Mavzu № -9 FERENTS LIST IJODI
(22.X.1811,d.Doborn’ya, Safron yaqinida. Vengriya-31.VII.1886,
Bayreyt, Germaniya)
Reja :
1.List hayot yo`llari
2.List ijodiyoti
3.List ijodida “sargardonlik yilllari”
XIX-asrning yirik kompozitori pionist, dirijor va musiqiy jamiyat arbobi Venger
xalqining milliy g`ururi.F.List hayoti va tagdiri murakkab bo`lib, ijodining asosiy davrini
Germaniya va Frantsiyada o`tkazgan. Faqat umrining oxirida Vengriyada yashagan.
Uning ijodi bu xalqlar madaniyati bilan bog’`liq va bu xalqlar madaniyati uning ijodiga
katta ta’sir ko`rsatgan. 1838-yildagi Vengriyadagi suv toshqindagi Vatan sog`inchi va
istirobidan keyin List shunday xulosa chiqargan: “Bu xis tuyg`u va istiroblar menga
“vatan” so`zini chuqur mazmunini ochib berdi”. F.List hamisha Venger xalqi bilan
130
g`ururlanar va o`zini bu xalq vaqili ekanligini g`urur bilan gapirardi. F.List ijodi
davomida Venger mavzusiga murojaat qilgan.
.
Ferens List 1811-yil 22-oktabrda Doboryan qishlog'ida (Vengriya)dunyoga kelgan.
Bolaligida lo'lilar ohanglari va venger dehqonlariningquvnoq qo'shiqlariga maftun bo'lib
qolgan. Listning otasi, graf Esterxazining katta yer-mulkida boshqaruvchi, havaskor
musiqachi bo'lgan va o'g'lining musiqaga qiziqishini rag'batlantirardi. Aynan u bolaga
fortepiano chalish asoslarini o'rgatgan.9 yoshida Ferens qo'shni Shoprone shaharchasida
o'ziningbirinchi konsertini beradi. Tez orada u Esterxazining ajoyib qasriga taklif etiladi.
Bolakayning ijro mahorati graf mehmonlarini shunchalik hayratlantirdiki, bir nechta
zodagonlar Listning musiqiyta'lim olishi uchun pul to'lash istagini bildirishdi. Ferensni
Venaga yuborishdi, u yerda kompozitsiyani A. Salyeridan va fortepianoni Yevropaning
yirik pedagogi K. Chernidan o'rgandi.
. 1820-yilda ular Venaga ko`chib o`tadilar. U yerda tsigan skripkachisi Yanosh
Bihardni ijrosini eshitib hayratlangan. 1823-yilda Avstriya poytaxti Venada List va
Betxovenning uchrashuvi bo`ladi. Betxovenning qulog`i eshitmasada F.Listda buyuk
iste’dod borligini bilib iliq so`zlar aytgan. Venada List ustozlaridan fortepiano bo`yicha
mashhur Karl Cherni, kompozitorlik bo`yicha Antonio Sal’eridan ta’lim olgan.
1823-yilda Parijga keladi va konservatoriyaga o`qishga kirish orzusi ushalmaydi,
chunki chet elliklarga Parij konservatoriyasida o`qish taqiqlangan edi. Bu davrda “Don
Sancho, yoki Sevgi qasri” operasi yoziladi. Angliya, Frantsiya va Shvetsariyalarda
kontsert uyushtiradi. 1827-yilda otasi vafot etadi. 20-30 yillarda kompozitorlar Berlioz,
Poganini, Shopen bilan tanishuv uning ijodiga katta ta’sir o`tkazadi. Parijdan 1835-yilda
Shvetsariyaga ko`chib o`tadi. U davrda grafina Mariya D Agu roman va xikoyalar
yozuvchisini sevadi.
1835-1847 yillarda uning yetuk ijodiy davri va
ko`chmanchilik hayoti boshlanadi. U Yevropa va
butun dunyoda mashhur bo`ladi. Shvetsariya,
Italiyada berilgan kontsertlar va keksa italiyan
maestrolar ijodi bilan yaqinlashish yangi asarlarni
yozishga undaydi. Shunday asarlardan “Sargordonlik
yillari” fortepiano tsiklini yozadi, fortepiano ijrosi
metodikasi kitobi. 1837-yilda mashhur pioninachi
Talbarg bilan musobaqaga boradi va turli shaharlarda
kontsertlar uyushtiradi. 1839-yili Rimda ijrochi
sifatida yakkaxon kontsertini beradi. Kontsert
dasturlaridan keyin 1840-yili Vengriyaga keladi, uni
milliy
qaxramon
sifatida
qobo’l
qilishadi.
Uchrashuvda ijro qilgan “Rakotsi” marshi hammani
hayratga soladi. Vengriya poytaxtida olomon uni
tantanali ravishda kutib oladi va “faxriy fuqora”
sifatida saylashadi.
1842, 43, 47-yillarda Rossiyaga kontsert dasturi
bilan safar qiladi. F.List ijodiy va ijrochilik faoliyati bilan birgalikda jamoa ishlarida ham
qatnashadi. U Betxoven uchun haykal qo`ydirdi.
1848-61 yillarda Vaymer davri List ijodidagi eng cho`qqi pog`on bo`ldi.
Bu davrda o`zining turli janrlardagi buyuk va betakror asarlarini yozadi. “Ishchilar xori”,
“Quvnoq legion” vokal kvarteti, fortepiano uchun “Motom marshi” oxirgi 14 yil ichida
12 simfonik poema, 15 Venger rapsodiya, yuqori malakalai Etud va Pogoniniy
kaprislariga Etudlar yozgan.”Sargardonlik yillari” ikki daftari, simfoniya “Faust”,
“Dante”va boshqa asarlar. Umrining oxirgi davrida Vaymer, Rim va Vengriya
131
shaharlarida yashab ijod qiladi. Bu davrda yosh kompozitor va pioninachilarga yaqindan
yordam beradi. U 337 shogird chiqargan. Bu davrda u rus kompozitorlari bilan
yaqinlashib do`stlashadi. 1875-yilda musiqiy akademiya tashkil qilishda faoliyat
ko`rsatadi. Budapeshtda Venger musiqachilari uchun List stipendiyasi uch yil davomida
belgilanadi. Germaniyada umumnemis musiqa uyushmasi faxriy prezidenti qilib
tayinlaydi. 1886-yil List qattiq shamollab vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |