Darstaqsimoti
|
Daqiqa
|
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va Uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uygavazifaberish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
III.Yangi mavzu bayoni. Darslik bilan birgalikda ishlash.
1-topshiriq. Savollarga javob bering va suhbatni davom ettiring.
1. Bobongiz bilan nimalar haqida suhbatlashasiz?
2. Bobongiz qaysi kasb egasi bo‘lganlar?
3. Bobongizni ko‘rgani tez-tez borib turasizmi?
1-mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga e’tibor bering.
Bobom xotiralari
Bu voqea urush yillari sodir bo‘lgan edi. Dadam urushga ketgan, biz besh farzand onam va buvim bilan qolgan edik.Hovlimizda bir tup katta tut bo‘lib, shu tut bizni boqar edi.Onam bilan buvim shu tut mevalaridan qoqi, shinni tayyorlab,uni bozorda yeguliklarga almashtirib kelar edilar. Biroq bir kuni o‘qishdan kelsam, tutimiz kesib ketilgan, onam bilan buvim yig‘lab o‘tirgan ekanlar. Tutdan ayrilish oilamiz boshiga kata musibatlar keltirdi. O‘sha yili kenja ukam ochlikdan vafot etdi.Bu g‘amni ko‘tarolmay onam ham yotib qolgandilar. Har yili tut pishig‘ida shu voqealar yodimga tushadi.
IV.Mustahkamlash.
2-mashq. Berilgan gaplardagi fe’llarni o‘tgan zamon hikoya shakli bilan almashtirib yozing.
1. Bobom o‘rtoqlari bilan ustozlarini ko‘rgani borishdi.2. Bobom bo‘lib o‘tgan voqeadan juda ta’sirlangan edi. 3. Men ham bobom aytgan rivoyatga ishondim. 4. Nodir mo‘jiza sodir bo‘lishini uzoq kutgandi. 5. Bobosining yuzlaridagi ajinlarga boqib, o‘sha hikoyani esladi.
3-mаshq. Qаvs ichidа bеrilgаn fе’llаrdаn mоsini qo‘yib gаplаrni ko‘chiring.
1. Bоtir bоbо buni оtаsidаn (eshitibmаn, eshitibsаn, eshitibdi). 2. Nаbirаsining g‘аlаbаsidаn bоbоsi (хursаnd bo‘ldim, хursаnd bo‘lding, хursаnd bo‘ldi). 3. Zumrаd bоbоsi yotgаn uyning eshik vа dеrаzаlаrini tеzdа (оchibmаn,оchibsаn, оchibdi).
4. Dеhqоn bug‘dоy ekib, undаn mo‘l-hоsil (оlibmаn, оlibsаn, оlibdi). 5. Меn tushimdа ertаk qаhrаmоnigа (аylаnibmаn, аylаnibsаn, аylаnibdi).
V.Darsga yakun yasash.
O`qituvchi o`tilgan yangi dars mavzusi bo`yicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o`quvchilar javobini muhokama qilib, o`quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlab, o`quvchilarni olgan baholarini kundalik daftariga qo`yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |