1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti
va o‘quv dasturlari
(Matematika)
(5- sinf
)
TOSHKENT -2010
2
Matematika fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining
o‘quv dasturi
Uqtirish xati
Kelajagi buyuk davlat-mustaqil O‘zbekistonning milliy mafkurasi,
ma’naviyatini shakllantirishda, qaror toptirishda xalq ta’limi tizimining ahamiyati
nihoyatda salmoqlidir. Hozirgi o‘qituvchilarning mehnat faoliyati XXI asrda
o‘tadi, demak, ularning yangi asrda qanday bilimlar olishi o‘ta muhimdir. Shuning
uchun o‘quv darsliklari milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlarga va boy o‘tmish
merosimizga asoslangan bo‘lishi, shuningdek, mustaqil va bozor iqtisodiyoti
sharoitida yuzaga chiqqan davlat va milliy ehtiyojlarni qondirishga qaratilmog‘i
lozim. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun matematikadan uzviylashtirilgan
dastur mustaqil diyorimizning iqtisodiy madaniy, ma’rifiy va ma’naviy rivojlanish
dinamikasini o‘quvchilar ko‘z oldida namoyon etish va ular ongiga singdirishga
xizmat qiladi.O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Davlat ta’lim standartlari» talablaridan
kelib chiqqan holda matematika o‘qitishning umumiy maqsad va vazifalari
aniqlanadi.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika o‘qitishdan ko‘zda
tutilgan asosiy maqsad-hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitlarini hisobga
olgan holda har bir jamiyat a’zosining mehnat faoliyati va kundalik hayoti uchun
zarur bo‘lgan matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni berish, shuningdek,
o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib
borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli
o‘zlashtirishlariga hamda hayotga tatbiq eta olishga intilish; o‘quvchilarda izchil
mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga,
tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo‘llarini topa olishlariga
ko‘maklashishi; insoniyat kamolati, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning
takomillanib borishini hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning
qo‘shgan hissalaridan o‘quvchilarni xabardor qilish hamda umuminsoniy
madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to‘g‘risidagi tasavvurlarni
shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim asosida litsey yoki kasb-hunar
kollejlarida bilim olishni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur bo‘ladigan
matematik bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini o‘quvchilarning mustahkam va
ongli egallashlarini ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |