Reja:
1. Berilganlar segmenti.
2. Bo’linmas stek segmenti.
3. Masalani bog’lanishini boshqarish.
4. Matematik ta’minot resurslari.
5. Kompyuterning ishonchliligini ta’minlash.
6. Resurslar taqsimoti.
Operatsion sistema
Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari yaratilish tarixiga nazar
solsak, sakkiz razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan birinchi operatsion
sistema
CP/M
– 80 (Controll Programm for Microcomputers, ya’ni
mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nom bilan tanigan. Uning
muallifi Digital Research kompaniyasining prezidenti Geri Kildell bo’lgan.
16 razryadli yangi kompyuterlar yaratish g’oyasini dasturlar yaratuvchi
Microsoft (Maykrosoft) kompaniyasining asoschisi va prezidenti, multimilliarder
Bill Geyts ilgari surgan, u IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo’ladi.
Bill Geyts va Pol Allen BASIC dasturlash tili uchun tarjimon dastur yozishdi
va u IBM firmasining MITS Altair kompyuteriga moslashtirildi. Shundan so’ng, 16
razryadli kompyuterlar uchun operatsion sistemalar yaratish jadallashdi va 1981 –
yilda shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yaratilgan CR/M operatsion
sistemasining ko’p g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan MS DOS (Microsoft Disk
Operation system – Maykrosoft diskli operatsion sistemasi) operatsion sistemasi
1981 yil avgust oyida paydo bo’ldi. MS DOS 64 K bayt xotiraga ega bo’lgan
kompyuterlarga mo’ljallangan bo’lib, o’zi 8 K bayt xotirani egallar edi. O’sha
paytda yetarli deb hisoblangan bunday kompyuter xotirasi hozirgi paytda bir
“o’yinchoqqa” aylandi. Chunki hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining xotirasi
bir necha Gegabaytlarga tenglashdi.
Mualliflar MS DOS ni rivojlantirishni davom ettirib, uning MS DOS 1.1, MS
DOS 1.25, MS DOS 2.0, MS DOS 2-11 versiyalarini taklif etishdi va nihoyat, 1984
yilda MS DOS 3.0 IBM PC AT shaxsiy kompyuteriga 80286 mikroprotsessorga
asoslangan, 5.25 dyumli diskavodda ishlashga mo’ljallangan operatsion sistema
yaratildi. 1986 yilda Compaq computer firmasi 80386 mikroprotsessorga asoslangan
IBM kompyuterini chiqardi.
IBM firmasi esa 80386 mikroprotsessorga asoslangan PC/2 (Personal system –
shaxsiy sistema) kompyuterini yaratdi. Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan
kompyuter nazariy jihatdan bir necha Gegabayt xotiraga ega bo’lishi mumkin edi.
Shuning uchun MS DOS sistemasini kengaytirish ishlari davom etardi va 1987 yil
MS DOS 3.3 yaratilib, u 3.5 dyumli, ya’ni 1,44 mbaytli disklar bilan ishlash
imkoniyatini berdi. 1987 yili IBM va Microsoft firmasi tomonidan bir vaqtda bir
necha masalalar yechishga qodir bo’lgan OS/2 operatsion sistemasi ishlab chiqildi.
Ammo u keng tarqalmadi. Chunki o’sha paytda MS DOS 3.3 ning imkoniyatlari
ko’pchilikni qoniqtirar edi. Hozirda bizga keng tarqalgan WINDOWS, UNIX,
LINUX operatsion sistemalaridan keng foydalanayotgan bo’lsak-da, MS DOS o’z
kuchini yo’qotdi deya olmaymiz.
MS DOS va uning qobiq dasturi hisoblangan Norton Commander sistemalari
turli klavishlari kombinatsiyasidan iborat. Buyruqlar bilan ishlashga mo’ljallangan
bo’lishiga qaramay, foydalanuvchilar uchun qulay hisoblanadi.
Operatsion sistema funksiyalari
Agar “operatsion sistema” (OC) tushunchasini qisqacha izohlasak, bu
boshqaruv dasturidir. OC bu – kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini
taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo’linadi. Fizik
resurslar bu :
- Xotira ;
- Vinchester;
- Monitor;
- Tashqi qurilmalar va shu kabilar.
Dasturiy resurslar bu:
- Kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;
- Kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar;
- Berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar;
- Driverlar;
- Vertual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va
shu kabilardir.
Dasturlash sistemasi – dasturlash tillari va ularga mos til protsessorlari
majmuasidan iborat bo’lib, dasturlarga ishlov berish va so’zlashni ta’minlovchi
dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlash sistemasining tashkil qiluvchilar (dasturlar)
amaliy dasturlar to’plami singari OC boshqaruvi ostida ishlaydi. Kompyuter
resurslari OC boshqaruvi ostida bo’ladi. OC ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni
boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad
foydalanuvchiga kompyuterdan effektiv foydalanish bilan birga resurslarni
boshqarish tashvishidan ozod qilishdir.
OC lardan quyidagi hususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi:
1.
Ishonchlilik. OC o’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli
bo’lishi kerak. OC foydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlashi,
uni tahlil qilishi va tiklash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. OC foydalanuvchining
o’zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech bo’lmaganda dasturiy muhitga
keltiriladigan zararni minimumga olib kelishi kerak.
2.