Оpеratsiоn tizimlarda хоtirani bоshqarish. Kalit so’zlar


Operatsion tizimda xotirani boshqarish



Download 262 Kb.
bet14/14
Sana31.12.2021
Hajmi262 Kb.
#232496
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Оpеratsiоn tizimlarda хоtirani bоshqarish.

Operatsion tizimda xotirani boshqarish

Multidasturli operatsion tizim tomonidan katta e’tibor bilan boshqariladigan resurs bu- xotira. Operatsion tizim bilan egallanmagan operativ xotira taqsimlanishi shart va zarur. Operatsion tizim eng kichik adresslarda joylashadi, lekin eng katta adresslarni egallashi mumkin. Operatsion tizim xotirani asosiy funksiyalari, bo`sh yoki band xotirani aniqlash, jarayonlarga xotirani ajratish va jarayon tamom bo`lgandan keyin xotirani bo`shatish, jarayonlarni operativ xotiradan diskka o`tkazish, agarda asosiy xotirani hajmi yetarli bo`lmasa va xotiradan operatsion xotiraga qayta yuklash, qachonki joy bo`shasa va dasturning adresslari aniq tizimiy xotira atrofiga sozlash. Doimiy xotira qurilmasi – ROM. Ushbu xotira faqat o`qib olish uchun mo`ljallangan, bu maxsus qurilma ishlab chiqarish davomida ushbu qurilmaga ma’lumot yoziladi.

Operativ xotira – RAM tezkor xotira qurilmasi odatda protsessor bilan o`zaro aloqada uning vazifasini bajarib tez dastur va ma’lumotlarni yozish, o`qish va saqlash. Uni saqlash vaqti faqat qurilmaga ulangan bo`lishi kerak.

Hisoblash mashinasining xotirasi bu xotira qurilmalarining shajarasi. Ushbu xotiralar o`rtacha ruxsatnoma vaqti bilan va ma’lumot saqlash vaqti bilan 1 bit ma’lumotga nisbatan farq qiladi. Odatda foydalanuvchi arzon va tez xotiraga ega bo`lishni xohlaydi.

Kesh xotira bizlarga ushbu muammoni yechishga yordam beradi

R uxsatnoa vaqti









Kesh xotira bu 2 turdagi xotira qurilmaning o`zaro ishlashini tashkillashtirish usuli, agarda ushbu xotiralar ruxsatnoma vaqti va ma’lumotlar saqlash vaqti bilan bir – biridan farq qilsa kesh o`rtacha vaqtini kamaytirib beradi. Bunga sabab tezkor xotira qurilmaga ma’lumotlarni dinamik xolatda nusxalashdir. Odatda tezligi past xotirada olingan ma’lumotlarni kesh xotirada nafaqat 2 tur xotira qurilmani ishini tashkillashtirish usulini balki tezkor xotira qurilma deb ataydilar. Kesh xotira qurilma odatda qimmatbaho qurilma va kichkina ma’lumot hajmga ega. (4 Mb)

Kesh xotirani qo`llash mexanizmi oddiy foydalanuvchi uchun shaffof, demak kesh xotira ma’lumotlarni ishlatish chastota haqida hech qanday axborotni hech qaysi qurilmaga o`tkazmaydi va hech qaysi turdagi xotira qurilmaga ushbu ma’lumotni o’tkazmasligi shart.

Kesh xotirali tizimlarda operativ xotiraga har bir so`roq keltirilgan algoritm bilan bajariladi. Kesh xotirasi jamlanmasi kerakli ma’lumotlar kesh xotirada bor yo`qligini tekshiradi, shu sababdan kerakli ma’lumotlar qidiruvi operativ xotirani adresi ustun yacheykalaridan qarab chiqiladi. Agarda kerakli ma’lumot kesh xotirada bo`lsa ular o`qib olinadi va natijasi protsessorga o`tkaziladi. Agar kerakli ma’lumotlar bo`lmasa ushbu ma’lumotlar adresi bilan birga operativ xotiradan kesh xotiraga ko`chirilib olinadi va so`roq bajarish natijalari protsessorga o`tkaziladi. Agarda kesh xotirada bo`sh joy yo`q bo`lsa shu xotiradan oxirgi vaqt mobaynida eng kam murojaat qilingan ma’lumotlar tanlab olinadi va xotiradan chiqariladi, lekin agarda ushbu chiqarilgan ma’lumotlar kesh xotirada joylashgan paytida o’zgartirilgan bo’lsa ular operativ xotiraga ko’chirib olinadi. Agarda ushbu ma’lumotlar o’zgartirilmagan bo’lsa ushbu kesh xotiraning joyi bo’sh deb e’lon qilinadi.

Amalda kesh xotirada bitta ma’lumot element o`qib chiqiladi.

t = t1 ( (1 – p) + t2(p) )

t1 – bu umumiy o`rtacha ma’lumotlarga ruxsat olish tezligi (ОЗУ)

t2 – bu kesh xotiraga ruxsatnoma vaqti

t2 < t1

t – kesh xotirali tizimning ruxsatnoma olish o`rtacha vaqti

p – ushbu ma’lumot keshda joylashganlik ehtimolligi.

To`liq ehtimollik yuqoridagi formuladan topiladi

Ushbu formula bo`yicha o`rtacha ma’lumotga ruxsatnomani vaqti agar kesh xotirali bo`lsa aniq va chiziqli keshda ma’lumotni tushish va asosiy xotira qurilmaga o`rtacha ruxsatnoma vaqtiga bog`liq. Real tizimlarda kerakli ma’lumotdan keshda joylashgan ehtimollik, p = 0,9. Ushbu ehtimollikning real tizimlarda shunchalik katta qiymati sababi u har bir ma’lumotda ob’yektiv xususiyati: ushbu xususiyatning nomlari fazo va vaqtli lokalligi.


  • Fazo lokallik xususiyati agarda ma’lum bir adressga murojaat qilingan bo`lsa demak yaqin vaqt orasida qo`shni adresslarga murojaat qilish ehtimolligi oshadi.

  • Vaqt lokalligi. Agarda ma’lum bir adressga murojaat qilingan bo`lsa demak ushbu adressga yaqin vaqt orada qayta murojaat qilish ehtimolligi ortadi

Yuqorida keltirilgan xulosalar boshqa xotira qurilmalar juftligiga ham mosdir.

Elektron disk bilan ma’lumot almashinish tezligini oddiy qattiq disklarga nisbatan katta. Shu sabab ishlash koeffitsienti oshishi mumkin.



To’g’ri ruxsatnoma DMA(Direct Memory Access)

Har bir tizimli qurilma agarda xotiraga to`g`ri ruxsatnomaga ega bo`lsa kerakli vaqtda adress va ma’lumotdan blokning hajmi bilan so`roq yuborishi mumkin. Hamda boshqaruv signallari ham yuboriladi. DMA lar bo`yicha xotiraga bir nechta qurilma ruxsatnomalarga ega bo`lishi mumkin.(masalan: protsessor, video karta, qattiq disk)
Download 262 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish