Andijon mashinasozlik instituti sirtqi bo’limi MSMSM yo`nalishi
Andijon mashinasozlik instituti sirtqi bo’limi MSMSM yo`nalishi
3-kurs K 358-19 guruh talabasi Ibaydullayev Asliddinning
Avtomatik boshqarish asoslari fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Optimal boshqarish masalalarini tipik qo'yilish va tasniflanishi
Optimal boshqarish masalalarini tipik qo'yilish va tasniflanishi
Reja :
TJABTlarning umumlashgan sxemasi
TJABTlarning axborot bilan ta'minlanganligi
TJABTlarning ishochliligini ta'minlash
Kirish
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari ob'ektlarni bevosita boshqarishi lozim. Bu sharoitda boshqarish tizimidagi har qanday buzilish yoki chetga chiqish jarayonning normal borishini yuqotadi, bu esa katta qiymatdagi iqtisodiy yuqotishlarga olib keladi. TJABT faoliyatining ishonchliligiga quyiladigan talablar juda katta. Tizimning ishonchliligini ta'minlash uchun quyidagilar zarurdir:
tizim va uning komponentlari ishonchlilik parametrlarining optimal qiymatlarini aniqlash;
konkret tizim xususiyatlariga to'la javob beruvchi va ishonchliligini oshiruvchi maxsus usullarni ishlab chiqish;
ishonchlilik va samaradorlik ko'rsatkichlarini e'tiborga olgan holda tarkib variantini tanlash;
talab etilgan ishonchlilikni ta'minlovchi tizim texnik xizmatining shakl va tartibini o'rnatish;
talab etilgan ishonchlilikni ta'minlovchi tizim texnik xizmatining shakl va tartibini o'rnatish;
butun tizim va uning ayrim komponentlari uchun ishonchlilik sinovi dasturlarini mukammal ishlab chiqish.
Ikkita omil, ya'ni yaratilayotgan TJABT komplektidagi texnik vositalar sifati va loyihalash usullari boshqarish tizimining ishonchligini belgilaydi. Tizimdagi biror elementning sifatsiz ishlashi ishonchlilik ko'rsatkichini pasaytirb yuborishi mumkin. Komplektdagi mahsulotlarning ishonnchliligiga qaratilgan hamma ishlar iqtisodiy tomondan asoslangan bo'lishi lozim. Tizimning sifatini loyihalash bosqichidayoq dublyorlash yo'li bilan oshirish mumkin.
Hozirgi paytda muhim konturlarda avtomatikning lokal tizimlarini saqlab qolishga amal qilinayapti. Mavjud rostlagichlar boshqaruv hisoblash mashinalari ishdan chiqqan taqdirda ham texnologiq rejimni ushlab turadilar. Bunday holda rostlash tizimidagi rostlovchi organlar o'z holatini o'zgartirmasligi lozim.