MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan
taklif qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981
yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM
uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM - uyg‘un kompyuterlar uchun standart
operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u
ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarniqo‘llab-quvvatlay olmaydi.
Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan
foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini
taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos
taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan
buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi
qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |