har xil tarkib bilan va turli materiallardan foydalanib amalga oshirish talab
tayyorlashning yaxshi, yengil, bir-birlarini to„ldiradigan usullarini izlab
topishmoqda. Bunday usullar jumlasiga shoxlardan noan‟anaviy o„g„it tayyorlash
49
va dalada ikki baland pushta qatori o„rtasida qoldiqlarni kompostlash orqali
noan‟anaviy o„g„it tayyorlash kiradi.
Bog„ va boshqa joylarda to„plangan shox-shabba utilizatsiyasi doimo
muammo hisoblanadi. Ammo yaxshi maydalangan shox-shabbalardan sifatli
noan‟anaviy o„g„it tayyorlash mumkin.
Maydalangan
shox-shabbani
kompostlash
uchun
Germaniyaning
Vaynshteran tuproqshunoslik institutida juda qulay usul ishlab chiqilgan. Bu usul
bo„yicha alohida chuqurda kengligi 1,5 m va balandligi 1 m bo„lgan shox-
shabbaga 2 kg karbamid sepiladi. Uyumni tez-tez namlab turish lozim. Usti qora
pleyonka bilan berkitiladi. Shunda uyumning ustki qismi qurimasdan namligi
saqlanadi. Bu esa shox-shabbaning tezroq parchalanishiga olib keladi. 2 oydan
keyin uyumni aralashtirish kerak bo„ladi. Yarim yildan keyin noan‟anaviy o„g„it
tayyor bo„ladi.
Parchalanishi jarayonida shox-shabbaning hajmi 20% ga kamayadi.
Qipiqning o„zidan (sekin parchalanishi tufayli) noan‟anaviy o„g„it tayyorlash
qiyin. Ammo uni tez parchalanadigan xom ashyolar bilan aralashtirib o„g„it
tayyorlasa bo„ladi.
Maydalangan shox-shabbani mulcha sifatida ishlatsa ham bo„ladi. Masalan,
bog„larda yoki zamburug„ o„stirganda uzoq vaqtli mulcha sifatida foydalanish
mumkin.
Ilmiy va ishlab chiqarish tajribalarining ko„rsatishicha, baland pushtada
bahorda yer erta yetiladi. Chigit erta yetiladi. Natijada, paxta erta pishadi va
nisbatan yuqori hosil olinadi. Shu ijobiy tomonni yanada yaxshilash uchun 2 ta
pushta o„rtasida har xil xom ashyolardan noan‟anaviy o„g„itlar tayyorlash mumkin.
2 ta pushta o„rtasiga yerning ustiga azoti kam bo„lgan qo„pol xom ashyo
(maydalangan somon, g„o„zapoya, poliz-sabzavot ekinlarining vegetativ massalari,
qipiqlar va h.k.) lar zaxirasining katta-kichikligiga qarab har xil qalinlikda
yotqiziladi. Uning ustiga azotli birikmaga boy xom ashyolar (go„ng, sut, go„sht,
konserva zavodlar qoldig„i, oshxona, uylar qoldiqlari, o„rilgan gazon o„ti va h.k.)
xuddi oldingi qalinlikda ikkinchi qatlam qilib yotqiziladi.
Uning ustiga qalinligi 5-10 sm bo„lgan unumdor tuproqli uchinchi qatlam
to„shaladi va kompostlash jarayoni uchun qoldiriladi. Kompostlash jarayonida har
bir xom ashyoda yetarli darajada namlik 50-60% bo„lishi lozim. Bu
parchalanishning tez borishini ta‟minlaydi. Qo„pol xom ashyodan iborat birinchi
qatlam kompostlash uyumini havo bilan ta‟minlab turadi.
Parchalanish jarayonida ajralib chiqqan issiqlik tuproqni isitadi va u bahorda
ekish uchun tez yetiladi. Ikkinchidan, tuproq organik o„g„it va oziq elementlar
bilan boyiydi, atmosferaning yerdan ustki qismini CO
2
gazi bilan boyitadi. Bu esa
o„simliklarni havo bilan oziqlanishini yaxshilaydi.
Minerallangan yerda boshqacha yo‟l bilan ham noan‟anaviy o„g„it
tayyorlash mumkin. Bunda 2 ta pushta o„rtasida emas, balki har bir pushtaning
o„zida, uning ustida tayyorlanadi. Buni biz ikkinchi variant deb qabul qilamiz.
Bunda har bir pushtaning ustida kompostlash ishi olib boriladi. Pushtaning ustiga
birinchi bo„lib qo„pol holatdagi xom ashyolarni (somon, g„o„zapoya, sabzavot va
poliz ekinlarining vegetativ qismlari, bog„larning shox-shabbalari, bog„lar va
50
o„rmonlarda hosil bo„lgan to„shamalar, qipiqlar va h.k.) yotqiziladi. Hosil bo„lgan
qatlamning qalinligi 10-15 sm dan oshmasligi kerak. Uning ustiga ikkinchi qatlam
qilib tez chiriydigan xom ashyolar (go„ng, gazonlarning o„rilgan o„ti, o„rilgan
sideret, sut, go„sht, oshxona, ipak qurti qoldiqlari va h.k.) o„sha qalinlikda
yotqiziladi. Uchinchi qatlam 5-10 sm qalinlikda unumdor tuproqdan tashkil topgan
bo„ladi. Uchinchi qatlam, ya‟ni tuproq shunday qilinishi kerakki, kompostlash
uyumining hamma yuzasini (usti va yon tomonlarini) berkitishi lozim.
Uyumdagi barcha qatlamlarda namlik va havo bo„lishi kerak. Bu
parchalanish jarayonini tezroq va faol borishi uchun sharoit yaratadi. Parchalanish
jarayonida hosil bo„lgan issiqlik tuproqni isitadi, tuproqni organik moddaga, oziq
moddalarga, mikroorganizmlar va chuvalchanglarga, yer ustidagi havo qatlamini
SO
2
gaziga boyitadi. O„simlik urug„i pushtaning ustiga to„g„ridan-to„g„ri
noan‟anaviy o„g„itga ekiladi. Urug„ eng yaxshi sharoitga tushib, jadal unib chiqadi
va bir gektardagi o„simlik sonini ko„paytiradi. To„g„ridan-to„g„ri dalada hosil
qilingan noan‟anaviy o„g„it o„simlikni ildiz va havo orqali oziqlanishini
muqobillashtiradi. Natijada, o„simlik yuqori hosil berish imkoniyatiga ega bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: