3-Maruza.
OPERATSION TIZIM QURISH TAMOYILLARI BOSHQALAR.
OT LARNING RIVOJLANISh BOSQIChLARI
Reja:
Hisoblash tizimi evolyutsiyasi.
OT larning rivojlanish bosqichlari
OT imkoniyatlari asosan nima bilan belgilanadi.
Hisoblash tizimini mavqeini asosan uning OT belgilaydi. Shunga qaramasdan, hisoblash tizimidan faol foydalanuvchilar, ko’pincha, unga tarif berishda anchayin qiynaladilar. Bu narsa, qisman, OT bir-biri bilan unga bog’liq bo’lmagan ikkita funktsiyani bajarishi bilan bog’liqdir: bu foydalanuvchiga, dasturchiga kengaytirilgan, virtual mashina imkoniyatini yaratish bilan qulaylik yaratish va ikkinchi kompyuterning resurslarini ratsional boshqarish bilan undan samarali foydalanishni oshirishdir.
OT rivojlanish bosqichlari.
Birinchi davr (1945-1955 yillar). Hammaga malumki, kompyuter ingliz matematigi Charlz Bebich tomonidan 18-asr oxirida kashf etildi. Uning “analitik mashina”si haqiqatda ishlay olmadi, chunki u vaqtdagi texnologiyalar hisoblash texnikasi uchun zarur bo’lgan aniq mexanika detallarini tayyorlash bo’yicha zarur talablarni qondiradigan texnologiyalar mavjud bo’lmagan. Yana eng asosiy narsa, u vaqtda kompyuter operatsion tizimga ega bo’lmagan.
Raqamli hisoblash mashinalarini yaratishda, ikkinchi jahon urushidan keyin malum progress-rivojlanish yuz berdi. 40 yillar o’rtalarida 1-chi lampali mashinalar yaratildi. U vaqtda ayni bir guruh mutahassislar hisoblash mashinalarini ham loyihalashda, ham ekspluatatsiya qilishda va dasturlashda ham shu gurux mutahassislari ishtirok etganlar. Bu jarayon ko’proq, kompyuterdan instrument-uskuna sifatida turli amaliy sohalar masalalarini echishda foydalanish emas, balki hisoblash texnikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishiga yaqinroq edi.
Dasturlash faqat mashina tilida amalga oshirilar edi. OT to’g’risida gap ham yo’q edi, chunki hisoblash jarayoni tashkil qilish masalalari, har dasturchi tomonidan boshqaruv pulti orqali “qo’lda” echilar edi.
Pult oldida faqat bitta foydalanuvchi o’tirish mumkin edi. Dastur mashina xotirasiga eng yaxshi xolatda perfokarta kolodasidan kiritilar edi, odatda esa o’tkazish paneli (panel pereklyuchateley) yordamida yuklanar edi.
Hisoblash tizimi bir vaqtning o’zida faqat bitta operatsiyani (kiritish-chiqarish yoki hisoblashlar) bajarar edi. Dasturni sozlash boshqarish panelidan xotira va mashina registri xolatini o’rganish yordamida olib borilar edi. Bu davr oxirida birinchi tizimli dasturiy taminot yuzaga keldi; 1951-1952 yillar simvolli tillar (Fortran va boshq) dan birinchi kompilyatorlar versiyalari yuzaga keldi, 1954y esa IBM-701 uchun Assembler ishlab chiqildi.
Vaqtning eng ko’p qismi dasturni ishga tushirishga ketib qoldi, dasturlarning o’zi esa qatiy ravishda ketma-ket ishlov berish rejimi deb ataldi.
Xulosa qilib aytganda, birinchi davr, hisoblash tizimlarining yuqori narhi, ularning soni kamligi va foydalanishning past samarali bilan belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |