Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet87/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf

Mavzu:Nozimaning guli
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga qo‘shma, juft va takroriy sifatlarning yasalishi va imlosi.haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.O’zbekiston tabiati va iqlimi, geografik hududi, tog’lari, tog’da yashovchi hayvonlar, tog’ o’simliklari haqidagi bilimlarni mustahkamlash.Tabiatni, tabiiy boyliklarni asrab – avaylashga o’rgatish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
3- topshiriq. O‘qing. O‘simliklar haqidagi foydali ma’lumotlarni bi-lib oling.
Tutatilgan isiriq hidi zararli mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega. U griðp va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini oladi.
Bir tup qora qayin 1 soatda 1 kg 700 gramm kislorod ishlab chiqaradi. Bu 64 kishining kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.
Jiyda oziqa manbayi hamda o‘tkir hidli dorivor o‘simlikdir. Jiydasiz bog‘lardagi daraxtlar turli kasalliklarga chalinib nobud bo‘ladi. Shuning uchun jiydani sanitar daraxt deyishadi.
8- mashq. Nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan sifatlardan mosini qo‘yib yozing.
1... tog‘larni ko‘rsang, bahri diling ochiladi. 2. Tog‘lardagi ... so‘qmoq yo‘llardan yurish oson emas. 3. ... hududlarda do‘lana, pista, bodom kabi daraxtlar o‘sadi. 4. Keksalar tog‘lardagi ...
o‘simliklardan ... dori tayyorlashni bilishadi. 5. Men ... hikoyalar yozib turaman. 6. Ilgarigi ... ko‘chalar o‘rniga ... ko‘chalar, ... ko‘priklar barpo etildi.
Foydalanish uchun so‘zlar: tog‘li, mustahkam, kichik-kichik, qing‘ir-qiyshiq, shifobaxsh, baland-baland, turli-tuman, egri-bugri, keng
9- mashq. Matnni o‘qing. Matnda ajratib ko‘rsatilgan o‘simliklar nomlarini daftaringizga ko‘chiring.
O‘zbekistonning o‘simlik dunyosi
Respublikamiz hududida o‘simliklarning 3700 dan ziyod turi o‘sadi. Ulardan 20 foizi mahalliy o‘simliklar bo‘lib, boshqa joylarda uchramaydi. O‘simliklarning ko‘p qismi tog‘larda o‘sadi. Dasht, cho‘l o‘simliklari orasida butalar, daryolarning bo‘ylari-dagi vodiylarda esa daraxtzor ko‘p bo‘ladi. Tog‘oldi tekisliklari-da o‘t o‘simliklar ko‘proq bo‘lib, lola, rovoch, gulsapsar, boy-chechak, momaqaymoq, kiyiko‘t, yovvoyi piyozning har xil turlari o‘sadi. Butasimon o‘simliklardan qiziltikan, kiyikpanja, zirk, na’matak kabilar ko‘p bo‘ladi. Tog‘ yonbag‘irlarida archa, bodom, pista, yong‘oq, tog‘olcha, yovvoyi olma daraxtlari o‘sadi
10- mashq. Mashqlarda berilgan matnlardan foydalanib, jadvalni to‘ldiring.
Tog‘larda o‘sadigan Ch o‘llarda o‘sadigan Vo diylarda o‘sadigan
o‘simliklar o‘simliklar o‘simliklar
D)Mustahkamlash
Adabiy o‘qish
Nozimaning guli
Nozimaga tug‘ilgan kunida tuvakda gul sovg‘a qilishdi. U gulni avaylab parvarishladi. Tuvakdagi gul kundan kunga bo‘y cho‘zib o‘sdi, lekin gullashidan darak bo‘lmadi.
— Uni tashlab yuborish kerak, — dedi onasi, — na chiroyi, na foydasi bor.
Nozima gulini tashlab yuborgisi kelmadi. Kunlarning birida Nozima kasal bo‘lib qoldi. Nozimani bir qancha shifokorlargako‘rsatishsa ham tuzalib ketmadi. Bir kuni shifokorlardan biri
Nozimani tekshirib ko‘rib shunday dedi:
— Qizingizga bir o‘simlik davo bo‘lishi mumkin. Lekin uni topish juda mushkul. Bu gulning barglari ko‘rimsiz bo‘lib, tikanlar bilan qoplangan.
— Oyijon! — dedi Nozima, — axir u mening gulim-ku! Shifokor gulni ko‘rib:
— Men ana shu gulni aytayotgan edim. Unig barglarini qaynatib, qizingizga ichirasiz. U tez kunda tuzalib ketadi, — dedi.
— Men esa uni xunuk deb tashlab yubrmoqchi edim, — dedi onasi.
Oradan bir necha kun o‘tibdi. Gul bargidan tayyorlangan shifobaxsh damlamani ichgan Nozima batamom tuzalib ketibdi.
— Men gulimni nobud bo‘lishidan asragandim, u ham menga kasallikdan shifo topishimda yordam berdi, — debdi Nozima.
Shundan keyin onasi ham Nozima bilan birga ushbu shifo-baxsh gulni parvarishlab, uni ko‘paytirishibdi.
(„Onamning hikoyalari“ kitobidan)
Topshiriq: Hikoyani o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
F)Baholash
Uyga vazifa. O‘zbekistonning shifobaxsh o‘simliklari ha-qida kichik taqdimot qiling.



Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish