Mohiyat va hodisa. Mohiyat – ob’ektiv borliqning ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va ularga xos bo‘lgan qonuniyatlarini belgilaydi. Hodisa – bu narsada, jarayonda qarshimizda bevosita namoyon bo‘luvchi xossalar, tomonlar yig‘indisini ifodalash uchun mo‘ljallangan kategoriya.
Mazmun va shakl. Mazmun – mazkur narsa, jarayon, hodisani belgilovchi elementlar, tomonlar, xossalar, aloqalar va tendensiyalarning yig‘indisi.
Shakl – narsaning tuzilishi, strukturasini, mazmun elementlarining uyushish, bir-biri va tashqi omillar bilan o‘zaro aloqa qilish usulini tavsiflovchi ichki aloqa. Shaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, olov olov shakli asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o‘tadi. Shakl tufayli jism jism bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |