Prokuror bilan tarjimon o‘zaro maslahat qilishadi. Tilmoch hukmnomani o‘qib berdi:
“Aybdorning qilgan gunohi og‘ir bo‘lib, hozirgi nozik sharoitlar vaqtida davlat odamiga qasd qilgani uchun falon moddalar bo‘yicha oliy jazoga hukm qilish kerak bo‘lsa-da, bovujud O‘lka harbiy sudining sayyor hay’ati aybdorning madaniyatsiz yerli xalq ayoli ekanini, o‘zining yosh va turmushda tajrabasizligini va hamma gunohlarini nomus bilan iqror qilib bo‘yniga olganini nazarda tutib, bir qator moddalar bo‘yicha shunday hukm qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |