Command.Com
Spartak.Bat
Prog.Bas
Misol.Txt.
Bu yerda Command, Spartak, Prog va Misol lar fayl nomlari, Com, Bat, Bas va Txt lar esa fayl kengaytmalaridir. Aslida fayl nomida fayl kengaytmasi bo`lishi shart emas. Agar u bor bo`lsa, mazkur faylning xususiyatini aniqlaydi va foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi. Har bir faylni tashkil qilayotganda yoki uning tarkibida o`zgartirishlar qilinganda, avtomatik ravishda SHK tomonidan sana va sistemadan olingan vaqt fiksirlab boriladi.
Fayl atributlari deb, katalogda belgilab borilayotgan fayl nomi, turi, sanasi va vaqtiga aytiladi.
Fayl nomi, uning hajmi, oxirgi marta yozilish sanasi va vaqti, atributlari haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi diskdagi maxsus joyga katalog deb aytiladi. Katalog ham fayl singari nomlanadi. Ammo kengaytma ishlatilmaydi. Har bir diskda bir nechta katalog bo`lishi mumkin. Katalog ichida yana katalog joylashgan bo`lsa, u holda biri ikkinchisiga nisbatan ichki yoki tashqi katalog sifatida nomlanadi. Ixtiyoriy diskda bosh yoki tub katalog bo`lib, unda boshqa barcha fayl va kataloglar bosqichma-bosqich joylashgan bo`ladi. Masalan:
C:
I——Doc
I
I——NC
I
I——Windows
I I——Biofak
I——User ——Falsafa
I I——Mexmat
I
I——A.Txt
I ——Command.som
Bu yerda ko`rinib turibdiki, bosh katalogda Doc, NC, Windows va User qism kataloglari bo`lib, shu bilan birga A.txt va Command.com degan fayllar ham joylashgan. USER katalogida esa yana Biofak, Falsafa va Mexmat kabi qism kataloglar keltirilgan.
Joriy disk/katalog deb ayni shu vaqtda ishlanayotgan disk/katalogga aytiladi. Berilayotgan ixtiyoriy DOS buyruqlari (Faylni hosil qilish, o`chirish, izlash kabilar) aynan shu joriy disk/katalogda amalga oshiriladi. Joriy bo`lmagan disk/katalogdagi fayl ustida ish olib borish uchun uning joylashgan joyi, ya'ni faylning to`liq nomi ko`rsatilishi lozim.
Ma'lumki, MS DOS operatsion sistemasi shaxsiy kompyuter ishga tushirilishi bilanoq, avtomatik ravishda kompyuter xotirasiga yuklanadi. Ba'zi bir hollarda, jumladan, kompyuter osilib qolganda, ya'ni ixtiyoriy klavishacha bosilganda ham, shaxsiy kompyuter «chiyillagan» tovush chiqarishdan nariga o`tmasa, OS qaytadan yuklanadi. Bu esa ctrl, alt va del klavishachalarini birdaniga bosish yo`li bilan amalga oshiriladi. Yuklash jarayoni muvaffaqiyatli tugallansa, ekranda c:\_ ko`rinishidagi taklif belgisi chiqadi. Bunday belgi joylashgan satrga buyruq satri deyiladi va klaviaturadan kiritiladigan barcha buyruqlar aynan shu satrda yoziladi.
MS DOS da ixtiyoriy buyruqni bajarish umumiy holda quyidagicha yoziladi: buyruq nomi Enter.
Do'stlaringiz bilan baham: |