Uchinchi davr (1965-1980 yillar): Hisoblash mashinalari rivojlanishida keyingi muhim davri shu yillarga to’g’ri keladi. Bu vaqtda, texnik bazada quyidagi o’zgarishlar yuz berdi: alohida yarim o’tkazgich elementlardan (tranzistor tipidagi) integral mikrosxemalarga o’tildi, bu esa yangi uchinchi avlodga, yangi imkoniyatlar yaratdi. Bu davrning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, integral mikrosxemalarda yaratilgan birinchi dasturiy-mutanosib mashinalardir, ya’ni IBM/360 mashinalari seriyasidir. 60- yillar boshida yaratilgan bu mashinalar oilasi ikkinchi avlod mashinalaridan baho, unumdorlik ko’rsatkichi bo’yicha oldinga anchagina o’tib ketdi.
Bu avlodning eng katta erishgan yutuqlaridan bir multidasturlashni amalga oshirishdir.
Multidasturlash – bu hisoblash jarayonning tashkil qilish usuli bo’lib, bitta prostessorda navbat bilan bir nechta dastur bajariladi.
MD xususiyatlari
Ximoya mexanizmini amalga oshirish.
Uzilishlar mavjudligi.
Arxitekturada parallelizmni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |