16. Kirish so‘z bilan ifodalangan gap berilgan qatorni toping.
A) Sobir, buyoqqa chiq, ammamlar keldilar.
B) Aslo qaynonangni aldama, qizim..
C) Men senga aytsam, bugun ketamiz.
D) Chamasi, bir soatlar bo‘ldi.
17. Ko’chirma gap qo’llangan gapni aniqlang.
A) “Afsus , endi ilojim yo’q”,-dedi onam.
B) Ba’zida qo‘ylar ma’rar, ba’zida ularga qo‘zilar ham qo‘shilib qo‘yar, nimadandir bezovta bo‘lishayotganga o‘xshardi.
C) Goh qilgan ishlaringni eslab, kuyinib ketasan, kishi.
D) Dam radiodan taralayotgan musiqa ovozi tutib ketar, dam samolyot shovqini kuy ohanglarini xuddi bahor yomg‘irlarining shiddatidek biroz o‘z domiga tortar ... yana kuy davom etardi.
18. Undalmali gapni aniqlang.
A) Qizing bu yil maktabga bordi-a? C) Sobir akang o‘qishga kirdimi?
B) Afsuski, bu noto‘g‘ri. D) Ehtiyot bo‘l, o‘g‘lim
19. Topishmoq javobini toping: Og'izdan chiqquncha seniki, og'izdan chiqqani elniki.
A) til C) ilm
B) so'z D) kitob
20. O'zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berildi?
A)1989-yil 21-dekabr C) 1991-yi1 21-oktabr
B) 1989-yil 21-noyabr D) 1989-yil 21-oktabr
21. X va H harflarining imlosi qaysi qatorda noto'g'ri berilgan?
A) hushyor, saxiy, harakat C) har kim, hukm, xat
B) maxsulot, taht, hayol D) xulosa, hurmatli, hukm
22. Bosh haflarning qo'llanishida xatoga yo'l qo'yilgan qatorni toping.
A) O'zbekiston - yer yuzining jannati.
B) Farg'ona vodiysining yaypan, nursuq, qudash degan qishloqlari bor.
C) U bizning jonajon Vatanimizdir.
D) "Tong yulduzi"ga obuna bo'ling.
23. Qaysi qatordagi gapda imlo xato bor?
A) San'at saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.
B) Chap yoni bilan turmoq.
C) Urish, noming o'chsin jahonda...
D) Besh asrkim nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir sher
24. Shakldosh so'zlar berilgan qatorni toping.
A) ot, o’t, soz C) bor, ziyo, stol
B) gul, bog', ona D) oz, kitob, yoqa
25. Qo'shma so'zlar qanday yoziladi?
A) qo'shib C) chiziqcha bilan
B) ajratib D) qo'shib yoki ajratib
II chorak
1. Yordamchi so’zlar qatorini toping.
A) ot, sifat, son C) ko’makchi, bog’lovchi ,yuklama
B) taqlid, modal, undov D) A, B, C
2. Qanday qo’shma so’zlar doim ajratib yoziladi?
A) qo’shma fe’l, qo’shma son C) qo’shma ot, qo’shma ravish
B) qo’shma son, qo’shma ot D) qo’shma ravish, qo’shma fe’l
3. Qaysi qatorda gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar berilgan?
A) olmosh C) son
B) bog’lovchi D) taqlid so’z
4. Gaplar ifoda maqsadiga ko’ra necha xil bo’ladi?
A) 4 xil C) 2 xil
B) 3 xil D) 5 xil
5. –mi, chi, -a , -ya, -ku, -da qo’shimchalariga qaysi qatorda to’g’ri ta’rif berilgan?
A) ot yasovchi C) yuklama
B) sifat yasovchi D) ravish yasovchi
6. Mavhum otlar berilgan qatorni toping?
A) baxt, kitob, olam C) ozodlik, tuygu, sevgi
B) armiya, xalq, poda D) Toshkent, Anvar
7. Son qaysi gapda kesim vazifasini bajargan?
A) Majlisda Faridaga so’z berildi. C) Ikkalasi qishloqqa ketishdi.
B) Sardorning bahonasi ko’p . D) Bizning sinfimiz maktabda birinchidir.
8. Harakatning belgisini bildiruvchi so’zlar qanday nomlanadi?
A) sifat C) fe’l
B) ravish D) olmosh
9. Berilgan qaysi turkumga oid so’zlarning ba’zilari o’zlari birikib kelgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yozilishi mumkin?
A) bog’lovchilar C) yuklamalar
B) ko’makchilar D) modal so’zlar
10. Predmet tomonidan bajarilgan ish-harakatni bildiruvchi so’z turkumi qanday nomlanadi?
A) fe’l C) ot
B) son D) ravish
Do'stlaringiz bilan baham: |