Darstaqsimoti
|
Daqiqa
|
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va Uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uygavazifaberish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
III.Yangi mavzu bayoni.1-topshiriq. Rasmni kuzating va berilgan savollar asosida suhbatlashing.
— Ayting-chi, rasmda qanday binolar tasvirlangan?
— Poytaxtimizda qanday yangi inshootlar barpo etildi?
— Siz yashayotgan shahar yoki qishloqda-chi?
1-mashq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga e’tibor qiling.
Obod o‘lka
Bizning Vatanimimiz — O‘zbekiston Respublikasi. O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahri Маrkаziy Оsiyodаgi eng kаttа shаhаr. Bu yеrdа kеng ko‘chаlаr, chirоyli zamonaviy uylаr, qаdimiy оbidаlаr ko‘p. Respublikamizning barcha shahar va qishloqlarida bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Eng chеkkа qishlоqlаrdа hаm yangi turar joy binolari, litsey va kollejlar qurildi, sport majmualari barpo etildi. Vatanimiz yildan-yilga obod bo‘lib boryapti.
2-topshiriq. Berilgan savollarga javob bering.
1. Bizning Vatanimimiz qanday o‘lka? 2. Respublikamizdagi qаysi shаhаrlаrni bilаsiz?
3. Shahar va qishloqlarimizda qanday ishlar olib borilmoqda?
Otlar aniq va mavhum bo‘ladi. Aniq otlar biz ko‘ra va seza oladigan narsa-buyumlarni bildiradi. Ular birlik va ko‘plik sonda keladi. Masalan: shahar — shaharlar,bino — binolar kabi. Mavhum otlar his-tuyg‘ular, shaxs-narsaga xos bеlgi nomlarini bildiradi. Masalan: vijdon, mеhr, ishonch, saxiylik kabi.
2-mashq. Matnlarni o‘qing. Aniq otlarni daftaringizga ko‘chirib yozing.
Men G‘ijduvon shahridanman. Shahrimiz tuman markazi hisoblanadi. Shahrimizda katta do‘konlar, shifoxonalar va maktablar bor. Bu yеrda har yili qurilishlar, obodonchilik ishlari olib boriladi. Bu yil shahrimizda katta qo‘shma korxona qurildi. Мaktabimiz qayta ta’mirlandi.Men qishloqda yashayman. Bizning qishlog‘imiz tog‘ etagida joylashgan. Uning tabiati chiroyli, havosi toza. Qishlog‘imizdan katta soy ham o‘tadi. Qishlog‘imiz atrofida oromgohlar ko‘p.
IV.Mustahkamlash.
V.Darsga yakun yasash. O`qituvchi o`tilgan yangi dars mavzusi bo`yicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o`quvchilar javobini muhokama qilib, o`quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlab, o`quvchilarni olgan baholarini kundalik daftariga qo`yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |