Segmentli va segment – sahifali xotira. Xotiralarni boshqarishni yana ikkita sxemasi mavjud: segmentli va segment-sahifali. Segmentlar sahifalardan farqli ravishda o‘zgaruvchi o‘lchamga ega bo‘lishadi. Xotirani segmentli tashkil etishda virtual adres, dasturchi uchun ham, operatsion tizim uchun ham ikki o‘lchamli bo‘ladi va ikki maydondan: segment tartib raqami va segment ichidagi joy raqamidan iborat bo‘ladi.
Aytib o‘tish lozimki, tasvirlash qulay bo‘lishi uchun OT yordamida chiziqli adres ikki o‘lchamlilikka keltirilgan sahifali tashkil etishdan farqli ravishda, bu erda adres ikki o‘lchamliligi foydalanuvchini jarayonni baytlarning chiziqli massivi ko‘rinishida emas, balki o‘zgaruvchi uzunlikdagi segmentlar to‘plami ko‘rinishida tassavur qilish natijasidir (ma’lumot, kod, stek,…).
Quyi bosqichdagi dasturlash tillarida dastur tuzuvchi dasturchilar segmentli struktura haqida bilishlari lozim. Bunda segment registralarini o‘zgartirishga olib keladi. Mantiqiy manzillar maydoni – segmentlar yig‘indisi. Har bir segment ismga, o‘lchamga va boshqa parametrlarga ega. Dasturchi bitta manzil beradigan sahifalarning nomeriga bo‘linadigan sahifali sxemalardan farqli ravishda segmentli strukturada manzil ikkita o‘lchamdan iborat bo‘ladi.: segment nomi va joy o‘zgarishi.
Har bir segment – 0 dan boshlanadigan manzillarning to‘g‘ri chiziqli ketma-ketligidir. Segmentning maksimal razmeri protsessorning razryadi bilan aniqlandi. (bunda 32 razyadda manzillashda 232 bayt yoki 4 Gb). Segment manzili dinamik ravishda o‘zgarishi mumkin(masalan stek segmenti). Segmentlar jadvalining elementida segment boshlanishi fizik manzilidan tashqari odatda segment uzunligi ham beriladi.
Fayllarni boshqarish tizimlari, ko‘pgina zamonaviy OT larning asosini tashkil etadi. Masalan, UNIX OT i, fayl tizimisiz ishlamaydi, unda fayl tizimi asosiy tushunchalardan biridir. Hamma zamonaviy OT lar fayllardan va ular bilan ishlash uchun mos dastur ta’minotidan foydalanadi. Gap shundaki, birinchidan, fayl tizimi orqali ma’lumotlar bo‘yicha ko‘pgina ishlov beruvchi dasturlar bog‘lanadi. Ikkinchidan, bu tizim orqali disk makonini markazlashtirilgan holda taqsimlash va ma’lumotlarni boshqarish muammolari echiladi. Va nihoyat, foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlariga murojaat qilishning oson usullariga ega bo‘ladilar, bu ma’lumotlarni, tashqi xotira qurilmalarida joylashtiradilar.
Turli OT lar va tashqi xotiraning turli qurilmalari uchun yaratilgan ko‘pgina fayl tizimlari mavjuddir. Ularda, mos ravishda ma’lumotlarni joylama (nositel) da joylashtirishning har xil prinsiplaridan foydalaniladi. Biz, FAT, FAT 32 va NTFS fayl tizimlari bilan tanishamiz. Ayniqsa, hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan fayl tizimi bilan – NTFS bilan tanishish muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |