I.Bob. Ferma prinsipi
1.1 Optikadagi Ferma prinspi
Ferma prinsipi - geometrik optikannng asosiy prinsipi. Unga koʻra, yorugʻlik nuri fazodagi ikki nuqta orasida shunday yoʻl boʻyicha tarqaladiki, yorugʻlik bu yoʻlni oʻtishi uchun shu nuqtalarni tutashtiruvchi boshqa yoʻllarga nisbatan yoki eng kam, yoki eng koʻp, yoxud bir xil vaqt sarf qiladi. Ferma prinsipidan geometrik optikaning asosiy qonunlari: yorugʻlikning toʻgʻri chiziq boʻylab tarqalish qonuni, qaytish qonuni va sinish qonuni kelib chiqadi. Ferma prinsipini 1660-yilda P. Ferma taʼriflagan. Difraksiya hodisasini qisobga olish kerak boʻlgan hamma hollarda Ferma prinsipini qoʻllab boʻlmaydi.
Geometrik optikaning asosiy qonunlari. Yorug’lik tabiati haqidagi g’oyalarning rivojlanish tarixi. Nyuton va Gyuygensning g’oyalari. Maksvell va Lorentsning ko’rinishlari. Plank gipotezasi. Yorug’likning korpuskulyar-to’lqinli tabiati.
Fotometriya. Fotometrik kattaliklar (yorug’lik oqimi, yorug’lik intensivligi, yorqinlik, yorqinlik, yorug’lik). Fotometrik kattaliklarning yorug’lik va energiya birliklari o’rtasidagi bog’liqlik. Fotometrik kattaliklarni o’lchash usullari. Subyektiv va obyektiv fotometrlar.
Optika — fiikaning yorug’likning nurlanish, yutilish va tarqalish qonunlarini o’rganadigan bo’limidir. Yorug’lik elektromagnit to’lqinlardan iborat bo’lganligi sababli, optika elektromagnit maydon nazariyasining, ya’ni elektrodinamikaning bir qismi sifatida qaraladi. Yorug’lik, radio to’lqinlar va rentgen nurlari orasidagi, to’lqin uzunligi 4,0-IO-7—7,6-10-7 m bo’lgan elektromagnit to’lqinlardan iborat. Odatda, optika geometrik, fizik va fiziologik optikalarga bo’lib o’rganiladi. Geometrik optikada yorug’likning tabiati haqida so’z yuritilmaydi, uning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish, qaytish va sinish qonunlari o’rganiladi. Oddiy ko’zoynakdan tortib ulkan astronomik qurilmalardagi murakkab obyektivlargacha bo’lgan barcha optik asboblarni yasashdagi hisob-kitob geometrik optika qonunlari asosida amalga oshiriladi. Fizik optikada yorug’likning tabiati va yorug’lik hodisalariga aloqador muammolar o’rganiladi. Fiziologik optika esa yorug’likning rivojlanuvchi organizmga ta’sirini o’rganadi.
Fotometriya. Optikaning yorug’likning energetik xarakteristikalarini o’rganuvchi bo’limi fotometriya deyiladi. Fotometriyada quyidagi kattaliklardan foydalaniladi: — energetik kattaliklar: bunda yorug’likning energetik xarakteristikalari uning qabul qiluvchiga ta’sirini e’tiborga olinmay qaraladi; — yorug’lik xarakteristikalari: bunda yorug’likning ko’zga yoki boshqa qabul qiluvchilarga fíziologik ta’siri e’tiborga olinib, uning kuchi aynan shu ta’sirga asosan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |