SKRIPKA CHOLG`USINING TARIXI
Jahon xalqlari musiqa madaniyatida, jumladan, Markaziy Osiyo musiqiy hayotida
cholg`ularning o`z o`rni bor. CKRI’KA va uning oilasiga cholg`ular uzoq tarixga ega
bo`lib, ular asrlar davomida umumjamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida
takomillashib, mukammallashgan shaklda bizgacha yetib keldi.
178
Musiqa cholg`ulari xilma-xil sadolari orqali inson ruhiga ta'sir qiluvchi ilohiy
qudratga ega ekanligi qadimdan ma'lum. Ehtimol, ularning inson hayotiga chuqur kirib
borganligi ham shu sabablidir.
Odamzodning muntazam harakatlari muayyan usuliy tartibni tashkil etganligi
natijasida urma cholg`ularning ‘aydo bo`lishini ta'minlagan deyish mumkin. Lahon
cholg`ulari, sadolari yordamida inson ruhiy olamiga tegishli ta'sir o`tkazib kelingan.
Borliqning insonga ta'sirida insonning ichki ritmik-usuliy harakatlari ham muhim
ahamiyatga egadir.
Bu borada rus olimi N.Eginaning turli asosli qarashlari mavjud. Uning fikricha
«Ritm madaniyati hayot boshlang`ich asoslaridan biri bo`lib, tarbiya jarayonida alohida
o`rin egallaydi. Ritm muayyan shaxsiy yoki jamoaviy harakatlar mukammallashuvining
boshlang`ich nuqtasi hisoblanadi»
V.Surgoutayte sharhida esa: "Ritm – musiqada ma'nodorlik, o`tkirlik, aniqlik,
ta'sirchanlik asosiy vositalaridan biri hisoblanadi", - deyiladi. Etno’sixolog B.Te’lovning
ta'kidlashicha, ritm hissiyoti musiqada ichki a'zolar bilan yondosh aloqadorlikda bo`lsa
ham, u hali musiqaviy usuliy chekinmadan tashkil to’masdan faqatgina uning ‘aydo
bo`lishiga muhim sharoit yaratadi, xolos. Ya'ni, ritm musiqada muayyan his tuyg`u, zavq,
hayajon maromini boshqaruvchi hodisa hisoblanadi. Demak, ritm hissiyoti nafaqat
harakat, balki tabiiy tuyg`ularning mavjudligi bilan ahamiyatlidir. O.A’raqsina ritm
hissiyotini biror bir musiqiy faoliyat [xoh u qo`shiq, xoh cholg`ulardagi ijro yoki musiqa
bastalash bo`lsin] uning amaliyotisiz bo`lishi mumkin emasligini ta'kidlaydi.
A.Nazarovning fikricha, "Ritm - ibtidoiy inson hayotining asosiy qat'iy turkumi bo`lib,
jamoa faoliyatini birlashtiruvchi, unga uyg`unlik bag`ishlovchi yagona vosita
hisoblangan. Ritm – nafaqat ijtimoiy jihatdan eng yuqori oliy shakliy vazifa, balki undan
ham kengroq ma'naviy vazifalarni bajarib, insonni avlodlar ruhi bilan bog’`lovchi muhim
omil hisoblanadi».
Madaniyatning tobora rivojlana borishi natijasida odamzodga "Chapak", «Qars»,
«Te’gi», ijrosi turli xil rasm-rusm, urf-odatlar ifodasi sifatida jalb etilib, bir necha
musiqiy ritmlar negizini tashkil etgan, desa ham bo`ladi. Qars ijrolari yakka, guruhli
tusda, hatto erkaklarning yog`och-tayoq qurollarida, qars - sado chiqarish uslublari turli
xil bahodirona raqslarda ijro maqomini bajarish vazifasini ado etgan. Raqslarda qarsni
ko`’roq ayollar bajarib kelganlar, deyish mumkin. Qars sadosining tabiiy holati, albatta
Ashel davri odamining qo`l cho`qmorlarini bir-biroviga urib, olov chiqarish uslubidan
kelib chiqqan, deb hisoblashgan. Bu misol inson jamiyatining ibtidoiy davrlarida va
ma'naviy maqsadlar va qadriyatlarning sinkretik yaxlit ko`rinishda ekanligidan dalolat
beradi.
R.Abdullaev usul haqida shunday deydi: "Tabiat usuli va koinotiy usullar
yangilanish ramzi bo`lib, inson o`z urug`ini faoliyatidan kelib chiqqan xolda abadiy
davom ettirishda jonli vosita bo`lib xizmat qiladi". Ta'kidlash joizki, R.Abdullaev
Markaziy Osiyo musiqiy usullari milliy va mahalliy uslublardagi an'analarga tayangan
xolda usul haqida o`rinli ilmiy fikr yuritgan. Bu fikrning isbotini, ya'ni usullarning
yangilanishini hozirgi zamon doyrachilar dastasi faoliyatida yaqqol ko`rish mumkin.
Ma'lumki, Markaziy Osiyo xalqlari orasida eng qadimgi va keng tarqalgan urma
cholg`ulardan biri nog`oradir. Bu cholg`uning asta-sekin Mazkur xalqlar, ularning qavm
va qabilalari orasida ‘aydo bo`lib, tarqalib ketishida ayollarning o`rni va xizmati katta
bo`lgan. Ular «Muste» davrida g`orlar ichida yashab, o`z uy yumushlarini shu yerning
o`zida bajarishgan. Ayollar cholg`u yasash maqsadida emas, balki kiyim tayyorlash
maqsadida hayvon terisiga ishlov berganlar, so`ngra uni xumsimon katta yog`och
179
kundaga quritish uchun tashlab qo`yganlar. G`orlardagi quruqlik va issiqlik ta'sirida
yog`och kundalarga terining yelimsimon moddasi yo’ishib qolishi natijasida qurishi ham
tezlashgan. Oqibatda, kovak kundaga yo’ishgan teri haqiqiy nog`orasimon sas chiqarib,
diqqatni jalb etgan holda urma cholg`u mavqeini egallab qolgan deb, tahmin qilish
mumkin.
O`zbekistonning Surxondaryo viloyati Teshiktosh g`oridan to’ilgan toshdagi
haykalcha tasviri nog`ora cholg`usining Mavorounnahr zaminida ham keng
qo`llanilganligidan dalolat beradi.
Neandertal odamning hozirgi zamon odam shakliga o`tish davridagi moddiy va
ma'naviy hayotida, jumladan, uning tasviriy va naqqoshlik «san'atida» urma
cholg`ularning shakllanishuvida keskin o`zgarishlar yuz bergan, deb tahmin qilinadi.
Chunki insonning takomillashuvi, ongining o`sishi, uning san'atida ochiq namoyon
bo`lishi tabiiy bir holatdir.
Tahminan «Madlen» va «Mezolit» davrigacha insoniyat madaniyatining turli
bosqichlarida urma cholg`ular sezilarli mavqega ega bo`lgan..
Markaziy Osiyoda eng qadimgi mehnat qo`shiqlari o`sha davr turmush tarzi bilan
bevosita bog’`lanib tarannum etilgan. Markaziy Osiyo hududida qadimgi Buxoro
zaminidagi Darvozaqir, Qizbibi, Varaxsha, Romush [Romitan], Tojikistondagi Rushan
[Badaxshon] tumanlarida, ‘anj daryosi atroflarida, Surxondaryoning Ayritom
tumanlarida, Turkmanistonning Marv zaminlarida yashovchi qabilalar o`rtasida musiqa
cholg`ulari nisbatan ilgariroq «neolit va eneolit» davrlarida ‘aydo bo`lganligini tahmin
qilish mumkin. Ayniqsa, cholg`ulardan - doyra ertaroq ‘aydo bo`lganligi haqida tegishli
ma'lumotlar san'at tarixi bilan bog’`liq ilmiy adabiyotlarda berilgan.
Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, dastlab musiqa cholg`ulari meloddan oldin
8000-chi yillikda yuzaga kelgan. Cholg`ulardan urmalari birinchi navbatda ‘aydo
bo`lganligi haqida tahmin qilinadi. Eng qadimgi mehnat qo`shilari ishning «usuliy
tuzilganishi» bilan bevosita bog’`liqligi haqida ko`’lab ma'lumotlar mavjud.
Markaziy Osiyo jahonning madaniylashgan markazlaridan biri bo`lganligi tufayli,
unda vujudga kelgan shahar hayotida musiqaviy san'at ham juda erta rivojlangan. Bunda
chunonchi urma cholg`ular san'ati ham rivojlanib, ular ijtimoiy, ayniqsa, harbiy va diniy
marosimlarda muhim o`rin to’tgan.
Musiqashunos olimlardan G.Tkachenko, T.Vizgo, F.Karomatli, A.Nazarov o`z
asarlarida urma cholg`ular va ularning xususiyatlari haqida qimmatli ma'lumotlar
berganlar. Masalan, G.Tkachenko "Arxaika" – musiqani, ayniqsa, misdan yasalgan
qo`ng`iroqcha va doyra kabi musiqa cholg`ularini ajdodlar ruhiga sig`inish
marosimlarining markaziga qo`yadi. Xitoy manbalarida ko`rsatilishicha, Markaziy
Osiyoda eramizdan uch ming yil oldin ham cholg`ularning chetga tarqalishi yoki kirib
kelish hodisasi ro`y berganligi ma'lum. A.Nazarov, doyraga sig`inish qadimgi turkiy
xalqlar va Xitoy diniy an'analariga xos tog` va qoyalar ruhi bilan bog’`liq odat bo`lishi
mumkinligini qayd qiladi. Darvoqe', "Sus xotin", "Yomg`ir chaqirish" marosimlarida
ham baxshilarning o`z doyralarini qurbonlik hayvonlarining qoni bilan bo`yab olish
irim-odatlari mavjud. Qon semantikasi ibtidoiy tasavvurda koinot, tabiat harakatlarining
usul yoki vaqt oqimi timsolidir. Shu sababli, qadimiy sanam [ma'buda]larda tasvirlangan
cholg`ularning eng ko`hnasi doyradir, deb ta'kidlangan.
Skripka cholg’usining tarixiga kelsak XVI asr boshlarga to’g’ri keladi. Ammo,
cholg’uning avlodlari eramizdan oldingi IV asr davrlariga tegishlidir. Ayniqsa sharq
davlatlarida kamoli cholg’ular juda ko’’ bo’lganligi haqida ma’lumotlar mavjud.
180
Skripka – jahon musiqa san’atining eng etakchi cholgulari qatorida keng o’rin va
ahamiyatga egadir. Ushbu cholgu Evroppa, Sharq, Shimol, Garb va Osiyo xalqlari
musiqa madaniyatida yuqori konse’tual mavq’ega ega bo’lib, turli xalq orkestrlari,
simfonik orkestrlar, kamer- ya’ni qilli-kamonli cholgular orkestri va ansamblda etakchi
va orkestr cholgularidan birinchi qatorda o’rinlashadi.
Skripka cholg’usi bugungi zamon musiqiy madaniyatida xalqlar orasida abadiy
o’rinlashganligi bilan, turli ergologik shakllarga erishganligida ham ahamiyatlidir.
Avallari yogochdan, zamon kelib ‘lasmas, tekstolid, shisha ‘lazma, ibonit kabi
buyumlardan ham yasalib kelinadi. Skripqaning dio’ozoni kichik oktavadan 4-
oktavagacha sozlanadi. Uning oilasiga mansub cholg’ular kontr oktavadan boshlab
sozlanadi va ushbu skrihka – kontra bas sozi deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |