Ma’lumotlarni uzatish tezligi. Kompyuterlar ketma-ket joylashgan portlar orqali ulanganida fayllarni bir kompyuterdan ikkinchisiga ko‘chirib yozish jarayoni disketadan foydalanib ko‘chirilganidan ko‘ra 2-3 marta tezroq o‘tadi. Parallel ulangan portlar orqali ko‘chirilganida esa jarayon tezligi 10-20 martaga oshadi.
Kompyuterlarni bir-biridan uzish. o‘zaro ulangan kompyuterlarni bir-biridan uzish uchun bosh kompyuterda yana "F9", "L" yoki "R" keyin "K" tugmachalarini bosish kerak. Norton Commander Close Commander Link (kompyuter aloqalari tugatilsinmi?) so‘rovini chiqaradi. Unga javoban "Enter" tugmachasini bosish kerak. Aloqani bo‘ysunuvchi kompyuterda ham, Ctrl+Break tugmachasini bosib tugatish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |