1 5-rasm.
Mexanik xotira elementi :
1- baraban ; 2- shtirlar ; 3- kiruvchi signal surilgichi ; 4- chiquvchi signal surilgichi.
Qurilma baraban 1 va unda o’rnatilgan shtirlar 2 dan iborat bo’lib, shtirlar surgich 3 tomontdan aksial yo’nalishda surilishi mumkin.Agar bu surish mehanik sezgichning ustki roligini (13-rasm, v) notekislik tufayli surilishiga muvofiq bo’lsa, unda xotira qurilmasiga kiruvchi signal Xk bo’ladi. Surilgan shtirlar ma’lum kechikish bilan surgich 4 ga etib kelganda chiqish signali Xch hosil bo’ladi. Baraban 1 ma’lum o’zgarmas tezlikda aylanib turadigan bo’lsa, sezgich 3 tomonidan surib qo’yilgan shtir surgich 4 tagiga borganda u ham aksial yo’nalishda harakat qiladi, lenta tortuvchi silindrlar yuritmasi 5 ning tezligini sezgich 3 ( 14-rasm) berilgan signalga muvofiq o’zgartiradi. SHtirlar orasidagi signalning kechikish vaqti t1 ma’lum bo’lganligi tufayli baraban 1 dagi 3 va 4 surgichlarning shtirlar ustida o’rnatilish burchagi ifoda φ=nt1 ga muvofiq hisoblanadi. Silindrlar tezligining lenta notekisligiga muvofiq o’zgarishi burchak φ ga kechikadi. Lenta notekisligi tortuvchi silindrlarga kirish bilan bir vaqtda silindrlarning aylanish tezligi ham lenta notekisligiga muvofiq o’zgara boshlaydi.
Xulosa
Ishlab chiqarishda hom ashyo va energiya sarfini to’g’ri normalash va ularning amalga oshirilishini doimo kontrol qilib turish ishlab chiqarishning samaradorligini oshiradigan asosiy yo’llardan biri hisoblanadi. Shu tufayli ishlab chiqarish ob’ektlarida (ish agregati, texnologik oqim liniyalari, sex va zavodda) ishlab chiqarish prosesslarining to’g’ri boshqarilishini ta’minlash uchun hom ashyo (suyuqlik va gazsimon moddalar, kislorod, suv, bug’, kimyoviy reaksiyalar komponentlari va boshqalar) miqdorini uzluksiz o’lchab, ularning sarfini hisoblash turish va shuningdek ishlab chiqarish mahsulotlari miqdorini ham o’lchab kontrol qilib turish ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish masalasini hal qilish ko’pincha rezervuarlardagi suyuqlik, bunkerlardagi to’kilib sochiladigan , qattiq bo’lakchalardan iborat moddalarning sath balandligini o’lchash, kontrol qilish bilan bog’liq bo’ladi.
Sath o’lchov asboblari juda ko’p turli bo’lib, ularning eng asosiylari sifatida qalqovichli, p’ezometrik, mexanik, elektrik, radiaktiv va boshqa sath o’lchagichlarni ko’rsatish mumkin.
Adabiyotlar:
1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”, -Toshkent, 1997 y.
2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”, -Toshkent, 1982 y.
3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y.
4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов ”, - Toshkent, 1964
Do'stlaringiz bilan baham: |