Tirmashib chiqishlar.
1. 4-5 metrli arqonga qo`llar bilan 3 usulda (vaqtga qarab) tirmashib chiqish (o`g`il bolalar).
2. 120 sm balandliklardagi to`siqlarni (yakka cho`p, ot) zabt etish (qiz bolalar uchun).
Tayanib sakrash mashqlari.
1. 7-sinfgacha berilgan hamma yordamchi mashqlarni takrorlash. Yonlamasi qo`yilgan xarilar ustidan 5-7 qadam yugurish bilan oyoqlarni bukib sakrab o`tish.
2. 110 sm dastakli otdan (kon) oyoqlarni kerib sakrab o`tish (qiz bolalar). Dastaklarda tayanib turishdan, oyoqlarda depsinib ot ustiga oyoqlarni kerib, egilib tayanishga chiqish va yuqoriga sakrab kerishib turish. Shu usulni sakrab tushayotganda 90°, 180° burilish bilan bajarish.
3. Yonlamasi qo`yilgan otdan burchak hosil qilib sakrab o`tish. Otning chap qanotida o`ng tomon bilan turib, o`ng qo`l ot ustida, bir oyoqda depsinib, ikkinchisida siltanib, qo`llar yordamida gavdani otning boshqa tomoniga olib o`tish. Shuning o`zini 2-3 qadamdan yugurib kelib bajarish. Yugurib kelib ot ustidan burchak hosil qilib sakrab o`tish.
Do'stlaringiz bilan baham: |