Opera janrining vujudgakelishi va rivojlanishi


Mavzu № -«Oydin» sonatasi. op. 27, cis-moll



Download 11,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/129
Sana31.12.2021
Hajmi11,92 Mb.
#277163
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   129
Bog'liq
musiqa tarixi maruza matni (1)

Mavzu № -«Oydin» sonatasi. op. 27, cis-moll 


92 
 
«Oydin»  sonatas!  Betxovenning  eng  ilhombaxsh,  shotrona  vaoriginal  asarlari  sirasiga 
kiradi, uni  Betxovenning zamondoshi-shoir Ludvig Relshtab shunday  nom bilan atagan. 
Sonatani ilkbor tinglagan shoir Shveysariyaning Fivalshtet ko'lidagi ajoyib,oy nur taratib 
turgan  tunni  tasawur  qiladi.  Biroq,  shoir  ushbuulug'  asarning  faqatgina  tashqi  taraflarini 
ilg'ab olgan edi, xolos. 
Aslida  tabiat  manzaralari  ortida  insonning  shaxsiy  dunyosi  -  mujassam,osoyishta 
tafakkurdan 
to 
juda 
ham 
begonalashib 
ketishgachabo'lgan 
holat 
ochib 
berilgan.Betxovenning  tarjimayi  holini  tuzuvchilar  «Oydin»  sonatasining  mazmunini 
kompozitorning Julyetta Gvichchardiga bo'lganbaxtsiz muhabbati bilan bog’lashadi, zero, 
bu asar unga bag'ishlangan.Lekin sonataning mazmuni tor shaxsiy kechinmalarganisbatan 
ancha  kengdir.  Kompozitor-romantiklar  ijodi  uchunnamuna  bo'lib  xizmat  qilgan  bu 
asarni yaratishga kompozitorninghissiyotlari turtki bo'lgan bo'lishi mumkiri. 
        Betxoven  o'z  sonatasini  «Sonata  quasi  una  fantasia*  (fantaziyaga  o'xshash  sonata) 
deb  atadi,  bu  bilan  erkin  tuzilganishni  ta'kidlab,  turkum  qismlari  joylarining 
o'zgartirilishini  oqladi.  Umumqabul  qilingan  sonata  allegrosi  o'rniga  Adajio  sadolanadi, 
sonataliqismning  o'zi  esa  finalga  olib  o'tilgan.Sonata  dramaturgiyasi  va  kompozitsiyasi 
asarning  shoirona  fikriva  asosiy  g'oyasi  bilan  bog’langan.  Adajiodan  asta-sekin 
Prestoajitatoga  o'tish  kompozitor  tomonidan  ifoda  etilgan  ruhiy  dramava  his-tuyg'uli 
holatlar  bilan  belgilanadi.  Hissiyotning  g'ussali,  qayg'uli  o'ylardan  shiddatli  faollikka  va 
ochiq  nizoga  o'tishi,  sonata  shaklining  o'zini  birinchi  qismdan  finalga  o'tkazilishini 
oldindan  belgilab  berdi.  Sonataning  birinchi  qismi  bo'lgan  Adajioni  adolatlitarzda  XIX 
asrning  birinchi  noktyurni,  deb  atashadi.  U  preludiyalibadihaliuslubda  bayon  etiladi  va 
Baxning xoral preludiyalariga yaqinturadi. Qayg'uli-ta'sirchan kuy ifodali fon yaratuvchi 
triollar vaorgan baslarining to'xtovsiz harakati ostida sadolanadi. • 
Adagio sostcnuto 
 


93 
 
 
         Adajio  birinchi  bo'limining  qayg'uli  tavsifdagi  deklamatsiyasi  o'rta  bo'limda 
hayajonli  tuyg'ular  va  finalda  ta'sirchan  sadolanish  bilan  almashadi.  Repriza  zichlanib, 
qisqartirilgan  vashu  bilan  u  butun  qism  dinamikasini  kuchaytiradi.  Kodada  keskinlik 
susayadi.  Baslarning  zulmatli  sadolari  ostida  tobora  so'nibborayotgan  kuy  sadolari 
eshitiladi. 
         Ikkinchi  qism  -Allegretto  -orzu-xayolli  birinchi  qismdan  qudratli  fmalga  o'tish 
vazifasini bajaradi. «Oydin» sonatasi Allegrettosihaqida List shunday degan: «Ikki arosat 
orasidagi  gul».Ushbu  qism  murakkab  uch  qismli  shaklda  yozilgan  va  uningmusiqasini 
Shekspirning «Yoz tunidagi tush» asaridan elflar raqsibilan tenglashtiradilar. 
 
Bu  nafasni  qisqa  rostlash  bo'lib,  undan  keyin  dinamikali  sonatashakliga  xos  bo'lgan 
yuqori darajadagi his-tuyg'ular to'libtoshganfinal keladi. 
Uchinchi qism. Presto ajitato. Final sonata shaklida yozilganva butun asarning markazini 
tashkil  qiladi.  Bu  yerda  haqiqiy  drama  boshlanadi,  unda  hayajonli  va  iztirobli  inson 
qalbining  bir  butun  dunyosi  ko’rsatib  berilgan.  Final  mavzu  materiali  Adajio  bilan 
bilvositabog’langan. Adajioasosida  yotgan  yoyilgan holdagi cis-moll uchtovushligi final 
boshpartiyasining o'zagiga aylanadi. 
Presto agitato 
 
Butun  final  davomida  o'tadigan  yagona  ritmik  zarblar  judakatta  hayajon  darajasini  aks 
ettiradi.  Ekspozitsiyaning  so'rigida  biroz  tinchlanish  sodir  bo'ladi.  Rivojlovda  dramatik 
o'sishning  yangi  to'lqini  paydo  bo'ladi.  Dinamiqaning  o'sishi  ekspozitsiyadan 
olinganmavzu  unsurlarining  rivojlantirilishi  hisobiga  ro'y  beradi.  Bosh  partiya 
qisqartiriladi,  yordamchi  partiya  deklamatsiyali  ohanglarni  ta'kidlovchi  alohida  qisqa 
jumlalardan tashkil topadi. 
         Repriza  (takror)  oldidan  organ  punkti  beriladi,  unda  ekspozitsiyaningeng  yorqin 
unsurlari  namoyish  etilgan.  Dinamika  astasekinkamayib  boradi  va  osudalik 
boshlanadi.Repriza  (takror)  lirik  jo'shqinlik  sifatida  qabul  qilinadi,  u  to'satdan  paydo 
bo'lgan quwat bilan to'lib-toshgan. Reprizadan keyinkoda keladi, butun asarning dramatik 


94 
 
kulminatsiyasi  shu  yergato'g'ri  keladi.  O'zining  hajmi  bo'yicha  koda  rivojlovdan  bir 
nechabor katta va u shaklning mustaqil bo'limiga aylanadi. 

Download 11,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish