanib yurar, bitta-yarim ta kech 
qolgan mehmonning sho'ri qurirdi, to uydan Skottning o'zi yugurib 
chiqmaguncha Oq So'yloq yo'lini to'sib irillagancha o'takasini yorardi. 
Biroq, ko'p o'tm ay Oq So'yloq o'g'ri bilan halol odam larni ajratishni 
o'rganib oldi, odamlarning qadam tashlashi bilan xulq-atvorida gap 
ko'p ekan. Shaxdam odim lar bilan eshik yoniga kelgan kishiga tegmas, 
lekin to eshik ochilguncha va ichkaridan birov chiqib ichkariga olib 
kirib ketgunicha ko'zdan qochirm asdi. A ylanm a yo'llardan kelib 
o'g'rincha ichkariga kirmoqchi bo'lgan kimsa Oq So'yloqning g'azabiga 
duchor bo'lar va pirovardida sharmandalarcha juftakni rostlar edi.
Uidon Skott boshidan kcchirgan jamiki azob-uqubatlar evaziga Oq 
So'yloqni taqdirlashni, to 'g'rirog 'i inson bolasining uning oldidagi 
gunohlarini yuvmoqni niyat qilgandi. Uidon Skott uchun bu jiddiy or- 
nomus inasalasiga aylangandi. Uning nazarida odam lar Oq So'yloqdan 
qarzdordir, bu qarzni to'lam oq zarur — shuning uchun iloji boricha Oq 
So'yloqqa e'tiborini qaratar, har kuni erkalar, silab-siypashni kanda 
qilmasdi.
Boshida bunday munosabatdan Oq So'yloq xavotirga tushdi va buni 
yomonlik alomati deb bildi, biroq, vaqt o'tgan sayin, sekin-asta bunga 
ko'nikdi, pirovardida huzurlana boshladi. Ming qilganda Oq So'yloq 
ham baribir bitta odatidan qutulolmasdi, odamzod qo'li badaniga tegdi 
deguncha irillay boshlar, to Skott nari ketmaguncha tinchiyolmasdi. 
Biroq bu irillashlarida yangi ohanglar paydo bo'la boshladiki, begona 
kishilar buni payqamasligi, ular uchun har doimgidek vahshiyona odatdek 
tuyulishi mumkin.
Bir zam onlar Oq So'yloq onasi bilan g'orda yashayogan chog'da ilk 
bor g'azabdan o'kirganlarida bo'g'zi o'ta bo'g'iq va o'kirikdan dag'alla- 
shib o'z hissiyotini boshqacha tarzda ifoda qilolmaydigan bo'lib qolgandi. 
Shunga qaram ay bu vahshiyona irillash zam irida Oq So'yloqning 
huzurlanayotganidan darak berayotgan yangi ohanglar paydo bo'lganini 
U idon Skottgina juda yaxshi his qilar edi.
Kunlar ketidan kunlar o'tar, mayl-ishtiyoqdan tug'ilgan m ehr-m uhab­
bat kuchaygandan kuchayib borardi. Oq So'yloq o'zi tushunm agan 
holda shuni sezardi. Bu mehr-muhabbat buloq suvlari ko'zachani to'ldir- 
gani kabi intizor, tashna vujudini qoniqtirayotgani bilan nam oyon


bo'lm oqda edi. Bu mehr, bu m uhabbat o ‘zi bilan barcha iztirob va 
xavotir keltirgan, x o ‘jayini erkalay boshlagandagina b u n d an xalos 
bo'lardi. Shunday damlarda m ehr-m uhabbat beixtiyor Oq So'yloq jismi- 
jonini qamrab oluvchi shod-u xurramlikka, adoqsiz quvonch va halo- 
vatga aylanardi. Xo'jayini o'rn idan turib nari ketishi bilanoq azob va 
xavotirdan Oq So'yloq yana qiynala boshlar, ochlik xuruj qilayotgandek 
qiynalar, o'zini qo'ygani joy topolmasdi.
Oq So'yloq sekin-asta asliga qaytayotgan edi. Yoshi ulg'ayib, shaf­
qatsiz hayot ta ’sirida toblanganiga qaram ay uning fe’l-atvorida ham on 
yangi-yangi xususiyatlar paydo bo'lardi. Vujudida hali o'zi ko'nikib 
ulgurmagan mayl-istaklar va tuyg'ular uyg'onib kelardi. Endi Oq So'yloq 
o'zini butunlay boshqacha tutardi. Ilgari o'ziga yetkazilayotgan jabr-u 
zulmga toqat qilolmas, qanday bo'lm asin undan saqlanish, qutulish 
yo'llarini topishga harakat qilar edi. Endi esa aksincha, yangi xo'jayini 
deb Oq So'yloq ko'pincha jabrlanar va qiynalardi. M ana, masalan, 
ertalablari yegulik topish um idida chor-atrofni kezib chiqish yoki biron 
xilvat kunjakda maza qilib yeyish o'rniga zax yo’lakda soatlab Skottni 
kutib yotardi. Yoki yarim kechasi xo'jayini ko'chadan kirib kelsa Oq 
So'yloq uning haroratli kaftlarini his qilmoq yoki m ehr to 'la so'zlarini 
eshitish uchun issiqqina uyachasini tashlab chiqardi. U xo'jayini yonida 
bo'lib, uning erkalashlaridan bahram and bo'lish yoki u bilan birga 
shaharga borish uchun yeb turgan luqmasini ham unutib yuborar edi.
M ana nihoyat m ayl-ishtiyoq o 'rn in i m ehr-m uhabbat butunlay 
egalladi. Bu tuyg'u shunchalar kuchli ediki, mayl-ishtiyoq hech qachon 
bu darajaga chiqmagan edi. Oq So'yloq mehrga m ehr bilan javob 
qaytarardi. U bamisli nur yog'ilib turadigan benazir xilqatga erishgan 
va o'zi shu xilqat mehrobida quyosh nurlari ostida yashnagan giyoh 
singari ko'rkamlashib, yashnab borardi. Oq So'yloq his-tuyg'ularini izhor 
etolmasdi. U endi yosh emas, buyog'i tabiatan toshbag'ir edi. Yolg'izlik, 
damduzlik uni bosiq botindagini zohiriga chiqarmaydigan qilib qo'ygan 
edi. Bunday toshbag'irlik ko'rgan-kechirganlari va og 'ir hayotning 
samarasi edi. U angillashni bilmasdi va afsuski xo'jayiniga erkalanib 
peshvoz chiqolmasdi ham. U hech qachon unga talpinmas, iloji boricha 
uning ko'zidan nariroq bo'lishga harakat qilar, sadoqatini namoyish 
etishga oshiqmas, peshvoz chiqib ko'nglini ovlashdan saqlanar, aksincha 
bir chekkada kutib o'tirar, lekin har daqiqa unga intizor bo'lardi. Uning 
m ehr-m uhabbati so'zsiz, sidqidildan sevishning namunasi edi go'yo. 
Oq So'yloqning ichidagisini, xo'jayinini har bitta harakatini kuzatayotgan 
ko'zlarigina fosh qilib qo'yardi. U idon Skott unga tikilib, erkalay 
boshlaganda esa u butun vujudini qam rab olgan mehrini qay tarzda 
ifoda etishni bilolmay qiynalib ketardi.


Oq So‘yloq shu yangi hayotga moslasha boshladi. Shu tariqa xo'jayi- 
nining itlariga tegmaslik lozimligini tushunib yetdi. Biroq, shaddodligi 
goh-goh yuzaga chiqib qolar, itlar yangi sardorining ustunligiga amalda 
ishonch hosil qilishdi. Unga itoat etishni tan olishgach ular Oq So'yloqni 
bezovta qilmay q o ‘yishdi. Uni ko‘rib qolishganda itlar chiyillashib yo‘l 
bo'shatishar va uning xohish-ixtiyoriga bo'ysunishar edi.
U xo'jayiniga tegishli b o ‘lgani uchun M ettga ham ko'nikdi. Uidon 
Skott Oq So'yloqqa kam dan-kam hollarda ovqat berar, bu vazifa M ett 
zimmasiga yuklangan edi va Oq So'yloq o'zi yeyayotgan yegulik aslida 
xo'jayiniga tegishli, Mett uning buyrug'i bo'yicha g'am xo'rlik qilayot- 
ganini tushundi. Ana o'sha Mett bir kuni Oq So'yloqni boshqa itlar 
qatori chanaga qshnioqchi bo'ldi. Biroq, Oq So'yloq buning uddasidan 
chiqolmadi. Shaxsan Uidon Skottning o 'zi kelib abzal urm aguncha 
chana tortishdan bosh tortib turaverdi. Oxiri xo'jayini chanaga o 'tir- 
ganda, boshqa itlar qatori o'zi ham Mettga itoat etish lozimlini u tushundi.
Klondaykdagi chanalar Makkenzi chanalaridan farq qilardi, ular­
ning tag qismiga tem ir tasma o'rnatilgan bo'lib itlarni chanaga qo'shish 
usuli ham boshqacharoq edi. Q o'shqayish bilan bo g'langan itlar 
yelpig'ichdek yoyilib emas. turnaqator bo'lib chanani tortishar edi. Bu 
yerda Klondaykda, yetakchi chin ma’nosi bilan yetakchi edi. Eng oldinga 
butun to'da qo'rqadigan va itoat etadigan o 'ta ziyrak va baquw at it 
qo'shiladi. Mo'ljaldagidek ko'pam o'tm ay Oq So'yloq ana o'sha yerni 
egalladi. A ncha tashvishlardan so'ng Oq S o'yloq bundan kamiga 
ko'nmasligiga Mett amin bo'ldi. Oq So'yloq o'zi borib shu joyni egalladi. 
Mett birinchi sayrdan keyinoq uning to'g'ri qilganini tasdiqlab, ko'klarga 
ko'tarib maqtadi. Kun bo'yi chana tortib yurgan Oq So'yloq kechasi 
xo'jayinining mol-mulkini qo'riqlash lozimligini unutm adi. Xullas u 
xo'jayiniga ixlos va sidqidildan xizmat qilar, U idon Skott esa Oq So'y- 
loqday bebaho iti borligidan faxrlanardi.
— 
Ichimda qolib ketmasin, — deya gap ochib qoldi bir kuni M ett, — 
o'g'il bola gap, shu itga yuz ellik dollar berib juda yaxshi ish qilgansiz. 
Xushro'y Smitni rosa chuv tushirdingiz-da, basharasini teskari qilib 
yuborganingiz u yoqda tursin.
Uidon Skottning ko'kish ko'zlari g'azabdan yondi va u g'ijinib 
«Ablah!» deb to'ng'illadi.
K o'klam ning oxiriga borib Oq So'yloq boshiga musibat tushdi, 
kutilmaganda xo'jayini g'oyib bo'ldi. O chig'ini aytganda, ogohlan- 
tirishgan edi, faqat Oq So'yloq bunaqa ishlarda tajribasi yo'q, g'alcha 
edi, lash-lushlarini jom adonga joylayotgan odam dan nim a kutish 
mumkinligini bilmasdi. Keyinroqqa borib, buyumlarni jom adonlarga 
joylash xo'jayinning biron yerga otlanayotganidan darak berishini bilib


oldi, lekin o‘sha paytda bu xayoliga ham kelmagandi. Kechqurun har 
doimgidek Oq So'yloq uning kelishini kutardi. Yarim kechasi kuchli 
shamol turdi, u sovuqdan yashirinib kulbaning orqa tom oniga o ‘tdi va 
tanish qadam tovushi kelib qolarmikin, deb quloq solib anchagacha 
yotdi. Kechasi ikkilarda bezovtaligi oshib, kulba ortidan chiqib keldi va 
peshayvonda g'ujanak boMib yotdi-da, o ’sha yerda kuta boshladi.
X o'jayini kelmadi. Ertalab eshik ochildi-yu, peshayvonda M ett 
ko'rindi. O q So'yloq mung'ayib unga qaradi. nechog'lik bilgisi kelayot- 
ganini shu tariqa izhor qildi. Kunlar ketidan kunlar o'tdi, xo'jayinidan 
ham on darak yo'q edi. Shu choqqacha kasallik nimaligini bilmagan Oq 
So'yloq dardga chalindi. Uning ahvoli shu darajada og'irlashib qoldiki, 
Mett uni ichkariga olib kirib yotqizishdan boshqa iloj topolmadi. Undan 
tashqari u Uidon Skottga yozgan xatida Oq So'yloq haqida yozib ham 
yubordi.
Serklda yurgan Uidon Skott xatni oldi-da quyidagini o'qidi:

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish