Birinchi navbatda, yaraga antiseptik eritmalar bilan gigienik ishlov beriladi: yara chetlari yuviladi; atrofida soch bo‘lsa, qirib tashlanadi; qayta yuvib, jarohat yuzasida yotgan yot jism va iflos narsalar olib tashlanadi. Mahalliy anesteziya ostida gemostaz o‘tkaziladi. Nekrozlangan to‘qimalar kesib tashlanadi. Jarohat qavatma-qavat zich choklar bilan tikiladi (11,12-rasm). Choklar ustidan spirt yoki yod eritmalari bilan ishlov berib bog‘lam qo‘yiladi. Ertasi kuni bog‘lam yechilib ishlov beriladi. Keyingi kunlari yaraga ishlov berish ochiq usulda olib borilgani ma’qul. Yarada yallig‘lanish rivojlanib, yiring to‘plansa, choklar olinib, yiring chiqariladi va drenaj qo‘yiladi. Yaraning bitishi ikki turda kechishi: Birlamchi (per prima) hamda ikkilamchi (per secunda), ya’ni jarohatda infeksiyalanish jarayon rivojlanib, tugallanishi bilan bitishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |