Operatsion tizimlarda virtuallashitirish printspi
5
VM bilan bog`liq qiyin muammolardan biri bu disk tizimidir.
Tasavvur qiling, kompyuterda fizik jihatdan 3 ta qattiq disk
mavjud, lekin 7 ta VM qattiq disklar bilan taminlanishi kerak.
Shunisi aniqki, har bir VM ga bu disklar taqsimlanib bo`lmaydi,
chunki VM dasturining o`zi ham virtual xotira vas spuling
(spooling)ni amalga oshirish uchun malum xajmda diskdagi joyga
muhtoj. Virtual disklar muammosi IBM VM operatsion tizimida
minidisklar
yordamida yechiladi. Har bir minidisk tizim
tomonidan fizik disk hajmini kerakli darajadagi treklarga
taqsimlash asosida tashkil qilinadi.
Albatta bunda minidisklar
hajmi yig`indisi fizik disklardagi mavjud xotira hajmidan ortiq
bo`la olmaydi.
VM ga ega bo`lgan foydalanuvchi kompyuterda ixtiyoriy OT
ni yoki dasturlar paketini ishlatishi mumkin. IBM VM tizimi
uchun foydalanuvchi CMS interaktiv OT ni ishlatishi mumkin.
VM dasturi fizik mashinadagi multidasturlash bilan bog`liqligini
ham aytib o`tish lozim.
1.1.
VM ni amalga oshirish
VM kontsepsiyasi foydali bo`lsada, uni amalga oshirish qiyin.
Fizik mashinaning aniq nusxasini abstraksiyalash ko`pgina
ishlarni talab qiladi. Fizik mashina 2 ta rejimda taqdim etiladi:
foydalanuvchi va mikroyadro (kernel) rejimida. VM dasturi
kernel rejimida bajariladi, foydalanuvchi rejimida taqdim etiladi.
Fizik mashina 2 ta rejimda amalga oshirilgani kabi virtual
mashina ham 2 ta rejimda
amalga oshirilishi kerak, ya`ni virtual
foydalanuvchi rejimi va virtual kernel rejimi bo`lishi kerak va
ikkisi ham fizik foydalanuvchi rejimida ishlashi kerak. Bu degani
real mashinada foydalanuvchi rejimidan kernel rejimiga transfer
qilish (tizimli chaqiruv yoki komandalarni bajarish kabilarda)
virtual mashinada ham virtual foydalanuvchi rejimidan virtual
kernel rejimiga transfer qilishga olib kelish kerak.
Bunda asosiy farq albatta vaqtdir. Real kiritish chiqarish
operatsiyalari 100
millisekund vaqt olganda, virtual kiritish
chiqarish kamroq vaqt (chunki u spuling qilindi) yoki ko`proq
vaqt (chunki u interpritatsiya qilinadi) olishi mumkin. Boshqa
Operatsion tizimlarda virtuallashitirish printspi
6
tarafdan markaziy protsessor bir qancha virtual mashinalar
orasida
taqsimlanishi
(multidasurlanishi)
VM
ishini
sekinlashuviga olib keladi. Demak haqiqiy virtual mashinani
amalga oshirishda barcha buyruqlar to`plamini hisobga olish
lozimdir. VM faqat IBM mashinalarida
ishlaydi chunki VM dagi
normal buyruqlar top`lami apparat taminot orqali bajariladi.
Faqat
imtiyozli
buyruqlargina
(asosan
kiritish-chiqarish
buyruqlari) simulatsiyalanishi mumkin va shu sababdan ular
sekinroq bajariladi.
1.2.
Afzalliklari
Virtual mashina konsepsiyasi bir qancha afzalliklarga ega.
Shuni aytib o`tish lozimki bu muhitda turli xil tizim resurslari
to`liq himoyalangan bo`ladi, ya`ni har bir VM boshqa barcha VM
lardan izolatsiyalangan bo`ladi, shuning uchun bu yerda
himoyalanish muammosi bo`lmaydi. Bir vaqtning o`zida
malumotlardan (fayllardan) tog`ridan to`gri ma`noda birga
foydalanish yo`q. Ya`ni bunda foydalanish 2
usul bilan amalga
oshiriladi. Birinchidan minidiskardan birga foydalanish mumkin,
demak, undagi fayllardan ham, bu qoida fizik disklarni
umumfoydalanuvchi
(shared,
общий
доступ)
statusga
o`tqazgandek gap, lekin bu dasturiy jihatdan amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, virtual mashinalarni tarmoqda aniqlash mumkin,
har bir VM virtual tarmoq orqali axborot almashishi mumkin.
Bu kabi virtual mashinalar operatsion tizimlarni tadqiq qilish,
ularni qurish va sinash ushun xaqiqiy hisoblash mashinasidir.
Odatda bir hosiblash mashinasida OT ni o`zgartirish qiyin ish. OT
katta va kompleks programmalar majmuidir va uning bir qismini
o`zgartirish boshqa bir qismidagi xatoliklarga olib kelmasligini
tasavvur qilish qiyin. Bu degani uni o`zgartirish kritik holatlarga
olib keladi deganidir. Chunki
OT kernel rejimida ishlaydi,
bittagina ko`rsatgich (pointer, указатель)dagi xatolik butun
boshli fayl tizimini zararlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning
uchun OT dagi barcha o`zgartirishlarni sinashni extiyotkorlik
bilan
amalga
oshirish
lozim.
Bunda
albatta
tizimli
daturlovchilarga VM dan foydalanish ko`pgina qulayliklarga olib
Operatsion tizimlarda virtuallashitirish printspi
7
keladi. Chunki VM ning buzilishi real mashinaning buzilishiga
olib kelmaydi. VM ni ixtiyoriy paytda almashitirsh,
qayta qurish
mumkin.
OT hisoblash tizimida ishlaydi va uni nazorat qiladi. Shunday
ekan OTdagi o`zgartirishlarni amalga oshirish va testlash
yakunlanguncha ushbu tizimni to`xtatib turish zarur. Bu vaqt
oralig`i odatda “tizim rivojlanish davri” (
Do'stlaringiz bilan baham: