Format konfiguratsiyasi - fayllar va kataloglardan nusxa olish (Copy), ularni jo‘natish (Move) va o‘chirib tashlash (Delete), kataloglarni barcha ostki kataloglar bilan o‘chirib tashlash va Norton Commanderdan chiqish (Exit)ni tasdiqlashga so‘rov chiqarishni belgilash yoki bekor qilish.
Arxivlash - fayllarni arxivga joylashtirayotganda sukut saqlash bo‘yicha (Automatically Select best method) maksimal arxivlash darajasi bilan (Create smallest fill) yoki eng tez arxivlash bilan qabul qilinayotgan hujjatlarni arxivlash usulini tanlash, shuningdek, arxiv fayllari bilan ishlashda parolni so‘rashni belgilash yoki bekor qilish (Confirm with password).
Avtomenyu - Norton Commander ishga tushirilayotganda ekranga foydalanuvchi menyusi chiqadi, foydalanuvchi menyusining ("F2" tugmachasini bosib kiritiladigan) buyruqlarini bajarib bo‘lingach, ekranga yana foydalanuvchining menyusi chiqadi. Bu rejimda foydalanuvchining menyusidan chiqish uchun "F10" yoki "Esc" tugmachasini bosish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |