MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: Ketib qolma, Orolim!
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga kerak, zarur, shart modal so‘zlarining qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Suv – hayot manbayi ekanligini o’quvchilarga uqtirish. Tabiiy boyliklarni asrab – avaylashga chaqirish. Suv havzalari haqidagi bilimlarni mustahkamlash. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
5- topshiriq. Rasm va berilgan savollar asosida o‘zaro suhbatlashing.
— Ayting-chi, rasmda nimalar tasvirlangan?
— „Orol fojiasi“ deganda nimani tushunasiz?
— Orolning shunday holatga kelib qolishining sababi nimada?
6- mashq. O‘qing. Matndagi fikrga o‘z munosabatingizni bildirgan holda matnni davom ettiring. Orol
Biz Amudaryo va Sirdaryo suvini keragidan ortiq sarfladik, natijada ularning suvi Orol dengizigacha yetib bormay qoldi. Buning oqibatida shunday katta dengiz quriy boshladi. Orolning qurishi iqlimning o‘zgarishiga, juda ko‘p kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu bizga katta saboq bo‘lishi kerakligini va boshqa tabiiy boyliklarimizni ham tejab sarflashimiz zarurligini anglashimiz shart. Faqat suvnigina emas, bizgacha ye-tib kelgan barcha boyliklarni keyingi avlodlargacha yetib borishini ta’minlashimiz kerak. O‘ylab ko‘ring, agar biz ...
7- mashq. Mustaqil ish. Quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri joylashtira olsangiz, bir nechta maqol bilan tanishasiz.
— yaxshi, hechdan, kech, ko‘ra.
— Ko‘p, yaxshiroq, indamay, ko‘ra, o‘tirganing, gapir-gandan.
— kuchli, o‘limdan, nomus.
D)Mustahkamlash.
6- topshiriq. She’rni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Ketib qolma, Orolim!
Xasta holing, xasta o‘yga botursan,
Bemajol, bemador, behol yotursan.
Doding bilan dunyoni uyg‘otursan,
Ketib qolma, Orolim!
Oq-u qarosisan qaro ko‘zimning,
Yuzlaringga bosib yashay yuzimni,
Suving qurib, quritmagin izimni,
Ketib qolma, Orolim!
Daryolaring kelolmasdan yig‘lar zor, Senga mador bo‘lolmasdan yig‘lar zor, Baliqlaring ko‘zlarida xitob bor, Ketib qolma, Orolim!
Qirg‘og‘ingda qovjiragan dalangman, To‘lqinlaring titrog‘iman, nolangman, Men ham bitta qaqshab qolgan bolangman, Ketib qolma, Orolim!
(Muhammad Yusuf)
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
4. Suvning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini tushuntirib bering.
5. Oilada, mahallada, maktabda suvni tejab ishlatish uchun nimalar qilish kerak?
6. Shart maylidagi fe’llarning qo‘llanilishi va ma’nolari haqida gapirib bering.
7. O‘zbekistonning daryo va ko‘llari haqida nimalarni bilib olganingiz va yana bilmoqchi bo‘lgan ma’lumotlaringizni BBB jadvali orqali ifodalang.
Bilar edim Bilib oldim Bilishni istayman
Uyga vazifa. Sizning shahringizda (tumaningizda) qanday suv havzalari bor? Ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |