Effektiv joylashtirish. Berilganlarni qay tartibda joylashtirish sistemasini mukammal ishlashiga omil bo’ladi. Berilganlar pog’ona – pog’ona joylashtiriladi. Bunda ko’p ishlatiladigan berilganlar oldingi “fon”da, kamroq ishlatiladiganlar esa keyingi bo’limlarda joylashtiriladi. Albatta, joylashtirishda ikkita berilganlar majmuasi o’rtasida bo’sh joylar qoldirmaslikka harakat qilinadi. Berilganlar majmuasi orasida bo’sh joy hosil bo’lishi mumkinmi? Ha, mumkin. Bu berilganlarning saqlanishining ichki tuzulishidan kelib chiqadi. OC berilganlarni effektiv joylashtirishi uchun shunga o’xshash holatlarni hisobga olgan holda joylashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |