linzalar tizimida bir nuqtaga yig‘iladi va infraqizil spektrning ma’lum chastotasini
sezishga sozlangan foto qabul qilgichga tushadi. Bu nurlanish foto qabul
qilgichning elektr xususiyatlarini o‘zgarishga olib keladi va elektron sxemada qayd
qilinadi va kuchaytiriladi. Olingan signal qayta ishlanib raqamli kodga aylantiriladi
va unga biror rang mos keltiriladi. Shundan so‘ng, ekranda rangi infraqizil
nurlanishning biror qiymatiga to‘g‘ri kelgan nuqta paydo bo‘ladi. Skanerlovchi
tizim asbobga ko‘ringan maydoning hamma nuqtalarni aylanib chiqadi. Natijada,
ob’ektning infraqizil nurlanish ko‘rinishdagi tasviri hosil qilinadi.
Teplovizorlarning yuqori sezgirligi yarim o‘tkazgichli indiy-antimodli InSb,
simob-kadmiy-tellur Hg-Cd-Te va boshqa qabul qilgich
asboblarning nurlanishni
sezgirligi bilan aniqlanadi. Issiqlikni ko‘rish metodlarini qo‘llanilish sohalari.
Teplovizorlar harbiy razvedkada va ob’ektlarni qo‘riqlashda ishlatiladi. Qo‘lda olib
yuriladigan issiqlik asbobi bilan odamni 300 m masofadan ko‘rish mumkin.
Odatda harbiy texnikalar 2-3 km dan ko‘rinib turadi. Bugungi kunda, sezgirligi
yuzlab gradus ulushlarida ishlaydigan, berilgan mikroto‘lqin diapazonida
kompyuter ekraniga tasvirni chiqarib beradigan videokameralar yaratilgan. Misol:
Eshikni
ochadigan dasta ushlanganda, undagi issiqlik ushlanib qolishi 0,5
soatgacha davom etadi. Metroga yangi kirgan odamlar yaqqol bilinadi. Odamning
tumovga uchraganini bir-necha yuz metrdan bilsa bo‘ladi. Yaqinda o‘chirilgan
mashinani bilish yoki kresloda kim va qachon o‘tirganini aniqlash
mumkin.Teplovizorni tanlashda asbobning quyidagi muhim xarakteristiklarga
e’tibor beriladi:
- matrisaning o‘lchami;
- termosezgirlik (0,08 °C gacha eng yaxshi modellarda);
- o‘lchanadigan temperatura diapazoni (o‘rtacha – 20 dan +350 °C gacha);
- payqash masofasi;
- ob’ektivning ko‘rish maydoni;
- tasvirni taqdim qilish formati;
- ma’lumotlarni xotirada saqlash imkoniyati (o‘rnatilgan
flesh-xotira, karta
SD, USB bo‘yicha ulanish).
Portativniy teplovizor "Сычь-3" oddiy va murakkab ob-havo sharoitida va
sun’iy xalal berish sharoitlarida berilgan hududni nazorat qilishda, butun
sutka
davomida ob’ektlarni izlash va kuzatish, izlash-qutqaruv ishlarini o‘tkazish,
yong‘in manbalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Kamera uzun to‘lqinli (8 - 12
mkm) infraqizil diapazonda ishlaydi. Spektrning infraqizil hududida bizni o‘rab
turgan tabiiy va sun’iy ob’ektlarning xususiy elektromagnit nurlanishni asosiy
ulushi mujassamlangan. "Сычь-3" teplovizoriga tashqi manbaning ulanish
imkoniyati bor. Bu esa, asbobni stansionar va mobil
variantlarida ishlash
imkoniyatini beradi.[8]
Do'stlaringiz bilan baham: