Tezligi 330 m/s dan ortiq bo‘lgan o‘q uchi atrofida ballistik havo to‘lqini hosil bo‘ladi. Bu to‘lqin konus shaklida zichlashgan havodan hosil bo‘lib, uning bosimi 5-6 kg/1 sm2 ga teng bo‘ladi. Bunday bosimdagi havo to‘lqini portlovchi ta’sir ko‘rsatib, to‘qimalarni jarohatlashi mumkin (81-rasm). Ov miltig‘idan otilgan o‘q tezligi 1000 m/s ga yetganligi uchun yuz-jag‘ sohasida katta ko‘lamdagi buzilishlarga, shu jumladan, travmatik amputatsiyaga olib keladi. Havoning tovushdan tez (330m/s) harakatlanayotgan o‘qqa qarshilik ko‘rsatish chizmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |