Uchinchi bob
YAKKAMOXOV
L ip-L ip Oq S o'yloqning hayotini shun chalik zah arlar ediki,
pirovardida u haddan tashqari yovuzlashib, shafqatsiz bo'lib ketdi.
Holbuki, tabiat unga boshqa narsalarni ham ato etgandi. T o'g'ri, u
tabiatan vahshiy.edi, lekin endi Lip-Lip tufayli haddidan oshdi. Hatto
u yovuzligi bilan odam lar orasida m ashhur b o ‘lib ketdi. H ar safar
qishloqda itlar hurib, ular orasida nizo-janjal qo'zg'alsa yoki go'sht
o ‘g ‘irlanganini bilib qolgan xotin-xalajlar shovqin k o ‘tarsa, bunga
faqatgina Oq So‘yloq sabab ekaniga hech kim shubha qilmasdi. Odamlar
nim a sababdan shunday voqea yuz berganini tekshirib o'tirishmasdi.
U lar faqat yoki bu hodisa nima bilan tugaganining guvohi bo'lishardi,
xolos. Oq So'yloq olg'irligi, muttahamligi va janjalkashligi bilan nom
chiqardi, hindu ayollar uni bo‘ri deb tilga olishardi, bir kunm as-bir kun
o'zining boshini yeydi, deb hukm chiqarishardi, u esa pinagini buzmas,
xotinlardan ko'z uzmay kaltak yoki tosh bilan urib qolishmasin deb
tayyor turardi.
Oq So’yloq qishloqda yakkamaxov bo'lib qolgandi. 0 ‘zi tengi barcha
kuchuklar Lip-Lipdan ibrat olishardi. U lar bilan Oq So‘yloq o'rtasida
qandaydir tafovut ko'zga tashlanardi. Kim biladi, itlar ehtim ol uni
begona deb hisoblashar hamda hech qachon xonaki it bilan bo'ri kelishol-
magani kabi besababdan besabab unga nisbatan kek saqlashardi. N im a
bo'lgan taqdirda ham ular har qalay Lip-Lip tom onda edilar. Itlar Oq
So'yloqqa yomonlik qilishar va buning jiddiy va asosli sabablari bor
edi. Ularning hammasi Oq So'yloqdan ozor chekkan, shu m a’noda
aytish mumkinki, Oq So'yloq o'z dushmanlaridan boplab o'ch ola bilardi.
Yakkama-yakka olishuvda ko'pincha itlarning dodini bera olardi-yu,
biroq imkon topilmasdi bunga. Chunki Oq So'yloq bironta it bilan
g'ijillashib qoldi deguncha, qishloqdagi barcha yosh itlar darhol yetib
kelar va unga tashlanardi.
Itlar bilan adovati Oq So'yloqning ikki narsani tushunib yetishiga
sabab bo'ldi: qanday bo'lm asin to'dadan darhol qochish va raqiblardan
biri bilan yakkama yakka qolganda imkon boricha qisqa fursat ichida
ko'proq jarohat yetkazishga ulgurish, ham da to 'rt tom ondan qurshab
olgan dushmanlari orasida yiqilib qolmaslik — bu o'z hayotini saqlab
qolish. U sira yiqilmas, shu jihati bilan mushukni eslatardi. H atto katta-
katta itlar ham uni istagancha turtishlari mumkin — Oq So'yloq ortiga
chekinar, irg'ishlar, u yoq-bu yoqqa o'zini otar, lekin oyoqlari chalishib
ketmas, qisqasi yiqilmasdi.
H ar olishuvdan oldin itlar albatta bitta qoidaga amal qilishadi,
irillaydi, bir-birining atrofida aylanib yuradi, junlari hurpayadi. Oq
So'yloqning bunaqa odati yo'q edi. Ozgina hayallasa bas, itlar gala-gala
yetib keladi. Qancha tez harakat qilsa, qochishiga shuncha oson. Oq
So'yloq hech qachon niyatini sezdirmasdi. U ohanjam a qilib o'tirm ay
hamla qilar, dushmanini g'aflatda qoldirib g'archcha tishlar, etlarini
uzib-uzib olardi. Shu tariqa u itlarning dabdalasini chiqarishga o'rgangan
edi. Bundan tashqari Oq So'yloq raqibi kutmaganda, to'satdan hujum
qilib yelkasini yorib tashlash, qulog'ini g'ajish kerakligini, shundagina
ko‘zlagan maqsadiga erishishi m um kinligini yaxshi uqib olgandi.
Dovdirab qolgan har qanday itni bir zarb bilan yiqitish oson ekaniga
aqli yetardi, zero yiqilgan itning bo'yni, eng zaif yeri kekirdagi himoyasiz
qolardi. Oq So'yloq bu zaif joyning qayerdaligini yaxshi bilardi. Bu
tajriba, bu bilim ajdodlaridan unga meros bo'lib o'tgandi. H am la
qilayotgan mahal u birinchidan, itning yolg'iz qolishini, ikkinchidan,
kutilmaganda tashlanib uni yiqitishni, uchinchidan, darhol kekirdagidan
olishni qoida qilib olgandi.
Oq So'yloq hali yosh, jag'lari yetarli darajada rivojlanmagan, shuning
uchun bir hamlada raqibini bir yoqli qilolmasdi, shunga qaram ay
qishloqda juda ko'p kuchuklarning bo'ynida Oq So'yloq tishlarining izi
qolgandi. Bir kuni ashaddiy dushm anlaridan birini o'rm on yoqasida
tutib olib kekirdagini uzib tashlagan edi. O'sha oqshom qishloqning
tinchi buzildi. Uning qilmishini sezib qolishdi, bu haqdagi gap-so'zlar
o'lgan itning egasiga ham yetib bordi. Xotin-xalaj Oq So'yloqning
barcha qilmishlarini aytib, janjal ko'tardi-da, oqibat Kulrang Qunduzning
uyi oldiga olomon to'plandi. Lekin Kulrang Qunduz chaylasiga hech
kim ni qo'ym adi ham da o 'z qabiladoshlari qo'liga Oq S o'yloqni
topshirishdan bosh tortdi.
Oq So'yloqni odamlar ham , itlar ham birday yomon ko'rishardi.
Uni birdaqiqa bo'lsin tinch qo'yishmasdi, uchragan it unga tishini qayrar,
duch kelgan odam uni urmoqchi bo'lardi. Hamzotlari uni ko'rganda
irillasalar, odamlar qarg'ashar, tosh otishardi. U har doim hushyor va
sergak yurardi. Har daqiqa ham la qilishga, hujumni qaytarishga yoki
kaltakka chap berishga shay yurardi. U tishlarini irshaytirib raqibiga
tashlanadimi yoki vahshiyona o'kirib ortiga chekinadimi, farqi yo'q,
hamisha tez va sovuqqonlik bilan harakat qilardi.
Irillashga kelganda unga yetadigan it topilmasdi. Irillashdan maq-
sad - dushmanni ogohlantirish yoki qo'rqitish, shuning uchun qachon
va qanday sharoitda bu vositani qo'llash lozimligining farqiga borish
shart. Oq So'yloq ana shu hunarni yaxshi egallagandi. U shunday g'azab
bilan o'kirar ediki, dushmanining o'takasini yorib yuborardi. Uning pir-
pir uchayotgan burun kataklari, hurpaygan junlari, ilondek bilanglayotgan
qizg'ish tusli tili, chimirilgan quloqlari, vahshiyona yonayotgan ko'zlari
va so'yloq tishlarini ko'rgan itlarning shaxdi so'nardi. Oq So'yloqni
g'aflatda qoldirib hamla qilishgan mahal u nima qilish zarurligini bir
soniyada hal qilar va o'zini o'nglab olardi. Biroq ko'pincha shunday
daqiqalarda raqibi jang qilishdan bosh tortar, vahshiyona o'kirish tufayli
u hatto tajribali itlar bilan to'qnashuvda ham ularning o'takasini yorardi.
Oq So'yloqni to'daga qo'shm ay unga qarshi xusumati bo'lgan tajri-
basiz, hali xom kuchukchalar shu bois uning qahr-g'azabiga giriftor
bo'lishardi. Ish shu darajaga borib yetdiki, endi Oq So'yloqning bironta
raqibi to'dadan ajralib bir qadam nari ketolmasdi. Oq So'yloq bunga
yo'l qo'ymasdi. Kuchuklar har daqiqa uning ham la qilib qolishidan
cho'chir, birontasi yakka-yolg'iz yurishga ju r’at qilolmas edi. Lip-Lipdan
boshqa barcha itlar qaqshatg'ich dushmanlarining hujumini birgalikda
qaytarish maqsadida to 'd a -to 'd a bo'lib yurishga majbur edilar. Bir o'zi
suv ichgani daryo bo'yiga borib qolgan it zoti borki sho'ri qurirdi.
Lekin Oq So'yloq bir-birlaridan ajramay yurishganda ham o'ch olishni
qo'ymadi. U itlarni bitta-bitta tutib adabini berardi, ular butun to'da
bilan unga tashlanishardi. Oq So'yloqni ko'rdi deguncha, itlar kelishib
olgandek baravariga uni quvlab qolishardi, shunday vaziyatda Oq So'yloqni
ildam oyoqlari asrardi. Biroq, quv-quvga berilib ketib sheriklaridan ancha
oldinga o'tib qolgan itning holiga voy. Oq So'yloq ilkis o'girilib, o'sha
itga tashlanib qolardi. Bunday hodisa tez-tez sodir bo'lib turardi, chunki
itlar quvish bilan bo'lib dunyodagi hamma narsani unutishar, Oq So'yloq
esa hech qachon hushyorligini yo'qotmasdi. U har daqiqada shartta
o'girilib sheriklaridan ajralib chiqqan tirishqoq va abjirroq ta ’qibchiga
tashlanib qolish uchun dam-badam ortiga qarab yugurib borardi.
Yosh kuchuklar o'yinga o'ch bo'ladilar, Oq So'yloqning dushmanlari
o'zlari sezmagan holda Oq So'yloqning hiylasiga uchib dushmanchilikni
zavqli ermakka aylantirib yuborishardi. Bo'ri bolasini zirillatib quvlash
itlar uchun sevimli mashg'ulotga, ermakka aylangandi. T o'g'ri, bu o 'ta
xatarli ermak edi. Tez yugurishda ulardan birontasi bas kelolmaydigan
Oq So'yloq xavf-xatarga qarab o'tirmasdi. Kichining qaytib kelishidan
hali umidi uzilmagan kezlarda Oq So'yloq o'zini quvib kelayotgan
to'dani ko'pincha qo'shni o'rm on tom onga boshlardi. Ammo itlar uni
o'sha yerda ham quvib yetolmasdi. Itlarning angillagani va hurishiga
quloq solib Oq So'yloq ularning qayerda ekanini ajratardi, o'zi esa
daraxtlar oralab tovush chiqarmay yugurib borardi. Qolaversa, itlarga
qaraganda Kimsasiz Shimol bilan u qattiqroq bog'langandi, bu yerlaming
past-u balandini u yaxshi o'rgangan edi. K o'pincha Oq So'yloq bunday
hiyla ishlatardi: anhorni suzib o'tib izini yo'qotardi-da, butazorda o'zini
izlab, u yoqdan bu yoqqa ovora-yu sarson yugurayotgan itlarning
shovqiniga quloq solib yotardi.
O 'z hamzotlari bilan odamlarning nafratiga duchor bo'lgan va doim
ham m a bilan q irp icho q b o 'lib yurgan Oq S o 'y lo q ju d a tez, bir
tom onlam a yetilib borardi. Bunday hayot na m ehr-shafqat, erkalashga
bo'lgan ehtiyoj uyg'otardi vujudida. Ayni chog'da o'zi ham mehribonlik
qilolmas hamda birovni erkalatolmasdi. Bilgani birgina qonun — zo'rga
itoat et, zaifni ez, xo'rla! Kulrang Qunduz sen uchun xudo, qudratli,
shuning uchun Oq So'yloq unga itoat etardi. Ammo itlar — qaysiki
undan yosh va ojiz, ularni yakson qilish kerak.
Oq So'yloqning vujudida hayoti uchun tahdid soluvchi xavf-xatarga
qarshilik ко‘rsatishga ko'mak beruvchi xususiyatlar takomillashardi. Uning
oriq, qayishqoq badanida arqondek pishiq, temirdek qattiq mushaklar
paydo bo'ldi. Epchillik va ayyorlikda unga teng keladigani yo'q edi, u
barcha itlardan ko'ra ildamroq yugurar, olishuv chog'ida ularga nisbatan
rahmsizroq, yovuzroq, chidamliroq, shafqatsizroq bo'lardi. Oq So'yloq
shunday bo'lishga majbur edi, aks holda taqdir taqozosiga ko'ra hayot
kechirayotgan omonsiz muhitda tirik qolmagan bo'lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |