O`quv mezonlari:
1. Turgan joyda yuqoriga sakrashni baholash. O`g`il bolalarga 40 sm balandlikka sakraganligi uchun - "5", 35-39 smga - "4", 29- 34 smga - "3" ball qo`yiladi.
Qiz bolalarga 38 smga - "5", 33-37 smga -"4", 29-32 smga - "3" ball qo`yiladi.
2. Setka yonida, ikki tomonda turgan o`quvchining bir-birlariga to`pni setka ustidan barmoqlar uchida oshirishini baholash. Tushirmasdan 12 marta oshirsa - "5", 10 marta oshirsa - "4", 8 marta oshirsa - "3" ball qo`yiladi.
3. To`pni pastdan ikki qo`lda qaytarishni baholash.
4. Qoidasiga rioya qilgan holda 4-6 metr masofadan turib pastdan to`g`riga qarab to`pni uloqtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |