Opera janrining vujudgakelishi va rivojlanishi


M.RAVEL MUSIQIY IJODIYOTINING AHAMIYATI



Download 11,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/129
Sana31.12.2021
Hajmi11,92 Mb.
#277163
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   129
Bog'liq
musiqa tarixi maruza matni (1)

M.RAVEL MUSIQIY IJODIYOTINING AHAMIYATI 
M.Ravel ijodidagi impresionistik estetikaga bo`lgan o`ziga xos urunishlar  
ijodining ko`p janrligi 
Dafnio va Xloya baleti estetik yo`nalishi 
M.Ravelning  Bolero va Ispan rapsodiyasi 
M.Ravelning fortepiano ijodi  
 
M. RAVEL IJODI ( 1875-1937) 
M. Ravel ijodi Frantsuz musiqa san’atida yorqin va o`ziga xos xususiyatga ega.  M. 
Ravel  K.  Debyussi  ijodining  va  an’analarining  davomchisi  sifatida  yevropa  musiqa 
tarixida o`z o`rniga ega. Uning ijodi turli oqim va musiqiy yo`nalishlarga qarama-qarshi 
turdi.  Chunki  1910-1920  yillarda  modernizm,  ekspressionizm  kabi  yo`nalishlar  paydo 
bo`la boshladi. Klassik musiqa san’ati va adabiyotiga  muhabbatni butun umri davomida 
Ravel  saqlab kelgan. U o`z ijodida impressionistik yo`nalish bilan bir qatorda, polifonik 
va  garmonik  yo`nalishlar  an’analarini  puxta  o`rgangan  xolda  o`z  ijodida  mujassam 
qilgan.U o`z asarlarida menuet, tokkato, pavana kabi musiqiy janr turlarini qo`llaydi. 
Biroq  Rovel  stilni  takrorlashga  qo`l  urmagan,An’anaviy  musiqiy  janrga  muroajat 
etar  ekan  uni  yangicha  mazmunda  talqin  etardi.  Antik  mazmun  bilan  klassik  musiqa 
an’analarini  bog’`lagan  xolda  yorqin  psixologik  mavzudagi  va  mazmundagi  musiqa 
yaratgan.     
M.  Ravel  1875-yilda  Frantsiyaning  Siburg  shahrida  tug`ilgan.  Yetti  yoshida  M. 
Ravel  musiqaga qiziqadi va kichkina pe’ssalar fortepiano cholg`usida ijro qiladi. 1889-
yilda  Parij  konservatoriyasiga  o`qishga  kiradi.  Uning  badiiy  qarashlari  turli  davrlarda 
o`zgarib  boradi.  O`qishda  Veber,  Shopen,  List  musiqasiga  keyinchalik  esa  zamonaviy 


165 
 
Frantsuz  kompozitorlari  Erik  Sati  va  E.  Shavrie  ijodi  uning  musiqiy  asarlarida  ta’sir 
ko`rsatgan.  
M.  Ravel  pioninachi  R.Vines  bilan  aloqasi  yangi  uslubdagi  asarlar  yaratishga 
yordam  beradi.  1890-yillarda  “Sevgidan  vafot    etgan  qirolicha”  vokal,  Antik  menuet 
fortepiano uchun “Хabanera” ikki fortepiano uchun asarlarida uning yo`nalishi namayon 
bo`ladi.  1900-1914  yillar  orasida  turli  janrlarda  ijod  etdi.  Opera  “Ispan  soati”(1907), 
balet “Dafnis va Хloya”(1912), “Adelaida”, “Florina uyqusi”, “Ispan rapsodiyasi”(1907) 
-  simfonik  orkestr  uchun.  Torli  kvartetlardan  “Soy  o`yinlari”,(1901)  “Sonatina”(1905), 
“Oqshom  sharpalari”(1908).  Vokal  asarlaridan  “Shaxrezada”(1904),  Ispan,  Frantsuz  va 
Yevrey qo`shiqlari ovoz va fortepiano uchun yozgan. Bu asarlarda uning betakror ijodiy 
yo`nalishi  namayon  bo`lgan.  U  yangi  janrlarni  izlash  bilan  birga  turli  obrazlar  ham 
yaratgan.  
M.  Ravel  1901-yildan  boshlab  katta  Rim  premyasi  uchun  konkursga  qatnashdi. 
1914-yilda  u  Bayan  shaharchasiga  ko`chib  o`tadi  va  birinchi  jahon  urushi  boshlanadi. 
Uning past bo`yi va kichik vazni uchun armiyaga olishmaydi, lekin 1916-yilda urushga 
otlanadi. U yerda o`z vatani va musiqa san’ati rivoji haqida o`ylaydi. Parijdagi “Frantsuz 
musiqasi  himoya  ligasi”  jamiyatini  shakllanishida  ishtirok  etadi.  Bu  davrda  “Trio  lya 
minor” asarini yozadi.  
1918-1930 yillarda M. Ravel ijodining eng cho`qqi davri edi. Olti mashhur Frantsuz 
kompozitorlar jamiyati shakllandi. A.Onegger, F.Pulenk, D. Miyo, L.Dyurey, J.Orik,  
J.Tayefer.  M.  Ravel  bu  davrda  “Balero”  operasi,  fortepiano  kontsertlar  yozadi. 
1917-yil  urush  davriga  bog’`ishlab  “Kuperen  xilkati”,  1919-yil  balet  “Vals”.  1924-yil  
tsiganlar “Rapsodiya”, “Bolalar va ajoyibot” opera balet, 1920-yilda “Balero” opera balet 
yozadi. Hayotining ohirgi davrida 1932-yil Yevropa bo`ylab ijodiy sayohatga chiqadi.  
M.  Ravel  “Janna  d,  Ark”  baletini  yozish  ijodiy  rejasi  tug`iladi,  lekin  avtomobil 
haloqatiga  uchrab  salomatligi  yomonlashadi.  Ohirgi  yillarda  “Don  -Kixod  ”  va  boshqa 
kinofilmlarga  kino  musiqa  yozadi.  1933-1935  yillarda  Shveytsariya,  Ispaniya  va 
Marokkoga safar qiladi. 1937-yil 28-dekabrda operatsiyadan keyin vafot etadi. 

Download 11,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish