Chuchuk suv loyqasi tarkibidagi oziq elementlar miqdori
, %
Loyqa nomi
Azot
Fosfor
Kaliy
Ko„l loyqasi
1,8-2,5
0,27-0,33
0,25 gacha
Hovuz loyqasi
0,3-1,0
0,26-0,60
0,13-0,44
Daryo loyqasi
1,0 gacha
0,25 gacha
0,7 gacha
Suv havzalarining o„lchami qancha katta bo„lsa, chuchuk suv loyqasi
shuncha ko„p to„planadi, borgan sari suv havzasi sayozlashib boradi, suvning
hajmi suv havzasiga sig„masdan, atrof hududni bosa boshlaydi. Natijada, unumdor
qishloq xo„jalik yerlari, yaylovlar, ba‟zi bir paytda qishloqlar ham suv tagida
qolishi mumkin. Bu atrof muhitga salbiy ta‟sir ko„rsatib, yer osti suvlari sathining
ko„tarilishiga, tuproqlarning sho„rlanishi va botqoqlanishiga olib keladi. Bunday
holatdan chiqishning birdan-bir yo„li suv havzasi ostida to„plangan katta hajmdagi
chuchuk suv loyqasini kavlab olishdir. Kavlab olingan katta hajmdagi chuchuk suv
loyqasidan foydalanish yo„lini topish muammosi paydo bo„ladi.
Suv havzalarini chuchuk suv loyqasidan tozalash birinchidan, atrof hududni
botqoqlanishdan, sho„rlanishdan saqlab, yerni qishloq xo‟jalik doirasiga kiritish
imkonini beradi va ikkinchidan, ekologik balansni tiklaydi.
Chuchuk suv loyqasidan noan‟anaviy o„g„it tayyorlashda suv omborlaridagi
loyqa asosiy manba bo„lib xizmat qiladi. Shunday suv omborlaridan biri
Samarqand viloyati Kattaqo„rg„on tumani hududida joylashgan Kattaqo„rg„on suv
omboridir.
Kattaqo„rg„on suv ombori 1940-1952 yillarda qurilgan. 1966-68-yillarda suv
omborining dambasi rekonstruksiya qilingan. Uni 4 metrga ko„tarib, balandligini
508 metrdan 512 metrgacha olib chiqishgan. Suv hajmi 900 mln-m
3
, suv maydoni
79,5 km
2
yetgan.
Kattaqo„rg„on suv omboriga Zarafshon daryosining loyqa suvi quyiladi.
Sobiq SANIIRI ma‟lumotlariga qaraganda, 2000-yilgacha suv ombori tubiga 80-90
mln tonna chuchuk suv loyqasi to„plangan. Bu massa noan‟anaviy o„g„it olish
uchun eng katta resurs hisoblanadi.
Kattaqo„rg„on suv ombori kuz-qish davrida to„ladi, yozgi qisqa davrda uning
suvi sug„orish uchun ishlatiladi. Suv omborida oktabr-noyabr oylarida suv sathi
minimum darajagacha pasayadi. Bu davrda chuchuk suv loyqasi suv ombori
tubining katta qismida ochilib qoladi. Xuddi shu davrda chuchuk suv loyqasini
buldozer bilan bemalol qazib olsa bo„ladi. Olingan ho„l chuchuk suv loyqasini 6 oy
davomida ochiq havoda yopiq ayvon tagida yoyib ushlash kerak. Shu vaqt ichida
loyqadagi barcha zakis birikmalar oksidlanib yo„qolib ketadi.
1983-yilda, ya‟ni 16 yillik (1967-1983) ekspluatatsiya davrida loyqa
to„planishi natijasida suv omborining hajmi 60 mln. m
3
qisqargan. Natijada, suv
55
omboridan suv toshib, yaxshi yer resurslari suv tagida qolgan, suv omboriga yaqin
yerlar botqoqqa aylangan va sho„rlanishga uchragan. Shuning uchun suv ombori
tubidagi loyqani olib chiqish suv havzasi yonidagi ekologiik muvozanatni tiklaydi.
Kattaqo„rg„on suv omborining chuchuk suv loyqasi organik moddaga,
makro- va mikroelementlarga boy, zararli moddalar yo„q, ekologik toza bo„lib,
undan qishloq xo„jaligida o„g„it sifatida foydalanish mumkin.
Suv omborining loyqasidan noan‟anaviy o„g„it tayyorlash uchun uning
namligi kamayib pishgan holatga kelgan paytda uni maydalab donador holatga
keltiriladi. Ushbu massaning 60 tonnasiga 30 tonna go„ng qo„shib kompostlash
usuli bilan noan‟anaviy o„g„it olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |