O’nalishi 4-kurs


Tijorat banki foydasi va bank xarajatlarini kamaytirish yo'llari



Download 58,45 Kb.
bet8/8
Sana28.04.2022
Hajmi58,45 Kb.
#587657
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hisobot Islombek

8. Tijorat banki foydasi va bank xarajatlarini kamaytirish yo'llari
Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari moliyaviy natijalarini yakuniy holati foyda yoki zarar bilan tugallanadi. Umuman olganda barcha tijorat banklari o'z ish faoliyatining yakunlarini foyda bilan tugatishga harakat qiladilar. Bank muassasalarining moliyaviy natijalarini yakunida asosiy ko'rsatkich foyda hisoblanadi.
Bank muassasalarining asosiy ish printsipi kamroq xarajat qilib, ko'proq daromad olish hamda moliyaviy natijalar yakunida maksimal foyda olish hisoblanadi. Bank tizimini erkinlashtirish munosabati bilan banklar davlat tasarrufidan chiqarilishi sababli xarajatlarni minimallashtirishga qaratilishini taqozo etmoqda. Bank faoliyati natijasini tahlil qilishda olingan barcha daromadlardan qilingan xarajatlar chegirib tashlash orqali oxirgi natija foyda yoki zarar aniqlanadi. Bank faoliyati asosan 2 ta asosiy moliyaviy hisobotlar, ya'ni buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to'g'risidagi moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish orqali yakunlanadi. Bankning daromadliligi, birinchi navbatda xarajatlarni kamaytirishga bog'liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar, boshqalar bir xil sharoitda ishlasada, joriy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Odatda, banklar o'z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan

mablag'lar, shuningdek, kredit riski bilan bog'liq bo'lgan yo'qotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar. Bank operatsiya xarajatlarini aniqlash oson emas. Chunki, ular bank mahsulining keng turlarini aks ettiradi. Demak, moliyaviy natijalarda bank xarajatlarini salmog'ini jadval ko'rinishida tahlil etsak maqsadga muvofiq bo'ladi.



9. Kredit shartnomasining mazmuni va mohiyati.
Bozor qtisodiyoti sharoitida tijorat banki va mijoz o'rtasidagi kredit munosabatlar kredit shartnomasiga asoslanadi. Shu bois bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlashni tashkil etishning asosiy xususiyatlaridan biri - bu har bir kredit bitimining shartnomaviy xarakterga ega ekanligidadir.
"Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonunning 31-moddasida banklar va ularning mijozlari o'rtasidagi munosabatlari shartnomalar asosida amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, amaliyotda banklar va mijozlar o'rtasidagi har bir kredit munosabati shartnomaviy xarakterga ega. Bank va qarz oluvchi o'rtasida tuzilgan kredit shartnomasi kredit bitimining huquqiy-iqtisodiy shartlarini aniqlaydi. Va bu shartlar kredit munosabatlari ishtirokchilarining mavqeidan qat'iy nazar o'zaro manfaatlarga asoslangan bo'ladi. Kredit shartnomasi yuridik hujjat hisoblanib, uning barcha punktlari bajarilishi tomonlar uchun majburiydir. Bu O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi bilan belgilab qo'yilgan. Kredit shartnomasining mohiyati shundan iboratki, unga ko'ra bank (kreditor) shartnomada ko'rsatilgan shartlar asosida va unda belgilangan miqdorda qarzoluvchiga pul mablag'larini kreditga berish, qarz oluvchi esa kreditni va unga hisoblangan foizlamni o'z vaqtida qaytarib berish majburiyatini oladi. Kredit shartnomasida tomonlarning nomlanishi, shartnomaning amal qilish muddati, kredit bitimining predmeti va shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, bu majburiyatlarni bajarilishining huquqiy kafolatlari ko'rsatilgan bo'ladi. Kredit shartnomasi odatda yozma shaklda tuziladi va kerakli shaxslar tomonidan imzolanadi, g'zma shaklda tuzilmagan kredit shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.
Fuqarolik Kodeksining 744-moddasiga asosan kredit shartnomasiga ko'ra, bir taraf - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mabalg'lari(kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to'lash majburiyatini oladi.
Kredit shartnomasi: ikki taraflama shartnomadir, ya'ni har ikki taraf tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi; haq evaziga tuziladigan shartnomadir, ya'ni qarzdor kreditorga kredit olganligi uchun foiz, marja, komissiya ko'rinishida haq to'lashi lozim; - konsensual shartnomadir, ya'ni u kredit shartnomasi taraflar tomonidan imzolanishi bilanoq tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi, biroq berilgan kreditga foizlar shartnoma tuzilgan kundan emas, balki haqiqatda kredit mablag'laridan foydalanilgan davr uchun to'lanadi; xo'jalik shartnomasidir, chunki kredit shartnomasi asosan tadbirkorlik faoliyatiga mansub sohalarda tuziladi.
Kredit miqdori va uning qaytarilish muddati, foiz miqdori va uni to'lash muddati, kreditning maqsadi va boshqalar kredit shartnomasining muhim shartlari moliyaviy hisobot hisoblanadi. Tijorat banki va mijoz o'rtasidagi kredit munosabatlari kredit shartnomaga asoslanadi. Rivojlangan davlatlar bank tizimida har qanday kredit munosabatlari unda ishtirok etuvchi tomonlarning mavqeidan qat'iy nazar o'zaro manfaatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Kredit shartnomada quyidagi asosiy shartlar ko'rsatiladi.
1. Kreditning maqsadi. Tijorat banki uchun kreditning qanday maqsadlarga so'ralayotganligi muhim hisoblanadi. Shartnomada kreditning qaysi maqsad uchun ishlatilishi ko'rsatiladi. Kreditni qaysi maqsad uchun ishlatilishini korxonalar o'zlarining biznes rejasida ko'rsatib o'tishlari shart. Biznes rejada ko'rsatilgan maqsad bo'yicha kredit summasi o'tkazilib beriladi va korxonaning keyingi faoliyati ham bank tomonidan shartnoma asosida nazorat qilib boriladi. Tarmoqlardagi o'zaro nomutanosibliklar, o'sha tarmoqda faoliyat ko'rsatuvchi korxonalarning holatiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Tijorat banki mana shu omillarni hisobga olishi kerak.

2. Kredit summasi. Kredit shartnomasida kreditning summasi mijozning garovga qo'ygan mulkining 120 foizi miqdorida yoki kafolatlangan summa miqdorida belgilanib ko'rsatiladi. Tijorat banki mijoz arizasida ko'rsatilgan summani har tomonlama asoslab berishi kerak. Odatda mijozlar o'z imkoniyatlarini maksimal darajada baholab keladilar. Tijorat banklari kerakli hollarda kreditlanayotgan ob'ektni to'la o'rganib chiqish uchun mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.


3. Kreditning foiz stavkasi.
Hozirgi kunda ko'pgina tijorat banklari qayta moliyalash stavkasini va jalb qilgan resurslarining bahosini hisobga olgan holda o'zlarining kredit siyosatiga muvofiq mustaqil o'matadi.
4. Kreditni qaytarish muddati.
Shartnomaga asosan kreditdan foydalanish muddati kelganda kredit olgan korxona muddatida kreditni qaytarmasa, muddati o'tgan qarz hisob raqamiga chiqariladi. Har oyning birinchi kuniga har oy uchun olinadigan foiz summasini o'z vaqtida to'lab bormasa, muddati o'tgan foiz hisoblanib boriladi. Kredit uchun olinadigan foiz bir necha marta muddati o'tgan foiz hisob raqamiga chiqsa, bank kreditni muddatidan oldin yopishga farmoyish beradi. Barcha ssuda operatsiyalari shu hisob hisobidan valittaa olib boriladi. Kredit summasi bankning o'z mablag'lari hisobidan vakillik hisob raqami orqali to'lab beriladi.
Respublikamizda qisqa muddatli kreditlash va umuman tijorat banklari tomonidan kredit berish "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonunga asosan olib boriladi. Banklar tomonidan kredit berish kreditlashning asosiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Ular quyilagilardan iborat:
1. Kreditning maqsadliligi.
2. Kreditning ta'minlanganligi.
3. Kreditning muddatliligi.
4. Kreditning qaytarilishi.
5. Kreditning to'lovliligi.
Kreditning ushbu tamoyillari va mijozning balansi asosida moliyaviy ahvoli va kreditga layoqatliligi aniqlanib mijoz bilan bank o'rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasi huquqiy jihatdan bir qator xususiyatlarga ega. O'zining huquqiy tabiatiga ko'ra kredit shartnomasi tomonlarning maqsadlarini va shu maqsadlarning amalga oshishini birlashtiradi. Maqsad sifatida kredit shartnomasi bankning maʼlum shartlar asosida ssuda berish roziligi va qarz oluvchining uni tarib berishea ma'lum davrdan so'ng qaytarib berishga tayyorligini aks ettiradi. Maqsadlarning bajarilishi sifatida kredit shartnomasi ssuda berish va to'lash bo'yicha aniq harakatni ko'zda tutadi. Mijozning ssudani qaytarish bo'yicha majburiyatlari shartnomani imzolashdan oldin amalga oshirilgan bo'lsa ham, faqatgina ssuda olingandan so'ng paydo bo'ladi. Kredit shartnomasi, shuningdek, kredit bitimining iqtisodiy shartlarini tartibga soladi. U bir tomondan mijoz talabining to'laroq hisobini, ikkinchi tomondan esa bankni kredit riskidan saqlashning muvofiq mexanizmini ta'minlab beradi.
Har bir kredit shartnomasida uning predmetini aniqlovchi punkt bo'ladi. Lekin uning tarkibi mijozlar talabiga qarab turlicha bo'lishi mumkin.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bozor munosabatlarining muhim bo'g'inlaridan biri bo'lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo'lmasdan sog'lom taraqqiy qilishi mumkin emas.
Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub'ekti bo'lgan banklar faoliyatini o'rganishni, ularning ishlash usullari, funktsiya va operatsiyalarini bilishni taqazo qiladi. Amaliyot jarayonida shunga amal qildik.
Bank maxsus muassasa sifatida o'ziga xos bo'lga funktsiya va operatsiyalarni bajaradi. U bajaradigan bu funktsiya va operatsiyalar banklar faoliyatining qator boshqa bozor munosabat sub'ektlari faoliyatidan ajralib turshiga asos hisoblanadi. Banklarning ish predmeti bo'lib pul mablag'lari hisoblanib, ular bozor munosabatining boshqa sub'ektlari faoliyatida yuzaga keladigan pul munosabatlarining amalga oshirilishida vositachi sifatida maydonga chiqadilar. Pul doimo o'zi bilan ehtiyotkorona muomalada bo'lishni va saqlashni, uni ko'paytirishga harakat qilishni, uni iqtisod bilan samarali va oqilona ishlatishni talab qiladi. Pulni tejab tergab ishlatadigan odam doimo pulga ega bo'lishi, pulini hisobsiz sarflaydigan kishi undan tezda ajralib qolishi va nochor ahvolga tushishi mumkin.
Bank bozor munosabatlarining boshqa sub'ektlaridan farqli o'laroq pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini o'zida yig'uvchi, uni pul zarur bo'lgan sub'ektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va bu pul mablag'larini samarali ishlatish asosida o'z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Bank ishini qonun va qoidalar asosida aniq va samarali olib borish nafaqat bank faoliyatini samarali qiladi, balki butun jamiyatining ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga va jamiyat a'zolarining boyishiga olib keladi.
Shundan kelib chiqib, o’z amaliyot davrimda banklar va bank tizimi, uning bo’g'inlari, Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari, bu banklarning faoliyat ko'rsatishiga bo'lgan talablar, ularning faoliyatiga ruxsat berish va litsenziyani bekor qilish, bu banklarning asosiy maqsad, vazifalari va funktsiyalari bilan bog'liq savollar, tijorat banklari faoliyatining Markaziy Bank tomonidan nazorat qilishni, iqtisodiy normativlar ularga rioya qilish bilan boglig' mavzularni chuqur egalladim. Banklar faoliyatini tashkil qilish va olib borish tug'risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan yaqindan tanishdim.

Tijorat banklari faoliyatining iqtisodiy asoslari,unda tijorat banklari resurslarini tashkil qilish, ularning tarkibi va manbalari, bank kapitali, uning tarkibi, uni hisoblash usullari, tijorat banklarining jalb qilingan mablag'lari ularning tarkibi, tijorat banklarining aktivlari va ularning sifat darajasi tahlili, tijorat banklarining daromadlari va xarajatlari ularning foydasi kabilarni o’rgandim.


Amaliy ishlash jarayonida tijorat banklari bajaradigan operatsiyalar va ko'rsatadigan xizmatlar, tijorat banklarining passiv va aktiv operatsiyalari, mijozlarning kreditga layoqatliligini aniqlashda qullaniladigan moliyaviy koeffitsientlar, qisqa muddatli kreditlash asoslari alohida kredit turlari va ularni qo'llash imkoniyatlari, banklar tomonidan berilgan kreditlarning ta'minlanganligi, ta'minlanganlik turlari bilan bog’liq jarayonlarda bevosita ishtirok etdim.

Amaliyot o’tovchi talaba: I. Raximberdiyev
Sana: _________
Download 58,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish