Yorug‘likning sinish qonunining aniq ifodasini grek faylasuflari topolmadilar. Ptolomey o‘z zamonasiga xos aniqlikda tajriba o‘tkazib yorug‘likning tushish burchagi α ning turli qiymatlarda sinish burchagi r ning qiymatlarini o‘lchab quyidagi xulosaga keldi.

Ptolomey tajribalarida yorug‘likning tushish burchagi katta bo‘lgan xollarda bajarilmaydi. Shunday qilib yorug‘likning sinish qonuni Ptolomey tomonidan uzil-kesil hal etilmadi. Yorug‘likning tushish va sinish burchagi o‘rtasidagi proporsionallikning yo‘qligi XI asrda Arab olimi Haysam Abu Ali tomonidan aniqlandi. Bundan tashqari bu olim ko‘rsatdiki, tushuvchi nur, singan nur va tushish nuqtasidan r muhit chegarasiga o‘tkazilgan normal (N) bir tekislikda yotadi.

XVII-asrning boshida mikroskop va ko‘rish trubasi kashf etildi. Optik asboblar keng miqyosda astronomiya va boshqa sohalarda ishlatila boshlandi. Bu optik asboblarning takomillashtirilishi yorug‘likning qaytishi (katoptrika) va yorug‘likning sinishi (dioptrika) to‘g‘risidagi ta’limotlarni ham rivojlantirishni talab etar edi.

1620 yilga kelib golland fizigi Snellius ikki muhit yondashgan chegarada yorug‘likning sinish qonunini miqdoriy jihatdan asosladi. Bu qonunning quyidagi matematik xolatda yozilishi Dekartga tegishlidir. (1637)