Telefon aloqa
Telefon aloqa eng keng tarqalgan tezkor ma`muriy-boshqaruv aloqa turidir. Telefon aloqa tarmog`ining abonentlari ham jismoniy shaxs, ham xo`jaliklardir. Telefon aloqa firmalarda, ofislarda va sh.o`. muhim rol o`ynaydi. Demak, ko`pchilik firmalar uchun telefon o`ziga xos tashrif qog`ozi hisoblanadi, chunki buyurtmachilar va hamkorlar bilan birinchi muloqat telefon orqali amalga oshiriladi. Ulanish qulayligi va telefonning servis imkoniyatlari (ular esa ko`pincha ofis ATS bilan aniqlanadi) firmaning salobati to`g`risida birinchi tasavvurlarni shakllantiradi, bu esa juda muhimdir.
Lekin hamma ham telefon tizimlarining imkoniyatlari telefon aloqa tizimining o`z abonentlariga ko`rsatadigan va ko`rsata olishi mumkin bo`lgan servis xizmatlari to`g`risida bilavermaydi. Bu hamma servis xizmatlar hozirgi zamonda 600 nomdan ko`proq bo`lib ularni sanab o`tishning imkoni yo`q, lekin ularning ba`zi birlari bilan qisqacha tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |