Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqini ajarata olish.
“Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Ishlab chiqarish asoslari: issiqxona maketini tayyorlash, unda qo`llanilgan xom-ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash; issiqxona yoki boshqa turdagi yopiq xonalarda mahsulot (ko`chatlar, ko`katlar, gulchilik, bodring, pomidor, limon va h.k.) yetishtirish. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini egallash. Qishloq xo`jalik miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |