Optik aloqa liniyalari
Reja:
I. Kirish
II.Asosiy qism
Optik aloqa afzaligi va kamchiliklari
Optik tola turlari va ularning tavsiflari
Optik tolali aloqa liniyalari
III.Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish
Insoniyat taraqqiyotida aloqaning, xususan, optik aloqaning roli katta bo‘lgan, bunga sabab uning tarqalish tezligining juda kattaligidir. Hozirgi kunda deyarli har bir uyda radio, televizor va telefon bor, shaharlar va maydonlar o‘rtasida yotqizilgan kabellar yordamida koinotdan Yerning sun’iy yo‘ldoshlari orqali keng miqyosda axborotlar uzatilib turiladi. Ammo aloqa texnikasining rivojlanishi, elektronikaning zamonaviy yutuqlari, elektromagnit to‘lqinlarining sm va mm diapazonining o‘zlashtirilishi ham hozirgi paytda mislsiz ko‘payib ketayotgan axborot talablariga javob bermay qoldi. Amaliyot axborotning zichligi, uzatish chastotasining oshirilishi aloqa kanallarini zichlashtirish kabi qator talablarni qo‘ymoqda. Shuning uchun ham dunyo mutaxassislari birinchi navbatda optik diapazonga qayta-qayta e’tibor bera boshladilar. Shuningdek, dunyodagi mis konlari borgan sari kamayib bormoqda. Vaholanki, texnikada juda kerak bo‘lgan bu metallning deyarli yarmi kabellar uchun ishlatiladi. Olimlarning taxmini bo‘yicha mis ishlab chiqarish XXI asrda keskin ravishda kamayadi. Demak, biror chora topilmasa, kabel ishlab chiqarish tushkunlikka uchrashi turgan gap. Shuning uchun ham mis simlardan voz kechib, axborotni shaffof shisha tolalar orqali nur yordamida uzatishga o‘tish lozimligini tushunib yetildi. Demak, shisha tolalarni ishlatish ikki ijobiy yutuqqa axborot uzatish tezligini keskin oshirib, qimmat hisoblangan misni katta miqdorda iqtisod qilishga imkon beradi.60-yillarda kashf etilgan lazerlar ham katta samara bermadi. Chunki axborotni lazer nuri bilan ochiq atmosferada uzatish yaxshi natija bermadi. Bunga sabab atmosferadagi temperatura, havo oqimi, changlar, tuman va h.k. lar tinimsiz o‘zgarib turganligi uchun ochiq havo nur o‘tkazuvchi muhit sifatida ishlatishga yaroqsizligi aniqlandi.
Lazer nurini trubalar ichida uzatib ko‘rildi, lekin bu yo‘l ham foyda bermadi. Shuni aytish kerakki, nur o‘tkazuvchi shisha tolalar 60 — yillarda ma’lum edi. Ularning diametri 100 mkm bo‘lib, o‘zak va uni o‘rab olgan qobiqdan iborat edi. O‘zakning sindirish ko‘rsatkichi qobiqning sindirish ko‘rsatkichidan biroz katta bo‘lishi kerak. Lazer nurini shunday tolalar orqali uzatishga urinib ko‘rildi, ammo bunday tolalar juda katta yutish koeffisiyentiga ega bo‘lib, taxminan 1000 db/km ga teng. Bunday tolaga kiritilgan nur bir necha metr masofadan so‘ng deyarli butunlay yutilib ketadi. Ammo 1966 yilda ingliz olimlari Kao va Xokxem o‘zlarining ilmiy izlanishlarida optik shishalardagi nurning yutilish sabablarini taxlil qilib, nurning yutilishiga asosiy sabab He, Ni, Si, Sg va shunga o‘xshash metallar shisha sintez qilinayotganda tashqaridan (havodan, tigeldan) kirib qolgan metall ionlari ekan. Maqola mualliflari agar shishalar ana shu ionlardan tozalansa, yutish koeffisiyenti 20db/km bo‘lgan tolalar olish mumkinligini isbotlab berdilar. Bu maqoladan so‘ng dunyo miqyosida yutish koeffisiyenti kichik bo‘lgan nur o‘tkazuvchi tolalarni olish bo‘yicha ishlar juda kuchayib ketdi. Nihoyat, 1970 yil "Korning Glass" firmasi mutaxassislari to‘lqin uzunligi qq063 mkm bo‘lgan nur uchun yutish koeffisiyenti 20 db/km dan kichik bo‘lgan nur uchun nur o‘tkazuvchi tolalarni yaratdilar. Bunday tolalar uzun to‘lqinli optik aloqa liniyalarida ishlatsa bo‘ladigan sifatlarga ega edi.
1970 yil Shuning uchun tolali optikaning tug‘ilgan yili deb sanala boshlandi. Ana shundan so‘ng tolali optika aloqasi misli ko‘rilmagan tezlik bilan rivojlanib ketdi, ular ishlatiladigan sohalar ko‘paya boshladi: telefon tarmoqlari orqali ishlaydigan televideniye, aviatsiya va dengiz flotida, bort aloqasi, hisoblash texnikasi, texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish tizimi va h.k.larda ham ishlatila boshlandi. Bundan tashqari, nurli tolalarning tashqaridan tushuvchi elektromagnit to‘lqinlarning ta'sirini sezmasligi, vaznlari kam va ixchamligi ham aniqlandi.
Optik aloqa afzaligi va kamchiliklari
Optik aloqa — optik diapazondagi (odatda, 10,3 —10,5 Gs) elektromagnit tebranish (mas, lazer)lar yordamida bogʻlanadigan aloqa. Optik aloqa liniyalari tuzilishi jihatidan radioaloqa liniyalariga oʻxshaydi. Nurlanishni modulyasiyalash uchun taʼminlash manbaiga yoki generatorning optik rezonatoriga taʼsir qilib, generatsiya jarayoni boshqariladi yoki chiqish nurlanishini maʼlum qonun boʻyicha oʻzgartiradigan qoʻshimcha tashqi qurilmadan foydalaniladi. Chiqish optik uzeli yordamida nurlanish kam sochiluvchi nurga aylanadi va kirish optik uzeliga boradi; bu uzel uni foto oʻzgartirgichning faol sirtiga fokuslaydi. Foto oʻzgartirgichdan chiqqan elektr signallar informatsiyalarni ishlash uzeliga keladi. Signallarni qabul qilishning 2 usuli — toʻgʻri detektorlash va geterodin qabul usullari bor. Taʼsir doirasiga koʻra, optik aloqa quyidagi asosiy turlarga boʻlinadi: taʼsir doirasi kichik boʻlgan ochiq yer usti tizimlari (yer sirti atmosfera qatlamlaridan oʻtuvchi nurlardan foydalanadi); berk yorugʻlik kanallaridan foydalanuvchi yer usti tizimlari (shaharlararo aloqa bogʻlash, EHM orasida aloqa bogʻlash uchun); yaqin kosmik aloqa liniyalari; uzoq kosmik aloqa liniyalari. Ochiq Optik aloqa liniyalari Yer bilan kosmos orasida aloqa bogʻlash vositasi sifatida juda muhim. Yarim-oʻtkazgichli diod nurlatgichlar, yorugʻlik tolali kabellar va yarimoʻtkazgichli qabul qilgichlardan foydalanib, bir-biridan 10 km gacha masofada minglarcha telefon kanallari boʻlgan aloqa magistrallari qurish mumkin. Optik aloqa si-stemasi magistral va ichki aloqaning asosiy turlaridan biri hisoblanadi
Optik aloqa tizimlarining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: Keng sathlilik (agar nur manbai sifatida yarim o‘tkazuvchanlik dioddan foydalanilsa) va qq10q250 Mgs tashkil qiladi, yarim o‘tkazuvchili lazer ishlatilsa, u holda ~ 0,5 MGs ga teng bo‘ladi. Bu kabi aloqa liniyalarini kuchli tokli kabellar va yuqori voltli elektroenergiyani uzatuvchi liniyalar yaqiniga joylashtirish mumkin. Optik kabelning haqiqiy tuzilishlaridan birining kesimi
2-rasmda keltirilgan. Optik kabelli tolalar orasidan o‘tuvchi halaqitlarning juda kamligi, bu tolalarning sonini bir necha yuz bor oshirish imkonini beradi. Atrof -muhitga optik kabeldan elektromagnit nur tarqalmaydi. Yuqori texnologik integrasiyaga egaligi; tabiiy ofatlarni (Yer qimirlashi, toshqinlar, sel va hokazo) sodir bo‘lishi kutilayotgan mintaqalardagi muhitlarda ishlay olish qobiliyatining borligi, ularning simli kabellardan afzalliklarini ko‘rsatadi.
Optik tolali aloqa tizimida axborot uzatishning umumiy ko‘rinishini 1-rasm orqali tushuntirish mumkin.
>
Habarlani qabul qiluvchi
Fotodetektor
Fotoelektrod
Habarlar manbai
Modulyator
Optik kabel
Aloqa liniyasida uzatish uchun mo‘ljallangan uzluksiz yoki raqamli elektr signali uzatish tomonidagi yarimo‘tkazuvchanli lazerli yoki yorug‘lik manbaidan chiqayotgan optik nurlarni modulyasiyalaydi va buning oqibatida elektr signalini optik (yorug‘lik) signaliga aylantirib, so‘ngra optik tola bo‘ylab uzatiladi. Tizimning qabul qilish tomonidagi toladan chiqib kelayotgan optik signal fotodiod asosida qurilgan fotodetektorga kiritiladi. Fotodetektor esa, unga tushayotgan optik nurlarni dastlabki uzluksiz raqamli elektr signaliga aylantirib beradi.
Shisha tola nur tarqatishga juda qulay muhit bo‘lsa ham, uning kamchiliklari bor:
1) u ochiq havoda bo‘lgani uchun unga tashqi muhit ta'sir ko‘rsatadi, uning ustiga changlar o‘tirib iflos qiladi, bu esa nurning so‘nishiga olib keladi;
2) tolani ushlab turuvchi tayanchlarning kontaktlarida qo‘shimcha so‘nish paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, shisha tola mo‘rt bo‘ladi. Agar uning ustiga qandaydir muhofaza qatlamlari yotqizilmasa, sinib ketishi juda oson. Bu kamchiliklar ikki qatlamlik hisobiga bartaraf etiladi. Shishali tolalar cho‘zib olinib , barabanlarga o‘rab olinganliklari uchun bunday tolalarda nurning troyektoriyasi egri chiziq bo‘lib, uning aniq qaytadigan chegarasi bo‘lmaydi. Qobiq tarafga yo‘nalgan nur tola o‘qi tarafiga qarab egila boshlaydi va u yana o‘zak markaziga qarab tarqaladi. Shisha tolalar orqali axborot yuborilganligi uchun ularning so‘nish koeffisiyenti minimal bo‘lishi zarur, chunki optik aloqa liniyalari (1-100) km masofalarga cho‘zilishi mumkin. Buning uchun ularning yutish koeffisiyenti 1db/km bo‘lishi kerak. Bunday katta talabga faqat a'lo sifatli optik shishalar, ayniqsa shishasimon kvarslar javob beradi. Kvars boshqa shishalardan o‘zining bir jinsliligi va nurning Relecha sochilish koeffisiyenti kichikligi bilan ajraladi.
2.rasm Optik kabelning qirqimi:
1-shisha tola;2-polietilenli trubka;3-plasmassali o’zak;4- polietilenli himoya qobig’I;5- polietilenli himoyalovchi shlang.
Sanoatda ishlatiladigan shisha tolalar juda toza kvarsdan cho‘zib q=2000 °C da olinadi va maxsus lak bilan qoplanadi. Bu uning mexanik mustahkamligini ancha oshiruvchi lak bilan, so‘ng bu tola ustiga polimer materialdan muhofaza qatlami qoplanadi. Shundan so‘ng sanoatda (aloqada) ishlatiladigan optik tola tayyor bo‘ladi.
Optik tola turlari va ularning tavsiflari.
Bir modali va ko‘p modali optik tolalar. To‘lqin uzunligiga nisbatan o‘zak diametriga bog‘liq ravishda optik tolalar bir modali va ko‘p modaliga bo‘linadi. Bir modali optik tolalarda ko‘pincha o‘zak diametri 7 —10 mkm (3a-rasm), ko‘p modali optik tolalarda esa 50 — 62,5 mkm (3b-rasm) bo‘ladi. Ikkala turda qobiq diametri 125 mkm ni tashkil etadi. Amaliyotda ko‘p modali va bir modali optik tola diametrlarining boshqa qiymatlari ham mavjud. Bir modali optik toladan faqat bir moda (yorug‘lik tashuvchi) uzatiladi. Ko‘p modali optik toladan esa apertura burchagi doirasida tolaga turli burchaklar ostida kiritiladigan bir necha yuzlab ruxsat etilgan modalarni bir vaqtda uzatish mumkin. Barcha ruxsat etilgan modalar turli tarqalish yo‘nalishi va vaqtiga ega.
Pog‘onali, gradiyentli va maxsus sindirish ko‘rsatkichIi optik tolalar. Ko‘p modali optik tolalar sindirish ko‘rsatkichi ko‘rinishi bo‘yicha pog‘onali (4a-rasm ) va gradiyent (4b-rasm) tolalarga bo'linadi. Pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalar ikki muhit chegarasida sindirish ko‘rsatkichlarining keskin (pog‘ona ko‘rinishida) o‘zgarishi (n1 dan n2 ga) bilan xarakterlanadi. Pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli optik tolalar o‘tkazish polosasini chegaralaydi, lekin gradiyent sindirish ko‘rsatkichli optik tolalarga nisbatan arzon hisoblanadi. Gradiyent sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalar pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli tolalarga qaraganda ravon sindirish ko‘rsatkichi va modalararo dispersiyaning kamayishi bo'yicha yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega. Chunki gradiyent sindirish ko‘rsatkichli optik tolada modalarning tarqalish tezligi (dispersiyasi) bir-biridan juda ham katta farq qilmaydi. Dispersiya impulslarning kengayib ketishi va uzatilayotgan signallarning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun hozirda gradiyent sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalar keng tarqalgan.Gradiyent sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalarning eng asosiy kamchiligi ularning qimmatliligi va ishlab chiqarishning murakkabligidir. Ko‘p modali optik tolalarda modalararo dispersiya o‘tkazish polosasi va aloqa masofasini chegaralaydi. Shuning uchun ko‘p modali optik tolalar, asosan, lokal tarmoqlarda va nisbatan past tezlikli raqamli signallarni uzatishda ishlatiladi. Bir modali optik tolalardan magistral aloqa tarm oqlarida foydalaniladi. Chunki bir modali optik tolalarda modalararo dispersiya yuzaga kelmaydi, shuning uchun signallar ko‘p modali rejimga qaraganda kam buzilish bilan uzatiladi. Ya’ni, bir modali optik tolalardan foydalanish o ‘tkazish qobiliyatini oshiradi, lekin uzatuvchi qismda birmuncha qimmat bo‘lgan lazer diodlardan foydalanish talab etiladi.
3-rasm. Bir modali (a) va ko‘p modali (b) optik tolalarning ko‘ndalang kesimi
4-rasm . Pog‘onali (a) va gradiyentli (b) ko‘p modali optik tolalaming tuzilishi va sindirish ko‘rsatkichi ko‘rinishlari
5-rasmda turli tolalar bo‘ylab optik signallarning tarqalishi tasvirlangan. Sindirish ko'rsatkichlariga qarab bir moddali optik tolalar pog‘onali (to‘g‘riburchakli) va maxsus turdagi uch tishli, W ko‘rinijshdagi tolalarga bo‘linadi (6-rasm).
Bir moddali optik tolalar dispersiya qiymatlari bo‘yicha ushbu turlarga bo‘linadi:
1.Standart tola SF (Standart Fiber).
2.Siljigan dispersiyali tola DSF (Dispersion — Shifted Fiber).
3.Nolga teng bo‘lmagan siljigan dispersiyali tola NZDSF (Non-Zero Dispersion-Shifted Fiber).
Standart SF tolalari pog‘onali sindirish ko‘rsatkichiga ega. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra eng ko‘p yotqizilgan kabellar bir moddali standart SF (Standart Fiber) tolalardan iborat. Hozirda SF tolalarining so‘nish qiymatlari 0,18—0,19 dB/km gacha kamaytirilgan. Lekin, bu tolalarda 1550 nm to'lqin uzunligida dispersiya qiymati katta 17—20 ns/nm∙kmni tashkil etadi. 1300 nm to ‘lqin uzunligida esa dispersiya qiymati minimal, lekin so‘nish qiymatlari katta 0,35—0,5 dB/km ni tashkil etadi (2.7-rasm). Dispersiya qiymati kichik bo‘lganligi uchun 1300 nm to‘lqin uzunligi dispersiyasi nolga teng 10 to‘lqin uzunligi deb ataladi. So‘nish qiymatlari kichik, ya’ni 0,2—0,25 dB/km ni tashkil etadigan 1500 nm to‘lqin uzunligida (7-rasm) dispersiya qiymatlarini ham kamaytirish maqsadida 10 to‘lqin uzunligini 1550 nm ga siljitish orqali siljigan dispersiyali DSF tolalari ishlab chiqilgan. DSF tolalarida λ0 =1550 nm ga teng bo‘lib, bu to‘lqin uzunligi nolinchi dispersiya nuqtasi deb olingan. DSF va NZDSF tolalari maxsus turdagi W ko‘rinishdagi sindirish ko‘rsatkichlariga ega. Ammo 1550 nm to‘lqin uzunligida DSF tolalarida to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulini amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunki, agarda 1550 nm to’lqin uzunligida to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulini qo‘llasak, bu to‘lqin uzunligi atrofida parazit optik kanallar, ya’ni nochiziqli effektlar hosil bo‘ladi. Buni bartaraf etish va to ‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulini qo‘llash uchun nolinchi 10 to‘lqin uzunligini 1520 nm dan 1560 nm gacha surib, nolga teng bo’lmagan siljigan dispersiyali NZDSF tolalari hosil qilingan.
5-rasm. Turli optik tolalardan yorug‘lik nurining tarqalishi va ularning sindirish ko‘rsatkichlari ko‘rinishlari: a — k o ‘p modali, pog'onali sindirish ko'rsatkichli optik tola; b — k o ‘p modali, gradiyentli sindirish ko‘rsatkichli optik tola; d —bir modali, pog‘onali sindirish ko'rsatkichli optik tola.
6-rasm. Bir modali optik tolaning sindirish ko'rsatkichlari: a-pog'onali sindirish ko ‘rsatkichli bir modali standart (SF ) optik tola; b-maxsus uch tishli, W ko‘rinishga ega sindirish ko‘rsatkichli, dispersiyasi nolga siljigan bir modali optik tola
7-rasm. To‘lqin uzunligiga bog‘liq ravishda optik toladagi
so‘nishning o‘zgarishi
No’linchi dispersiyali to'lqin uzunligini surish maxsus turdagi W ko'rinishdagi sindirish ko'rsatkichlarini qo’llash, ya’ni optik tola o‘zagini sindirish ko‘rsatkichlari turlicha bo’lgan ko‘p qatlamli qobiqlar bilan qoplash orqali hosil qilinadi. Ikki qatlamli qobiqlarni qo‘llab, DSF tolalari, to‘rt qatlamli qobiqlarni qo’llab, 1300 nm dan 1650 nm to’lqin uzunligida dispersiya qiymati |D|=1—6 ps/nm∙km bo’lgan NZDSF tolalari hosil qilingan. 8-rasmda dispersiyaning to’lqin uzunligiga va qobiqlar soniga bog’liqligi tasvirlangan . Hozirgi kunda “Korning”, “Lyusent Texnolojiz”, “Alkatel”, firmalarining standart bir modali tolalari keng tarqalgan. NZDSF tolalarida esa l=1550 nm da dispersiya noldan farqli, ishorasi bir xil va 2-4 ps/nm∙km dan kichik bo’lmasligi kerak. Hozirgi kunda «Korning» firmasi SMF—LS, LEAF, «Lyusent Texnolojiz» True Wave deb belgilangan NZDSF tolalarini ishlab chiqarmoqda. Dispersiya qiymati kichik bo‘lganligi uchun bu tolalar to'lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan uzatish tizimlarida qo’llaniladi.
8-rasm. Dispersiyaning to‘lqin uzunligi va qobiqlar soniga bog‘liqligi:
BQ — birinchi qobiq; IQ — ikkinchi qobiq; TQ — to‘rtinchi qobiq
Bir tashuvchili DSF — nolga teng bo'lgan siljigan dispersiyali tolalardan SDH (asosan, STM-6 va undan yuqori) tizimlarda foydalaniladi. «Fujikura» firmasining DSM 8/125, «Korning» firmasining SMF-DS shu turdagi tolalari ishlab chiqarilgan. Bir modali standart SF tolalari qo’llanilganda, dispersiya qiymatini kamaytirish kerak. Dispersiyani kamaytirish, regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini oshirish, 2,5 Gbit/s tezlikdan yuqori 10 Gbit/s tezlikka o‘tish, shuningdek, to’lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usullaridan foydalanilganda dispersiyani kompensatsiya qiluvchi—DCF (Dispersion Compensating Fiber) tolalarni yoki dispersiyani kompensatsiya qiluvchi modullarni DCM (Dispersion Compensating Module) qo’llash kerak. Dispersiyani kompensatsiya qilish usullari quyida batafsil yoritilgan.
Optik tolali aloqa liniyalari
Simli aloqa liniyalari sifatida asosan telefon liniyalari va televizor kabellari ishlatiladi. Eng rivojlangan telefon simli aloqa. Ammo u jiddiy kamchiliklarga ega: shovqin sezgirligi, signallarni uzoq masofalarga uzatishda pasayishi va past o'tkazish qobiliyati. Optik tolali liniyalar ushbu barcha kamchiliklardan mahrum - aloqa optik dielektrik to'lqin moslamalari ("optik tolalar") orqali uzatiladigan aloqa shakli.
Optik tolalar katta ma'lumot oqimlarini uzoq masofalarga uzatish uchun eng zamonaviy vosita hisoblanadi. U kvartsdan tayyorlanadi, uning asosi kremniy dioksidi - misdan farqli o'laroq, keng tarqalgan va arzon materialdir. Optik tolasi juda ixcham va engil, uning diametri atigi 100 mikronga teng.
Optik tolali liniyalar an'anaviy sim tarmoqlaridan farq qiladi:
axborot uzatishning juda yuqori tezligi(100 km dan ortiq masofani akrorlovchilarsiz);
ruxsatsiz kirishdan uzatilgan ma'lumotlarning xavfsizligi;
elektromagnit shovqinlarga yuqori immunitet;
tajovuzkor muhitga qarshilik;
bitta tolaga 10 million telefon qo'ng'iroqlari va bir million video signallarni yuborish imkoniyati;
tolaning moslashuvchanligi;
kichik o'lcham va vazn;
uchqun, portlash va yong'in xavfsizligi;
o'rnatish va yotqizishning soddaligi;
arzon narx;
optik tolalarning yuqori chidamliligi - 25 yilgacha.
Hozirgi vaqtda qit'alar o'rtasida ma'lumot almashinuvi asosan sun'iy yo'ldosh aloqasi orqali emas, balki dengiz osti tolasi optik kabellari orqali amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, Internet suv osti tolali optik aloqa liniyalarini rivojlantirishda asosiy harakatlantiruvchi kuchdir.
Shakl "Transtelekom" optik tolali tarmog'i
Aloqa kanali balkim:
soddalik - ya'ni ma'lumotni faqat bitta yo'nalishda, masalan, radioeshittirish, televidenie orqali uzatish imkonini beradi;
yarim dupleks navbat bilan;
ikki tomonlama - ya'ni ma'lumotni ikkala yo'nalishda ham uzatishga imkon beradi bir vaqtning o'zida, misol telefon.
Kanallarni ajratish (siqish):
Bitta aloqa liniyasida bir nechta kanallarni yaratish ularni chastota, vaqt, kodlar, manzil, to'lqin uzunligi bo'yicha ajratish orqali ta'minlanadi.
kanallarning chastota taqsimoti (PDK, FDM) - kanallarni chastota bo'yicha taqsimlash, har bir kanalga ma'lum chastota diapazoni ajratilgan
kanallarni vaqt bo'yicha taqsimlash (VRK, TDM) - har bir kanalga vaqtni ajratish, vaqt bo'limi (vaqt bo'lagi) ajratilgan
kanallarni kodlar bilan taqsimlash (KRK, CDMA) - kanallarni kodlar bo'yicha taqsimlash, har bir kanalning o'z kodi bor, uning super nazorati guruh signalida ma'lum kanalda ma'lumotlarni tanlashga imkon beradi.
spektral kanallarni ajratish (SRK, WDM) - to'lqin uzunligi bo'yicha kanallarni ajratish
XULOSA
Hozirgi zamon texnikasida axborotni optik uzatishning afzalliklari va qo‘llash sohalari ko‘rib chiqildi.Optik aloqaga oid asosiy ma’lumotlar, ochiq optik aloqa va tolali optik aloqa, tolali optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari o’rganildi.Optik axborotni uzatuvchi manbalar ularning turlari, tavsif va parametrlari o‘rganildi.Lazer diodlarga xos muhim xususiyatlaridan biri bu Watt – amper xarakteristikasi atrof muhit temperaturasiga bog’liqligi. Optik signal tola orqali uzatilganda yorug‘lik to‘lqinlarini tola muhiti bilan chiziqli va nochiziqli o‘zaro ta’siri natijasida signal quvvatini yo‘qolishidan optik signal so‘nadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
N. Yunusov, R. Isayev, G.X. Mirazimova (OPTIK ALOQA ASOSLARI)
http://www.Ziyonet.uz
http://www.google.com
http://www.dic.academic.ru
http://www.hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |