166
Ammo Berliozning o’zi bu simfoniyani sahna harakatlarisiz sof cholg’u musiqa sifatida
tinglashning o’zi ham kifoya degan fikrda yedi. «Ulug’vor motam» («Тraur –
triumfalnaya») simfoniyasi va rekviyem asarlari iyun inqilobi shahidlari (qurbonlari)ga
bag’ishlangan. O’sha yillarda yaratilgan «Faustning jazolanishi» («Osujdeniye Fausta»)
dramatik afsonasi yakkaxonlar, xor va orkestr uchun mo’ljallangan g’oyait badiiy yuksak
asardir.
Berlioz publitsist sifatida ham bir qancha tanqidiy fel’eton, maqolalar, memuar,
shuningdek orkestrlashtirish va musiqiy asbobshunoslikdan darsliklar yozgan. Berlioz o’z
vatanidan tashqarida juda katta shuhrat qozongan. Ammo uning bu mashhurligi uni
moddiy qiyinchiliklardan qutqara olmagan.
Parijdagi musiqiy doiralar (teatr) konservatoriya va boshqalar, uning novatorligini
yoqtirmagan. Buning sababi avvalo uning yangi romantik g’oyailarini asosiy musiqiy
doiralarda tushunmaslik yedi. U 1839 yili Parij konservatoriyasi kutubxonasining xodimi,
1852 yilda kutubxonachi lavozimini yegallagan. 1856 yili Fransiya instituti a’zoligiga
saylangan.
Moddiy qiynalishi sababli maqolalar yozishga, turli shaharlarga dirijyor sifatida
gastrollarga chiqib turishga majbur bo’lgan. U rus kompozitorlari M.Glinka,
Bortnyanskiy va «Qudratli to’da» kompozitorlari bilan yaqin ijodiy aloqada bo’lgan.
Ijodiy merosi: 5 ta opera, ulardan «Benvenuto Challini», «Тroyansi», «Biatriche va
Benedikt» yoki «Hech narsadan ko’p shovqin», 6 ta uvertyura, ulardan «Qirol Lir», «Rim
karnavali», «Korsar» va boshqalar. 31 romans, qo’shiqlar xor asarlari va x.k. u musiqa
tarixiga talantli kompozitor, dirijyor, musiqiy tanqidchi sifatida kirgan. Berlioz 1869 yili
Parijda vafot yetgan.
Djakomo Meerber (haqiqiy ismi sharifi Ber Yakov) kelib chiqishi Germaniyalik
ammo o’zi Fransuz kompozitori. 1791 yili Berlinda tug’ilib, 1864 Parijda dunyodan
o’tgan. Pianonichi, dirijyor Meerber K.ТSelter, A.Veber va G.Foglerdan ta’lim olgan. 10
yoshida virtuoz (mohir) pianist bo’lib, 12 yoshida fortepiano uchun sonata (yirik asar)
yozdi. 1814-15 yillarda Parij va Londonga, 1816 yili A.Sal’erining maslahati bilan
Italiyaga borgan. Italiyada 8 yil yashab 6 ta italyancha operalarning muallifi sifatida 1824
yilda Berlinga keladi. 1831 yili Parijga ko’chib boradi va tez vaqt ichida dunyoga
taniladi. Meerber asosan opera janrida ijod qilgan. 1842 yili Berlindagi General-myo’zik-
direktor lavozimini yegallaydi. U dramaturg Ye.Skribe bilan birgalikda katta hajm
(masshtab)dagi tarixiy romantik operani (grand opera) yaratuvchisi hisoblanadi.
Uning ijodiy merosi: 16 ta opera, ulardan «Krestonosets v Yegipte», «Robert-
d’yavol», «Gugenoti», «Prorok», «Shimoliy yulduz» va boshqalar; 1 ta balet, musiqiy
dramatik sahna asarlari, oratoriya, qantatalar, raqslar,
fortepiano uchun asarlar, qo’shiq va
xorlar.
Sharl Fransua Guno.Mashhur Fransuz kompozitori, organchi va musiqa tanqidchisi
Guno 1818 yili Parijda tavallud topdi. 1893 yilda Parij yaqinidagi Sen-Klu degan joyda
vafot yetgan. Parij konservatoriyasida J.F.Lesyuyer, F.Galevi, F.Payer va A. Reyxdek
ustozlardan musiqiy ta’lim olgan. «Ferdenand» qantatasi uchun Rim mukofotini olib, bir
necha yil Italiyada yashadi. Parijga kelgach, Cherkov organchisi va kapel’meyster bo’lib
ishladi. 1850-60 yillarda «Orfeon» deb nom olgan xor jamoalari birlashmasiga rahbarlik
qiladi.
Guno ijodining asosiy qismini opera tashkil yetadi. Birinchi operasi «Safo» 1851
yilda sahnalashtirilgan. Undan so’ng «Krovavaya monaxinya», «Zo’raki tabib» («Lekar
ponevole»), «Faust» operalarini yozgan. «Faust» katta muvaffaqiyat qozondi. Undan
keyingi bir nechta opera va boshqa sahna asarlari uncha sezilarli iz qoldirgan yemas.
Gunoning oxirgi yutugi uning «Romeo va Jul’etta» operasi bo’ldi. U 14 ta operadan
167
tashqari 3 ta simfoniya, qantatalar, cholg’u ansablllari, romans va qo’shiqlar yozgan.
Gunoning «Faust» operasi V.Gyote asari asosida yaratilgan. Uning qatnashchilari:
Faust, Margarita, Mefistofel, Valentin (Margaritaning akasi), Vagner, Zibel
(Valentinning do’stlari), Marta – Margaritaning qo’shnisi.
Asarda qari doqtor (Mashhur olim) Faust umr bo’yi ilmiy izlanishda bo’lib, umr
bo’yi ilmiy izlanishda bo’lib, hayotning haqiqatini topa olmaganidan xafa bo’lib, zahar
ichib o’zini o’ldirmoqchi bo’ladi. Ammo shu zahxoti Mefistofel (shayton) kelib Faustni
yo’ldan uradi. U bilan shartnoma to’zib, unga molu - dunyo bermoqchi bo’ladi. Faust
men qariyaga mol-dunyo nima
kerak deganida,
agar imkonini topsa, yoshlikni qaytarishni
va’da qiladi. Faustni sehrlab ko’ndiradi va yoshartiradi. Faust navqiron yigit bo’lib,
Margaritani sevadi. Uni sevgilisi Zibeldan judo qilib, urushdan g’alaba bilan kelgan akasi
Valentinni Mefistofel yordamida o’ldirib, axloqiy nopok ishlar qiladi. Margaritani baxsiz
qilgani uchun pushaymon bo’ladi. Har kim umrini yashab o’tgani ma’qul degan g’oyai
ilgari suriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: