Opa-singil daryolar



Download 1,45 Mb.
bet1/4
Sana01.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#523494
  1   2   3   4
Bog'liq
Ertaklar




Ertaklar


© MultiServis
2022

Opa-singil daryolar


Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, uch opa-singil daryolar bo‘lgan ekan. Kattasining ismi Amudaryo, o‘rtanchasiniki Sirdaryo va kenjasining ismi Zarafshon ekan. Amudaryo kattasi bo‘lgani uchun Tojikistonning Panj viloyatidan Orol dengizigacha bo‘lgan masofada yumushlarni bajarar, hammaga shirindan shakar zilol suvini ulashar ekan. Amudaryoni barcha dov-daraxtlar, giyohlar va ekin-tikinlar yaxshi ko‘rar ekan. U Qoraqum va Qizilqum cho‘llarini ikkiga ajratib turarkan. O‘zbekiston orqali turkman eliga o‘tib, suv tashir, qaytib kelib, Orol dengiziga quyilarkan. Uning shahdu shiddati juda mo‘l, ko‘plab ishlarni yolg‘iz o‘zi bajarar ekan.
Sirdaryo ham go‘zallikda opasi Amudaryodan qolishmas ekan. Uning qaddi raso, yuzlari tiniq, sochlari Amudaryoday shovullab turarkan. Sirdaryo, Norin va Qoradaryo kabi daryolarning birlashishidan hosil bo‘lib, bu sirni hammadan sir tutib yasharkan. Chaqqonlikda opasi Amudaryoga teng kelolmasa ham, harakatdan to‘xtamas ekan. Ancha-muncha yumushlarda opasiga yordamchi ekan.
Kenjaoy Zarafshon esa jajji bo‘lgani uchun har bir qilig‘i o‘ziga yarashar ekan. Uch opa-singil juda ahil, inoq, halol mehnat qilib kun kechirisharkan. Biri daraxtlarga suv quysa, ikkinchisi tuproqni yashnatar ekan. Uchinchisi esa havoning namligini bir maromda ushlashga hissa qo‘sharkan. Ayniqsa, opalari Amudaryo „Yaxshilik qil-u, suvga ot, suv bilmasa baliq bilur, baliq bilmasa Xoliq bilur“, degan maqolni tez-tez takrorlar ekan. Bu naql Sirdaryo va Zarafshonning quloqlariga tilla zirakday taqilibdi.
Opa-singil daryolarning bag‘ri kengligidan suvosti dunyosining o‘simlig-u jonivorlari xotirjam maktabga, ishga qatnar ekan.
Uch opa-singil jahl, g‘azab nimaligini bilmas, shuning uchun atrofdagilar bir-birini ularning ismi bilan duo qilgani qilgan ekan:
– Shahding, qudrating Amudaryoday bo‘lsin, Sirdaryoday uyingga baraka kirsin, Zarafshonday shonli, shavkatli bo‘lgin!
O‘zlariga qiyosan qilingan duolar opa-singil daryolarga juda ham yoqarkan. Ular shu bois ham o‘z ahdlaridan qaytmay, zavqlanib naf keltirishda davom etishibdi. Olis-olislarda o‘z qavmdoshlari o‘zanidan toshib, haddidan oshib, toshqinlarga sababchi bo‘lib odamlarning, tabiatning umriga zomin bo‘lishganini eshitishsa, qattiq xafa bo‘lisharkan.
Uch opa-singil ko‘nglining ochiqligi, saxiyligi, yaxshilikdan tolmasligi, g‘azab va qahrdan yiroqligi bois kundan kunga yasharib, umri uzayaveribdi. Ular bilan do‘st bo‘lib yashayotgan odamlar esa hali ham farzandlariga Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon degan ismlarni qo‘yib, daryolarni farzandlariga qo‘shib suyarkanlar. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon esa toza qalbini ona zaminga qo‘yib, olis-olis masofalarga oqishdan tolmay elga xizmatda ekan. 


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish