Kompyuterlarni bir-biriga ulash. Fayllarni Norton Commander yordamida uzatishni tashkil qilish uchun kompyuterlarni bir-biriga ulash kerak. Ansixron ketma-ket kelgan portlar (COM1 - COM4)ni bir-biriga ulash maxsus (nol modeli) kabel yoki bir juft sim bilan, parallel portlarni esa maxsus kabel bilan ulash mumkin. Shuni ta’kidlashimiz kerakki, ulashni kompyuterlarni o‘chirib turib amalga oshirish kerak. Bundan keyin esa:
• har ikkala kompyuterda Norton Commanderni ishga tushirish;
• ikkala kompyuterda F9, L yoki R tugmachalarini keyin esa K tugmachasini bosish kerak.
Kompyuterlarda ulanishning parametrlari haqida so‘rov paneli paydo bo‘ladi. So‘rov rejimlari o‘rtasida harakatlanish uchun kursorni boshqarishning “”, “” tugmachalaridan foydalanish kerak. Ulanish rejimlarini o‘rnatish "Bo‘sh joy" tugmachasini bosish bilan amalga oshiriladi. "Master" va "Slave" rejimlari quyidagi mazmunga ega:
"Master" – kompyuter qurilmaga boshliq, ya’ni foydalanuvchi kompyuterlar ulanib bo‘lingach, bir kompyuterdan ikkinchisiga fayllarning nusxalarini ko‘chirishi, boshqa kompyuterda fayl va kataloglar yaratish, ularni qayta nomlash hamda o‘chirib tashlash mumkin bo‘ladi;
"Slave" – kompyuter qo‘shilmaga bo‘ysunuvchi bo‘lib hisoblanadi, ya’ni u faqat boshqa kompyuterning buyruqlarini bajaradi, xolos.
Rejimlarni o‘rnatib, "Link" yozuvini ajratish va "Enter" tugmachasini bosish kerak. Ikkala kompyuterda aloqa o‘rnatish jarayoni bajarilgandan keyin kompyuterlarni ulanishi o‘rnatib bo‘linadi. Bunda kompyuterlardan birida "Master" ("bosh") ikkinchisida esa "Slave" ("bo‘ysunuvchi") rejimi tanlanishi kerak. Boshqa kompyuterning ulanishga tayyor bo‘lishini kutish paytida ekranda tegishli xabar (Waiting to connect...) ko‘rinib turadi.
Kompyuterlar ulanib bo‘linganidan so‘ng bosh kompyuterning foydalanuvchisi Norton Commander yordamida bosh kompyuterdan fayllarning nusxalarini ko‘chirib bo‘ysunuvchi kompyuterga yuborishi va teskarisini amalga oshirishni, bo‘ysunuvchi kompyuterda fayllar hamda kataloglar yaratish, ularni qayta nomlashi, chiqarib tashlashi, shuningdek, bo‘ysunuvchi kompyuterdagi fayllarning tashqi belgilari (atributlar)ni o‘zgartirishi mumkin. Bunda Norton Commanderning so‘rovlarida ushbu fayl yoki katalog bo‘ysunuvchi kompyuterda joylashganini ko‘rsatish uchun fayl va kataloglarning nomlari oldiga "Link:" yozuvini qo‘shish mumkin.
Bo‘ysunuvchi kompyuterda fayllarni ko‘rib chiqish va tahrir qilish qo‘llab-quvvatlanmaydi.
Siz o‘zingizni qiziqtirgan fayllarning nusxalarini o‘z kompyuteringizga ko‘chirishingiz va o‘sha erda tahrir qilinishingiz mumkin. So‘ngra zarur bo‘lib qolsa, fayllarning tuzatilgan nusxalarini bo‘ysunuvchi kompyuterga qaytarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |