Оптимизация завершена только что
http://old.samdu.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=244:samarqand-madaniyat-va-talim-ochogi&catid=34:demo-category&lang=ru
Полная версия
Menu
Phone: +998 66 2391140
Fax: +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105
Bosh sahifa
Samarqand – madaniyat va ta’lim o’chog’i
22.12.2014 07:53
Недоступен ни однин перевод.
SAMARQAND– MADANIYAT VA TA’LIMO’CHOG’I
Samarqand dunyodagi eng qadimiy va afsonaviy shaharlardan biri hisoblanadi. Uning yoshi jahonga mashhur bo’lgan Rim, Afina, Vavilon shaharlariniki bilan tengdir. Shahar tarixan ko’pgina ulkan va fojiali voqyealarning guvohi bo’lgan. Samarqand ko’chalaridan saglar, massagetlar, yunon-makedoniyaliklar, qora-xitoylar, arab lashkarboshilari, Chingizxon qo’shinlari yurgan.
Buyuk Amir Temur hukmronlik qilgan davrda esa Samarqand ulkan davlatning poytaxti bo’ldi. Bu davlatning hududi juda katta bo’lib, uning sarhadlari Hind daryosidan to Bosfor bo’g’ozigacha yoyilgan edi. Amir Temurning orzu-maqsadlariga ko’ra, Samarqand shahri dunyodagi barcha poytaxtlarniig ko’rki bo’lishi kerak edi. Shuning uchun ham Sohibqiron Samarqandni insonlarni o’ziga jalb qiladigan, jozibador, ulkan va ko’rkam shaharga aylanishiga harakat qildi. Geografik jihatdan Samarqand shahri Zarafshon vohasining xushmanzara qismida va “Buyuk Ipak yuli”da joylashishi, bu yerda Sharqning mashhur olim-shoirlari, hunarmandlari faoliyat ko’rsatishlari uni iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga hamda Markaziy Osiyo shaharlari ichida eng ko’rkam bo’lishiga sabab bo’ldi.
Sohibqiron Amir Temur va Mirzo Ulug’beklar davrida rivoj topgan ilm-fan va madaniyat, ular qurdirgan ulkan va mo’jizaviy me’moriy yodgorliklar Samarqandni jahonga tanitdi. Shohi Zinda majmuasi, Ulug’bek rasadxonasi, Registon maydonidagi madrasai oliyalar turkumi hamda Go’ri Amir, Ruhobod, Bo’stonsaroy, Ko’ksaroy shaharchasi shular jumlasidandir.
Registon maydoni Samarqand shahrining qadimdan markazi bo’lib, bu yerda o’tmishda ta’lim muassasalari joylashgan va u Sharq shahar qurilishi san’atining eng ko’zga ko’ringan namunalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir Temur faxr bilan: “Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni ko’rsin”, degan. Maydonda qad rostlab turgan ych madrasai-oliyani (Ulug’bek, Sherdor, Tillakori) ko’rib kishining qalbi g’ururga to’ladi va beixtiyor uni “Universitetlar maydoni” deb ataging keladi.
Ulug’bek rasadxonasi Samarqand memoriy yodgorliklari ichida ilm-fan va maorif sohasida asosiy o’rinni egallaydi. Mirzo Ulug’bek shogirdlari va nufuzli olimlar bilan o’zining uzoq yillik kuzatishlari natijasi bo’lgan 1018 ta yulduzlar joylashuvi (koordinatasi)ni o’z ichiga olgan “Ziji Jadidi Ko’ragoniy” astronomik jadvalini 1437 yilda shu yerda tuzib tugatdi.
Uning yulduzlar jadvali hozirgi kunda ham fan uchun ahamiyatini yo’qotgani yo’q, chunki samarqandlik astronomlarning o’lchash aniqligi eng zamonaviy o’lchashlar bilan mos kelishi bilan ham hayratlanarlidir. Hozirda rasadxona yonida muzey tashkil qilingan, bu yerdan qadimiy Samarqand, ya’ni Afrosiyobning qazilmalari ko’rinib turadi.
< Предыдущая Следующая >
Обновлено ( 16.05.2015 04:18 )
ВИРТУАЛЬНАЯ ПРИЕМНАЯ РЕКТОРА
ФОТОГАЛЕРЕЯ
С ДНЕМ РОЖДЕНИЯ!
27-июн. Нуритдинов Абдурахмон Насритдинович, Муранов Самандар Бахриддинович, Умаров Улугбек Абдужаббарович, Эштемиров Садик, Жийранов Гайрат Рахмонович
ЭЛЕКТРОННАЯ ПОЧТА
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ ПОРТАЛ
Образовательный портал
Система контроля документов
Портал национальной идеи
Интерактивные услуги
Интерактивные услуги для возврата документов абитуриента
Система дистанционного образования (moodle)
ОБЪЯВЛЕНИЯ
Министерства образования, культуры, спорта, наука и технологией Японии и Национальной комиссия по делам ЮНЕСКО Японский «Фонд мира Гои» проводит международный конкурс на лучшие эссе на тему: «Учится у природы»
Подробная информация о конкурсе прилагается на веб сайте http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ сочинения должен быт отправлены в срок до 15 июня 2017 года на е-mail: essay@goipeace.or.jp
Главный приз 100 тыс.йен (900$) и поездка в Японию на церемония награждения 25 ноября 2017 года.
За дополнительной информаций обращаться в Отдел Международных отношений
Посольство Италлии в Узбекистане объявило стипендиальный грант на учёбу в одном вузов Италии в 2017-2018 учебном году.
Условие гранта:
1- Владение итальянском языком
2- Регистрироваться на сайте
borseonline.esteri.it/BorseOnLine/Default.aspx
3- Письмо согласие от научного руководителя в одного из Итальянских вузах (по аспирантуре) Заявки будут приниматься в Посольстве Италии до 10 мая 2017 года. Дополнительная информация может быт получено в отделе международных связей.
К сведению граждан прошедших
срочную военную службу!
К сведению граждан прошедшихсрочную военную службу! В целях качественной подготовки поступления в ВУЗы для граждан прошедших срочную военную службу, в подготовительном в центре Самаркандского государственного университета действуют бесплатные курсы по подготовке для поступления в ВУЗы (на основе гранта, без оплаты).
Информационное сообщение
Информационное сообщениеМеждународный Институт Центральноазиатских исследований (МИЦАИ) организует Международную научную конференцию «Цивилизации Великого Шелкового пути - прошлое и будущее: естественные, общественные и гуманитарные науки» 28 и 29 сентября 2017 г. в г. Самарканде (Узбекистан).
Самаркандский Государственный университет приглашает Вас на «День открытых дверей» который состоится 2017 году, 10-12 июня в 900 часов. В большом актовом зале СамГУ. Адрес: город Самарканд университетский бульвар, дом №15. Тел: (0366) 2336085 .
ПРОЕКТЫ
САМГУ В БЛОГАХ FIKR.UZ
НАЦИОНАЛЬНЫЙ ИНТЕРНЕТ КОНКУРС
REYTING
НОВЫЕ РЕСУРСЫ
Интенсивность фотосинтеза Кузиния теневая(Couzinia umrosa Bunge)
Химический состав кузинии теневой(Couzinia umrosa Bunge)
Maqolalar ruyxati/Список статьей/Article list
Mundarija/Содержание/Contents
Titul/Титул/Title
САМЫЕ ПОПУЛЯРНЫЕ
Yosh fiziologiyasi va gigienasi (Sh.A.Aminjonov) (14045)
Yosh fiziologiyasi va gigienasi. ( Rajamuradov Z.T., Bozorov B.M., Rajabov A.I., Hayitov D.G‘.) (12404)
Turkistonda jadidchilik harakati (Normurodova G) (8330)
Kompyuter lingvistikasi (B.Yo’ldoshev) (8192)
Sotsiolingvistika (6920)
СТАТИСТИКА
Пользователи : 7
Статьи : 556
Ссылки : 6
Просмотры материалов : 21447167
Сейчас 9 гостей онлайн
ПОГОДА
O'zbekchaРусскийEnglish
ГЛАВНАЯ СТРАНИЦАИстория университетаУставРуководствоСтруктура университетаФизический факультетФакультет естественных наукМеханико-математический факультетИсторический факультетСоциально-экономический факультетФакультет физической культурыФилологический факультетФакультет профессионального образованияПедагогический факультетСоветыРеквизитыЗоологический музейОтдел по работе АЛ и ПКАкадемический лицей № 1Академический лицей № 2Академический лицей № 3Tadbirlar rejasiИнструкцияПлан приемаПроходные баллы - 2015Подготовительный центрQabul-2017Газеты и журналыСистема оцениванияСтоимость обучения за годМагистратураОбщежитияНормативные документыОДМ "Камолот"Институт старших научных сотрудников-соискателейОбразцы договоровСистема оцениванияПовышение квалификацииКонференции и семинарыГазеты и журналыНормативные документыРЕСУРСЫ
E-mailПечатьP
Оптимизация завершена только что
https://mfa.uz/uz/press/news/2016/08/8024/?print=Y
Полная версия
mfa.uz Menu
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
6 - avgust 2016
SAMARQAND VILOYATI: BUYUK TARIX, MUNAVVAR ISTIQLOL, SAMIMIY INSONLAR MANZILI
“Islohot — islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun!” Yurtboshimizning ushbu ta’kidi bugun hayotimiz mazmuniga aylanib, har bir ezgu ishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Binobarin, “Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?!” degan hayotiy mulohaza 25 yillik tarixiy davrning o‘ziga xos bahosi, desak, ayni haqiqat. Inchunin, har bir yurtdoshimizning turmush tarzi, ongu tafakkuridagi o‘zgarishlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarni kuzatib, bosib o‘tgan yo‘limiz, chindan ham, havas va hayratga arziydi, deb ishonch bilan ayta olamiz.
Ayniqsa, jahonda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb nom qozongan o‘zimizga xos hamda mos yo‘lning naqadar to‘g‘ri va hayotiy ekanligi amalda o‘z isbotini topayotir.
Endi bir savolni o‘zimizga beraylik: bugungi zamonaviy bunyodkorlik ishlari, islohotu o‘zgarishlar qanday ro‘yobga chiqdi yoki biror tasodif sabab bo‘ldimi? Yo‘q, aslo! Buning zamirida mashaqqatli mehnat, yurt va xalq taqdiri, kelajagi o‘ylovida o‘tkazilgan halovatsiz kechalar, tinimsiz izlanishlar, davlatimiz rahbarining puxta hamda oqilona siyosati mujassam. Shu bois kim bilan suhbatlashmaylik, bugungi tinch va osuda hayot uchun shukronalik, farovon hamda obod turmushdan mamnunlik va rozilikni anglaymiz.
Jumladan, Samarqand viloyatiga safar chog‘ida keksayu yosh, turli soha vakillaridan bunday e’tiroflarni ko‘plab eshitdik. Mezbon va chet ellik mehmonlarning qalbidan otilib chiqqan samimiy so‘zlaridan ta’sirlanib, qalbimiz g‘ururga to‘ldi, hayotga tatbiq qilinayotgan islohotlar samaralaridan ikki hissa faxr tuydik.
Bunyodkorlik — taraqqiyot mezoni
Dunyo sivilizatsiyasining yirik markazlaridan biri, zamin sayqali, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, Sharq gavhari bo‘lgan Samarqand Vatanimizning durdona shaharlaridan. Qariyb uch ming yillik tarixga ega bu kent o‘tmishda ko‘p voqealarga guvoh bo‘lgan. Ilm-fan, savdo hamda hunarmandchilik markazi sifatida dunyo ahlini o‘ziga maftun etib kelgan.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bu qadimiy shaharning boy tarixi, madaniyatini o‘rganish, uni keng targ‘ib qilish, tarixiy obidalar, muqaddas ziyoratgohlarni asrab-avaylash va obodonlashtirish borasida ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Registon majmuasi, Amir Temur, Bibixonim maqbaralari, Shohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr, Bibixonim masjidlarida ta’mirlash hamda rekonstruksiya ishlari bajarildi. Ular atrofi obod etilib, yangi bog‘u xiyobonlar tashkil qilindi. YuNYeSKOning 2001 yili Finlyandiyada o‘tkazilgan 25-sessiyasida Samarqanddagi mazkur me’moriy-tarixiy yodgorliklar va boshqa obidalar Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Mamlakatimiz olimlarining fransiyalik arxeologlar bilan hamkorlikda Afrosiyob tepaliklarida olib borgan tadqiqotlari natijasida Samarqandning 2750 yildan ziyod tarixga egaligi ilmiy jihatdan isbotlandi. Ana shu xulosa asosida 2007 yili Samarqand shahrining 2750 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
Bugungi kunda Samarqand yurtimizning zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasiga ega markazlaridan biridir. Bu yerda 1069 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 134 tasi xorijlik hamkorlar bilan tashkil qilingan. Masalan, “JV MAN Auto-Uzbekistan”, “SamAuto”, “Sino”, “Daka tex” kabi yirik sanoat korxonalarini dunyoning qator davlatlarida yaxshi bilishadi. Ularning barpo etilishi tufayli minglab yangi ish o‘rinlari ochildi.
1999 yilda faoliyat boshlagan hamda 2006 yilda “Samarqand avtomobil zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati nomi ostida qayta ta’sis qilingan mazkur korxonada Yaponiyaning “Isuzu Motors Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda korxona mahsulotlari modellari qatoriga M3 turkumining I va II toifali avtobuslari, umuman, 30 dan ortiq kuzovlarni o‘z ichiga olgan F seriyali avtomobillar kiradi.
Buning samarasida yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalangan holda, aholiga transport xizmati ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 418 ta yo‘lovchi transport (avtobus) yo‘nalishlari tashkil etildi.
“JV MAN Auto-Uzbekistan” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasi esa 2009 yildan ish boshlagan. Bir yilda 3000 ta turli rusumdagi yuk avtomobili ishlab chiqarish quvvatiga ega mazkur korxonada 300 nafardan ziyod kishi ish bilan band.
Bulung‘ur tumanidagi “Maroqand sifat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Hamdo‘stlik davlatlari miqyosida birinchilardan bo‘lib, yangi turdagi mahsulot — sport maydonlari, bolalar o‘yingohlariga to‘shash va xususiy uylardagi maydonchalarga mo‘ljallangan sintetik chim ishlab chiqarishga kirishildi. Bu yerda tayyorlanayotgan o‘n xildagi mahsulotlar 7 yildan 9 yilgacha xizmat qilishi bilan sport, shu jumladan, bolalar sporti ehtiyoji uchun muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, korxonada kalava hamda tikuv iplari, rezinali kovrolan va sintetik chim mahsulotlari tayyorlanmoqda.
Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 25 yillik bayrami arafasida ochilishi mo‘ljallangan “Samarqand Yevroaziya tekstil” MChJ viloyatda ishlab chiqarish korxonalari soni hamda sifati qay tarzda kengayib borayotganini ko‘rsatib turibdi. Mazkur korxonada 600 dan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlanishi barobarida, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ichki hamda tashqi bozorlarga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Jomboy tumanidagi “Amin invest” korxonasida esa o‘tgan besh yilda 10 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etilib, modernizatsiyalash tadbirlari amalga oshirildi va 800 dan ortiq yangi ish joylari yaratildi. Korxonada paxta tolasidan kalava ip, tayyor kiyim-kechaklar ishlab chiqarilmoqda hamda mahsulotlar 100 foiz eksport qilinayapti.
Betakror loyihalar asosida
Istiqlolning ilk kunlaridan qizg‘in kechayotgan qurilish-bunyodkorlik jarayonida Samarqand shahrining me’moriy qiyofasi va tarixiy jozibasini saqlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, biri-birini takrorlamaydigan me’moriy loyihalar shaharning go‘zal qiyofasini shakllantirdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Mirzo Ulug‘bek, Beruniy, Bo‘stonsaroy, Spitamen shoh, Dahbed ko‘chalaridagi arxitektura talablariga javob bermaydigan 13800 ta turar hamda noturarjoy binolari qaytadan qurildi yoki rekonstruksiyalashtirildi. Bugungi kunda Rudakiy ko‘chasi atrofidagi binolardan 76 tasi ta’mirlanib, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, 5 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi davom etmoqda.
Shu bilan birga, chekka qishloq hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, hudud qiyofasini yanada yaxshilash borasidagi keng ko‘lamli ishlar diqqatga sazovor. Jumladan, Urgut tumanining “Mirzabog‘lon-Chep” mahallasida yangi mahalla markazi, dehqon bozori, 28 ta savdo do‘koni, 4 ta oshxona, 4 ta maishiy xizmat shoxobchasi, bitta dorixona, 2 ta ishlab chiqarish korxonasi, zamonaviy minifutbol stadioni qurilib, foydalanishga topshirildi, 84 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 600 kishiga mo‘ljallangan amfiteatr bunyod qilindi.
— Har bir raqam ortida inson taqdiri borligini inobatga olsak, turmush tarzimiz kundan-kunga yaxshilanib borayotgani aks etadi, — deydi Samarqand davlat tibbiyot instituti dotsenti, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Yaxshinor Allayorov. — Yaqinda shunday ma’lumotni o‘qidim: 2016 yil 1 yanvarga kelib, aholining maishiy texnika bilan ta’minlanganlik darajasi 92,3 foizga, kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasi esa 71,2 foizga yetibdi. Viloyatimiz aholisining 88 foizi raqamli televideniyedan foydalanayotgan ekan. Mana sizga turmushimiz sifat jihatidan yuksalayotganiga yana bir misol. Shunday paytlarda beixtiyor bolalik, yoshlik davrimiz esga tushadi. U vaqtlarda, hatto, butun boshliq qishlog‘imizda bitta televizor yo‘q edi. Shaharga borish uchun uch soatlab avtobus kutardik. Kuniga bir marta qatnaydigan avtoulovda markazga chiqib kelish o‘ta mushkul ish edi. Hozir esa istalgan paytda xohlagan joyga borishimiz mumkin. Har bir xonadonda mashina bor. Ularning barchasi Vatanimizda ishlab chiqarilgan. Ilgari qishlog‘imizga birov kelsa, qayerga olib borishni bilmay, boshimiz qotardi. Endi-chi? Qishloq bilan shaharning farqi deyarli qolmadi. Markazda qanday sharoit bo‘lsa, eng chekka hududda ham shular muhayyo. Qisqacha ifodalaganda, bugungidek dorilamon hayotning yaxshiliklari behisob.
Aytish joizki, bunyodkorlik ishlari samarasi aholining turarjoyga bo‘lgan talabini qondirishda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda Samarqand shahrida 47 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilib, 11180 kishining turmush sharoiti yaxshilandi. Shu jumladan, yosh oilalar uchun 13 ta ko‘p qavatli turarjoy barpo qilinib, xonadon kalitlari topshirildi. Bugungi kunda 1060 xonadonga mo‘ljallangan 32 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi yakuniga yetkazilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2009 yil 3 avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, viloyatda 2009 — 2014 yillarda 100 ta qishloq massivida 4482 ta namunaviy uy-joy qad rostlab, shuncha oilaga quvonch ulashildi. Joriy yilda 37 ta qishloq massivida namunaviy loyiha asosidagi 1327 ta uy qurilmoqda. Ushbu hududlarda 15 ta bozor infratuzilma ob’ekti foydalanishga topshirilishi ham ko‘zda tutilgan.
Toshkent ko‘chasidagi barcha inshootlar milliylik kasb etdi. Sharqona an’analar asosida ta’mirlangan Chorsu tarixiy binosida endilikda mo‘yqalam sohiblarining ijod namunalari targ‘ib qilinmoqda. Ko‘cha boshida qad rostlagan hunarmandlar markazida hunarmandchilikning 12 turi bo‘yicha 16 ta zamonaviy ustaxona faoliyat ko‘rsatib kelayapti.
Shahar qiyofasini tubdan o‘zgartirishda landshaft arxitekturasi o‘ziga xos maktab sifatida shakllandi. Ko‘kalamzorlashtirishda asosiy tamoyil — qayerga qanday daraxt, buta, gul yoki maysa turini qancha miqdorda, qanday usulda, ya’ni manzarali landshaft kompozitsiyasi asosida ekish lozimligiga alohida e’tibor qaratildi. Bu yumushlarda hudud ekologiyasi, xususan, havoning tozaligini ta’minlash ham nazardan chetda qolmagan.
— Birgina Registon ko‘chasida qurilgan, musiqa ohanglariga uyg‘un ravishda jilolanuvchi mo‘‘jaz favvorani olaylik, — deydi mehnat faxriysi Barot Nodirov. — Bir paytlar bu hududda aroq zavodi joylashgan edi. O’shanda spirt tozalashdan hosil bo‘ladigan moyning badbo‘y hidi ancha olisdan ham dimoqqa urilardi. Bugun-chi? Bu yerda sayr qilib yurgan keksayu yoshning yuzida tabassum, qalbida xushkayfiyat. Favvoralardan taralayotgan musaffo havo — jonning rohati. Yana bir muhim tomoni, shahar tun qo‘ynida zamonaviy yoritqichlar og‘ushida ajabtovur qiyofa kasb etib, ertaklardagi maskanni eslatadi. Bunda sharqona go‘zallik, ko‘rkamlik latofat va sehr bilan uyg‘unlashadi. Shahar ana shunday baxt-iqbolga Vatanimiz istiqloli, ozod hamda obodligi, davlatimiz rahbarining beqiyos ehtiromi tufayli erishdi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida Samarqandda atigi 4-5 ta mehmonxona va 3-4 ta sayyohlik firmasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda sohada 184 ta tashkilot, jumladan, 102 ta mehmonxona hamda 82 ta turistik firma ish olib bormoqda. Xususan, 2012 — 2015 yillar davomida 27 ta mehmonxona, 22 ta sayyohlik tashkiloti yangidan tashkil qilindi. Joriy yilda ham viloyatda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida 7 ta mehmonxona qurish va 94 ta yangi ish o‘rni yaratish -rejalashtirilgan.
Bog‘laridan bol tomar
— Oldin yaratilgan bog‘lardan mo‘ljaldagi hosilni olish uchun yillar kerak bo‘lardi, — deydi Oqdaryo tumanidagi “Tojmahal Zarafshon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Shokir Mamaraimov. — Oqibatda yuzlab gektar yerning umri behuda o‘tardi. Bog‘lar hosil berdi ham deylik. Biroq to‘rt-besh yil o‘tmasdanoq ular “qarib”, olib tashlashga to‘g‘ri kelardi. Hozirgi intensiv bog‘lar esa ikkinchi yildanoq hosilga kiradi va gektaridan 100 tonnagacha a’lo sifatli meva olish mumkin.
2010/2013 yillar davomida intensiv mevali ko‘chatlar to‘liq chetdan keltirilgan bo‘lsa, 2014 yilda Samarqand tumanida “Sam Prom Xolod” hamda “Maroqand intensiv Grenad” agrofirmasi tashkil etilib, nafaqat intensiv bog‘lar uchun mevali ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi, balki endilikda eksport ham qilinmoqda. Shuningdek, sabzavotchilik, kartoshkachilik, polizchilik, mevachilik va uzumchilikda hosildorlik 2008 yildagiga nisbatan gektariga o‘rtacha 55 sentnerdan oshdi.
Yana bir muhim masala, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oxirgi yetti yil mobaynida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasi ikki barobar ko‘paydi. Bugungi kunda aholi jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka hamda 44 kilogramm uzum to‘g‘ri kelmoqda. Bu maqbul deb hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ortiq. Yana bir quvonarli raqam: 1997 yilda bunday mahsulotlar, bor-yo‘g‘i, 4 ta davlatga eksportga chiqarilgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib ular soni 27 taga yetdi. Mahsulotlarimiz xaridorlari orasida birgina qo‘shni mamlakatlar emas, balki Germaniya, Polsha, Gollandiya, Gretsiya, Angliya, Avstriya, Braziliya, Meksika, Yaponiya, Janubiy Koreya, Kanada singari olis o‘lkalarning borligi ham e’tiborga molikdir.
Jahon mumtoz musiqa san’atining sayqali
Samarqand — nafaqat tarixiy-madaniy shahar, balki yirik xalqaro anjumanlar o‘tkaziladigan, davlatlar hamda madaniyatlararo muloqot markaziga aylanib bormoqda. 2014 yilning may oyida Samarqand shahrida Prezidentimiz tashabbusi bilan “O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilishi beqiyos ahamiyat kasb etdi. Nufuzli anjumanda dunyoning AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Shvetsiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Kuvayt, Hindiston, Pokiston, BAA, Rossiya kabi ellikka yaqin davlatidan vazirliklar hamda ta’lim tizimi rahbarlari, olimlar, mutaxassislar, jurnalistlar qatnashdi.
Har ikki yilda tashkil qilinadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali esa turli millatlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va ishonchni mustahkamlashda, tinchlikni tarannum etishda butun dunyo xalqlari uchun ibrat bo‘layotgani nafaqat shu yurt fuqarolari, balki ezgulikni qadrlovchi har bir insonni g‘ururlantirishi, tabiiy. Davlatimiz rahbari “Sharq taronalari” o‘ninchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ta’kidlaganidek, “Biz uchun ko‘hna tarixning o‘chmas sahifalarini ochib beradigan, Rim kabi “abadiy shahar” degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan ana shu shaharda sizlar bilan uchrashar ekanmiz, bugungi kunda turli muammo va ziddiyatlarga to‘la zamon qanday tez o‘zgarib, qanday shiddat bilan o‘tib borayotganini chuqur his etamiz. Shu bilan birga, umrimizga ma’no-mazmun baxsh etadigan madaniyat va san’at olami bilan yaqindan oshno bo‘lish, jahonda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, bu go‘zal hayotni qadrlash, xalqlarimizning madaniy boyliklaridan bir-birimizni ko‘proq bahramand etish zaruratini yanada teran anglaymiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, “Yer yuzining sayqali” deb shuhrat qozongan ko‘hna Samarqand mana shunday shukuhli ayyomda, ta’bir joiz bo‘lsa, jahon musiqa san’atining sayqaliga, o‘ziga xos betakror markaziga aylanib borayotgani barchamizni xursand qiladi”.
Darvoqe, 2015 yilda bo‘lib o‘tgan “Sharq taronalari” musiqa festivali kunlarida ro‘y bergan bir voqea mezbon hamda dunyoning 66 ta mamlakatidan kelgan mehmonlarni juda ta’sirlantirdi. O’shanda Samarqanddagi tarixiy obidalar, Registon mahobatidan hayajonlangan filippinlik sozanda, “Kuntaw Mindanao” guruhi a’zosi Nil Servantes tadbirning yopilish marosimi tugab, maydonda hech kim qolmasa ham o‘tiraverdi. Keyinchalik uning sheriklari, mezbonlar, boshqa yurt san’atkorlari buning sababini so‘rashganda, Nil shunday javob berdi:
— Men Samarqandga maftun bo‘ldim. Bu yerning mehribon hamda dilkash odamlariga o‘rganib qoldim. Agar noqulay bo‘lmaganda, afsonaviy Registonda tong ottirib, ulug‘ zotlarga beshik bo‘lgan shaharni, bu yerdagi qadamjolarni oyoqyalang ziyorat qilardim. Axir men bunday muazzam diyor, ko‘zlari kulib turuvchi, qo‘li ko‘ksida, samimiy odamlar yashaydigan yurtga kelib, o‘zimni xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek his qildim...
Bu — mo‘‘tabar zaminga nisbatan Yer yuzining mutlaqo boshqa nuqtasida yashaydigan mehmonning o‘ziga xos ehtiromi ifodasi edi. Zero, buyuk tarixga ega, istiqlolning munavvar quyoshidan beqiyos chiroy ochgan, g‘ayrat-shijoatli, samimiy insonlar manzili — Samarqandga bir marta tashrif buyurgan kishi qayta-qayta mehmon bo‘lgisi kelaveradi. Binobarin, AQShning xalqaro doiralarda tan olingan va katta nufuzga ega bo‘lgan internet nashrlaridan biri Samarqandni “Dunyoning albatta borib ko‘rish kerak bo‘lgan ellikta shahri” ro‘yxatiga kiritgani ham bejiz emas.
Aslida, chorak asr mobaynida yurtimizda barcha sohada amalga oshirilgan izchil islohotlar nafaqat hayotimizni, turmush tarzimizni, balki odamlar ongu tafakkurini o‘zgartirib yuborganligi bilan yanada ahamiyatlidir. Shu bois bugun har bir soha vakili kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak, degan ahd bilan yashab, hayotini shu asosda qurmoqda, desak, aslo mubolag‘a emas.
* * *
E’TIROF
Firuz Aleksandr Sefre Zand, “Arxitektura tadqiqotlari Sefri guruhi” kompaniyasi rahbari (Buyuk Britaniya):
— Samarqand dunyodagi qadimiy obidalarga boy shaharlardan biri. Ushbu go‘zal va hamisha navqiron kentga uchinchi marta kelishim. Olamga mashhur tarixiy obidalar qayta rekonstruksiya qilinib, atrofi obodonlashtirilibdi. Ravon hamda keng ko‘chalar, o‘arb va Sharq arxitekturasi uyg‘unlashgan binoyu inshootlar, ayniqsa, kishi diqqatini tortadi. Ko‘cha hamda xiyobonlardagi yashil maydonlar, betakror gulzorlaru osmonga bo‘y cho‘zgan favvoralarga qarab kishining ko‘zi to‘ymaydi.
Qadimiy binolar bilan zamonaviy inshootlarning uyg‘unligi hayratimni oshirdi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar, ilm-fan ahliga, yosh avlodga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarning bugungi ifodasi O’zbekiston kelajagini yanada yorqin qilishiga ishonaman.
Xubert Gizen, YuNYeSKO bosh direktori o‘rinbosari:
— Bu ko‘hna shahar dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgani uchun YuNYeSKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan va unda “Samarqand — madaniyatlar uchrashadigan makon” degan so‘zlar yozib qo‘yilgan.
2750 yillik tarixga ega bo‘lgan Samarqand shahri Markaziy Osiyodan, jumladan, afsonaviy Buyuk Ipak yo‘lidan o‘tgan dunyo madaniyatlari hamda yirik savdo yo‘llarining chorrahasida joylashgan. Markaziy Osiyodagi Sharq Renessansi ham buyuk ajdodingiz Amir Temur tomonidan yaratilgan qudratli va gullab-yashnagan davlatning poytaxti — Samarqand bilan chambarchas bog‘liqdir.
Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
Marta o`qilgan: 17225
Matbuot xizmatiYangiliklar va voqealarO’zbekiston mustaqilligiga 25 yil
Оптимизация завершена только что
http://www.uzdon.uz/print/news/info/uzbekistan/404/
Полная версия
"O`zdonmahsulot" AK
Azaliy buyuklik maskani
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil 18-oktabr kuni Samarqandda Amir Temur haykalining ochilish marosimida shaharga shunday ta’rif bergan edi
Dunyoda tarixiy shaharlar ko‘p. Ularning har biriga insoniyat o‘tmishida tutgan o‘rni va bugungi taraqqiyoti, sivilizatsiya rivojidagi ahamiyati, madaniyati, sayyohlik va savdo-iqtisodiy salohiyatiga ko‘ra baho beriladi. Qadimiy va hamisha navqiron, yer yuzining sayqali, Sharq gavhari degan ta’rifu tavsiflar bilan tashbehlanadigan Samarqand ana shunday shaharlar orasida alohida ehtirom bilan tilga olinadi.
Bu qadimiy va muqaddas zaminning azaldan ilm-fan, madaniyat, savdo va hunarmandlik markazi, xalqimizning yuksak aql-zakovati, bunyodkorlik salohiyatini dunyoga namoyon etgan buyuk allomalarga beshik bo‘lgani haqida tarixiy manbalarda asosli fikrlar keltirilgan.
Samarqand ilk bor qadimgi Turonzaminning birinchi hukmdori – Alp Er To‘nga (Afrosiyob) davlatining poytaxti bo‘lgan. Keyinchalik bu shahar Sharq va G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘lining chorrahasi sifatida sivilizatsiya markaziga aylangan.
Sohibqiron Amir Temur hukmronligi davrida Samarqand nafaqat qudratli davlat poytaxti, balki tom ma’noda Sharqning eng go‘zal shahari, Markaziy Osiyoning yirik iqtisodiy, siyosiy, madaniy markazi bo‘lgan. Buyuk sarkarda bu yerda hashamatli saroylar, masjid va madrasalar qurdirgan. O‘nlab bog‘-saroylar, maydonlar, hovuzlar, favvoralar, ko‘chalar barpo etgan. Dehqonchilik va bog‘dorchilik rivoji uchun ariqlar qazdirgan, ziroatchilarga ko‘plab yengillik va imtiyozlar bergan. Natijada bu davrda Samarqand tom ma’noda gullab-yashnagan. Aholi tinch-osoyishta, farovon hayot kechirgan.
Amir Temur saroyida bo‘lgan ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo o‘z esdaliklarida shunday yozadi: “Bu yerda non, go‘sht, meva-chevalar, parrandalardan tortib hamma narsa mo‘l-ko‘ldir. Non shu darajada arzonki, undan arzon bo‘lishi mumkin emas, guruch esa hayratlanarli darajada ko‘p. Bu shahar va uning zamini shu darajada boy, saxovatliki, hayron qolasan kishi”.
Mirzo Ulug‘bek asos solgan astronomiya maktabi tufayli Samarqand yirik ilm-fan o‘chog‘iga aylandi. Buyuk olim va davlat arbobi bu yerda ulkan madrasa bunyod etib, ilm ahliga homiylik qildi, ularni qo‘llab-quvvatladi. Ushbu maktab vakillari bo‘lgan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabi olimlar falakiyot va matematika fanlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi. Jahon mumtoz adabiyotining yiriknamoyandalari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ham Samarqandda ta’lim olib, uni o‘z asarlarida go‘zal tashbehlar bilan ta’riflagan. Zahiriddin Muhammad Bobur “Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahar kamroqdur. Samarqand shahri ajab orasta shahredur…” deb yozgan.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning alohida e’tibori va farzandlik mehri tufayli istiqlol yillarida Samarqandning asl tarixiy qiyofasini tiklash, salohiyatini yuksaltirish borasida beqiyos ishlar amalga oshirildi. Amir Temur tavalludining 660-yilligi, Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600-yilligi munosabati bilan Samarqandda ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shahar markazida Sohibqiron bobomizning salobatli haykali qad rostladi. Amir Temur maqbarasi atrofida ko‘rkam xiyobon tashkil etildi. Mirzo Ulug‘bek madrasasi qayta ta’mirlandi.
2007-yilda Samarqand shahrining 2750-yilligi YuNESKO ishtirokida xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Ushbu qutlug‘ to‘y arafasida boqiy shahar yanada go‘zallashdi. Barpo etilgan o‘nlab ijtimoiy-maishiy inshootlar – ta’lim muassasalari va sport maydonchalari, tibbiyot maskanlari va mehmonxonalar, magistral yo‘llar, ko‘rkam bog‘u xiyobonlar Samarqand aholisi va mehmonlariga har tomonlama munosib sharoit yaratish barobarida, qadim shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi.
Amir Temur, Ruhobod maqbaralari, Registon maydoni, Hazrati Xizr va Bibixonim masjidlari, Shohi Zinda yodgorligi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi qayta ta’mirlandi. Ularni bir-biri bilan bog‘laydigan kichik xalqa yo‘lining qurilishi shahar aholisi va sayyohlar uchun katta qulaylik yaratdi.
Samarqandning jahon ilm-fani, madaniyati va san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi e’tiborga olinib, 1996-yilda Prezident Islom Karimovning farmoniga ko‘ra Samarqand shahri Amir Temur ordeni bilan mukofotlandi. 18-oktabr kuni shaharda Amir Temur haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda Birinchi Prezidentimiz ushbu ordenni shahar bayrog‘iga qadab qo‘ydi va bu kunni Samarqand kuni sifatida nishonlashni taklif etdi. Shundan buyon har yili ushbu sana yurtimizda keng nishonlanmoqda.
– O‘sha tantanali marosimda Yurtboshimiz katta quvonch va g‘urur bilan gapirgani hali-hamon ko‘z o‘ngimda, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Hasan Normurodov. – “Samarqand – xalqimiz, millatimiz dovrug‘ini butun dunyoga taratgan, ming-ming yillik tarixga ega ilohiy maskanimizdir. Samarqand – o‘tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahardir”, deganida barchamizning qalbimiz buyuk insonlarga beshik bo‘lgan shu muqaddas zamin farzandi ekanimizdan faxr-iftixorga to‘lgan edi.
Islom Karimov har doim Samarqand haqida so‘zlaganida shu aziz yurtga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbati, farzandlik sadoqatini ifoda etardi. Bu sadoqat shaharni yanada obod qilish, uning tarixiy ulug‘vorligiga munosib zamonaviy qiyofasini yaratishga bo‘lgan ulkan bunyodkorlik ishlarida yana ham yaqqol namoyon bo‘lardi. Shuning uchun mustaqillikning ilk yillaridan Samarqandda misli ko‘rilmagan qurilish-obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Ulug‘ ajdodlarimiz nomi bilan bog‘liq maskanlarni obod qilish, tarixiy-me’moriy obidalarni tiklash-ta’mirlash, yangi bog‘ va xiyobonlar tashkil etish, shaharning transport kommunikatsiya tizimini yangilash, infratuzilmasini zamon talablari darajasiga keltirish borasida uzoq istiqbolga mo‘ljallangan dasturlar asosida ish olib borildi.
Ana shu bunyodkorlik ishlari tufayli bugun Samarqand yana Amir Temur davridagidek yer yuzining sayqaliga, yirik xalqaro anjumanlar, siyosiy muloqotlar, madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan markazga aylandi. Inson o‘z umri davomida hech bo‘lmasa bir marta borib ko‘rishi shart bo‘lgan dunyodagi 50 shahar qatoridan joy oldi. Biz Samarqandni sevishni, unga munosib bo‘lishni ulug‘ Yo‘lboshchimizdan o‘rgandik.
Birinchi Prezidentimizning tashabbusi, g‘oya va loyihalari asosida Samarqandda boshlangan ishlar bugun izchil davom ettirilmoqda. Joriy yilda shaharning 66,3 kilometr bo‘lgan 50 ko‘chasini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Yo‘llar kengaytirilib, atrofidagi turar-joylar va boshqa inshootlar shahar bosh rejasi asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Kommunikatsiya tarmoqlari yangilanayotir. Shahar havosi musaffoligini ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida 1000 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Yashil maysazor va gulzorlar tashkil etildi. Yangi favvoralar qurildi.
Birgina Rudakiy ko‘chasida 100 ga yaqin obyektlar bunyod etilmoqda. O‘nlab ko‘p qavatli zamonaviy uylar, ijtimoiy obyektlar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qad rostlamoqda. Ushbu bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarida tarixiy va zamonaviy an’analarni o‘zida mujassam etgan shaharsozlikning ilg‘or usullaridan, landshaft dizaynidan keng foydalanilmoqda.
Azaldan odamlar Samarqandni bir bor ko‘rishni, uning zaminida mangu orom topgan aziz-avliyolar, buyuk insonlar xoki poyini ziyorat qilishni orzu qilishgan. Buni o‘zlari uchun sharaf, deb bilishgan. Bugun Samarqand ana shunday istak, qutlug‘ niyatdagi insonlar bilan har qachongidan ham gavjum. Yurtimiz shahar va qishloqlaridan kelayotgan minglab vatandoshlarimiz, xorijiy mamlakatlardan kelayotgan mehmonlar Samarqandni, uning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilib, o‘z hurmat va ehtiromlarini izhor etmoqda.
Zero, Birinchi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, Samarqand tuprog‘ining har bir zarrasida ulug‘ bir hikmat bor, har bir ko‘chasi, maydon va xiyobonida salobat, fayzu tarovat bor. Samarqandning moviy gumbazlari, osmono‘par minoralari, ulardagi betakror ranglar, olam-olam mazmunga ega naqshu nigorlar bizni yerga qarab emas, boshimizni baland ko‘tarib, qadr-qimmatimizni bilib yashashga undaydi.
UzA
18.10.2016
Оптимизация завершена только что
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Registon_ansambli
Полная версия
Menu
Registon ansambli
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Registon (maʼnolari).
Registon ansambli — Samarqandning Registonmaydonida 3 Madrasa (Ulugʻbek madrasasi, Tillakori Madrasasi, Sherdor Madrasasi) dan iborat meʼmoriy majmua. Dastlab Ulugʻbek madrasasi (1417—1420 yy) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydon sharqigaUlugʻbek xonaqohi (1424 y), shim.ga Mirzoyi karvonsaroyi, jan.ga Alika Koʻkaldosh Juma masjidi (1430 y) kurdirgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 15-asrning 20—40y.larida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. 17-asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Sherdor Madrasa (1619—1635/36)ni, Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori madrasa masjidi (1646/47— 1659/ 60)ni qurdirgan. Registon ansambli oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkoripeshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Oʻrta Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi.[1]
Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu erda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tilla-kori madrasasi (1647-1660). Registon - qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch- qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001- yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davri (1409-1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini (1647-1660) mujassam etadi.
Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Ko’chkunjihon (1527-1530) qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyo sayyohlari tashrif buyurishadi.
Manbalar
↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
So‘nggi tahrir 27-May 2019, 16:01 da amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
Maxfiylik siyosatiTerms of UseDesktop
Bosh sahifaTasodifiyYonidaKirishMoslamalarLoyihaga koʻmakVikipediya haqidaMasʼuliyatdan voz kechish
Boshqa tilda oʻqishkuzatTahrirlash
Do'stlaringiz bilan baham: |