Fayllarni o‘chirish.
Fayllarni olib tashlash uchun del buyrug‘i mavjud. Buyruqning formati quyidagicha:
Del [diskovod:] [yo‘l\] faylning nomi
Faylning nomida * va ? simvollarini qo‘llash mumkin.
Misollar:
Del *.bak - joriy katalogdan kengaytmasi bak bo‘lgan hamma fayllarni o‘chiradi;
Del paper.doc - joriy katalogdan paper.doc faylini o‘chiradi.
Agar siz katalogdan hamma fayllarni, masalan, del *.* buyrug‘i yordamida olib tashlashni xohlamasangiz, unda DOS sizdan Are you Sure (Y|N) ? (Siz bunga aminmisiz?) deb so‘raydi.
Fayllarni olib tashlash uchun Y va Enter tugmachalarini bosish, buyruqni bekor qilish uchun esa N va Enter tugmachalarini bosish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |