Daqiqa
|
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va Uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uygavazifaberish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
III.Yangi mavzu bayoni. Darslik bilan birgalikda ishlash.
Mirzo Ulug‘bek haykali Ulug‘bek rasadxonasi
1-topshiriq. Berilgan tayanch so‘zlar va tasvirlar asosida Mirzo Ulug‘bekka ta’rif bering.
Salobatli, hukmdor, odil, dono, aqlli, o‘tkir zehnli, buyuk olim.
1-mashq. Matnni o‘qing. Ajratib yozilgan so‘zlarga e’tibor bering.
Buyuk astronom
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek bоlаlik davrida bobosi Amir Temur bilan ko‘p mamlakat va shaharlarga borar edi. U hamma narsaga qiziqar, olgan taassurotlari asosida rasmlar ham chizar edi. Ulug‘bek o‘zi hukmdor bo‘lgandan so‘ng Samarqandni ilm markaziga аylаntirib, hatto rasadxona qurdirdi. U bu yerda yulduzlarning harakatini kuzatar edi. Ulug‘bek 1018 ta yulduzni o‘rganib, «Zichi Kuragoniy» jadvalini tuzgan. Hozir koinotdagi yulduzlardan biri Ulug‘bek nomi bilan ataladi.
2-mashq. Berilgan fe’llarni o‘tgan zamon davom fe’li shaklida yozing.
Kuzatmoq, o‘qimoq, qiziqmoq, qurdirmoq, yaratmoq,
o‘rganmoq, shug‘ullanmoq, ko‘rinmoq.
3-mashq. Nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan fe’llarning mosini qo‘yib ko‘chiring.
Olimlar yulduzlarga qadim zamonlardan ... . Ular yulduzlarning joylashgan o‘rniga qarab yulduzlar xaritalarini ... . Bunday xaritalarda har bir
yulduz turkumi va yirik yulduzlarning nomi ... . Odamlar Qutb yulduzi, Zuhro yulduzi, Katta Ayiq va Kichik Ayiq yulduzlar turkumini yaxshi ... . Yo‘lboshchilar tunda yulduzlarga qarab ... . Yulduzlar kompas vazifasini ham ....
Foydalanish uchun: bajarardi, o‘tardi, yozilar edi, qiziqardilar, yurar edilar, tuzar edilar, bilar edilar.
IV.Mustahkamlash.
4-mashq. Qavs ichida berilgan fe’llarni o‘tgan zamon davom fe’li shaklida yozib gaplarni ko‘chiring.
1. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek bolaligida yulduzlarni tomosha qilishni (yaxshi ko‘rmoq). 2. U hukmdorlik qilgan davrida bo‘sh vaqtlarini ko‘pincha rasadxonada (o‘tkazmoq).3. Ulug‘bek o‘z shogirdlariga dunyoviy ilmlardan (saboq bermoq). 4. Juda ko‘p ilm toliblari Ulug‘bek qurdirgan
madrasada (o‘qimoq). 5. Temuriylar davrida ilm-fanni rivojlantirishga katta (e’tibor bermoq).
Do'stlaringiz bilan baham: |