Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet91/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: Qo‘shma va juft ravishlarning yasalishi va imlosi
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga qo‘shma va juft ravishlarning yasalishi va imlosi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Ona Vatanni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekanligini o’quvchilarga uqtirish,Vatanga munosib farzand bo’lishga undash.Vatan ravnaqi yo’lida fidoiylarcha mehnat qilishga chaqirish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
1- topshiriq. O‘zbekiston xaritasi asosida suhbatlashing.
1- mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
O‘zbekiston sarhadlari
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyoning markaziy qismida, asosan, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi keng maydonni egallagan. O‘zbekiston beshta qo‘shni davlat — shimoli sharqda Qirg‘iziston, shimolda va shimoli g‘arbda Qozog‘iston, janubi g‘arbda Turkmaniston, janubi sharqda Tojikiston, janubda ozroq masofada Afg‘oniston bilan chegaradosh. Chegaralarimizning umumiy uzunligi 6221 km. Mamlakatning eng chekka joylari: shimolda — Ustyurt va Orol dengizining g‘arbiy qirg‘og‘i, ja-nubda — Termiz shahri, sharqda — Farg‘ona vodiysi. Respublika hududi janubi sharqdan shimoli g‘arbga cho‘zilgan va Orol dengizi tomon nishablashib borgan.
2- topshiriq. Savollarga javob bering.
O‘zbekiston qayerda joylashgan?
Qadimda Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i qanday atalgan?
Mamlakatimiz hududida qanday daryolar, cho‘llar va tog‘lar bor?
Respublikamizda nechta viloyat va qanday vodiylar bor?
Bilib oling!
Ravishlar birdan ortiq asosdan tuzilib, qo‘shma, juft va takroriy bo‘lishi mumkin. Qo‘shma ravishlar, asosan, ikki so‘zdan yasaladi va qo‘shib yoki ajratib yoziladi.
Qo‘shib yoziladigan Ajratib yoziladigan
ravishlar ravishlar
allaqachon har doim
biryo‘la hamma yoq
qaytarzda o‘sha yer
2- mashq. Berilgan ravishlarni qo‘shib yoki ajratib yozilishiga ko‘ra guruhlariga bo‘lib ko‘chiring.
Qo‘shib yoziladigan ravishlar:
Ajratib yoziladigan ravishlar:
Bugun, mardona, qo‘qqisdan, bu yoqqa, ertalab, niho-yatda, qahramonlarcha, o‘sha joy, ozgina, hamma yoq, ertaga, ohista, ataylab, o‘tgan yili, birdaniga, uzoq, keyin, piyoda, yuqorida.
3- mashq. Birinchi qatorda berilgan so‘zlarga ikkinchi qatordagi so‘zlardan mosini qo‘shib, qo‘shma ravishlar hosil qiling.
3. alla, o‘sha, hamma, bir, bir, hech, shu, har.
4. yoqda, pas, kuni, yerda, qachon, darajada, doim, oz.
D)Mustahkamlash
4- mashq. Nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan ravishlar-dan mosini qo‘ying va imlo qoidalari asosida yozing. Feruza ... ozoda yuradi. 2. Qish keldi, ... oppoq qorga burkandi. 3. ...ni qilma orzu, ...da bor tosh-u tarozi. 4 . Do‘st-larim bilan ... uchrashishga kelishib oldik. 5. Maktabda ... dars-lar boshlangan. 6. ... qushning sayrog‘i eshitiladi. 7. ... ozoda, saranjom-sarishta. 8. Kelishingda ... yuklaringni ham olib kel. 9. ... musiqa sadolari eshitiladi.
Foydalanish uchun so‘zlar: allaqachon, hamma yer, shu joy, allaqayerdan, har yoqdan, hamma vaqt, hamma yoq, biryo‘la, har yer.
Adabiy o‘qish
Movarounnahr
Dunyodagi hamma mamlakat, o‘lkaning o‘tmishda boshqacha nomi bo‘lgan. Vaqtlar o‘tishi bilan ularning nomlari o‘zgarib bugungi holiga kelgan. Lekin xalqlarning yodida yurtning eski nomlari o‘chmas iz qoldirgan. Asosan Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan yurtimiz — O‘zbekistonning nomi 1924- yil-dan ma’lum. Ungacha u turli nomlarda atalgan. Shulardan biri arabcha „Movarounnahr“ atamasi bo‘lib, u „daryoning narigi tomoni“ ma’nosini bildiradi. Bu yerda daryo deganda Amudaryo nazarda tutilgan. Uning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlar o‘rta asrlarda shu nom bilan atalgan. Olimlarning fikricha, Movarounnahr, asosan, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘idagi yerlar bo‘lib, shi-molda Orol dengizigacha, janubda Pomir tog‘ etaklarigacha yo-yilgan. Movarounnahrda Samarqand, Buxoro, Termiz va boshqa qadimiy shaharlar joylashgan.
F)Baholash
Uyga vazifa. Vatan haqidagi maqollardan 3 tasini yozing, ma’nosini tushuntiring.

Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish