Ona tili va bolalar adabiyoti fanidan taqdimot



Download 1,55 Mb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi1,55 Mb.
#334834
  1   2
Bog'liq
A. Ko'chimov ppt

Ona tili va bolalar adabiyoti fanidan taqdimot

Mavzu: Abdusaid Ko’chimov

Reja:

  • Abdusaid Ko'chimov tarjimai holi;
  • A. Ko'chimovning mehnat faoiliyati;
  • Shoirning she'riy to'plamlari.

Abdusaid Ko'chimov 1951 yil 15 mayda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻilgan. 1967 yili tumandagi 37-oʻrta maktabni bitirgan. 1968-1972 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika  institutining  oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan.

Mehnat faoliyati 1972 yilda “Oʻqituvchi” nashriyotida korrektorlikdan boshlandi. Mazkur nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi – “Lenin uchquni”ga adabiy xodim boʻlib ishga oʻtdi va 1984 yilgacha ana shu gazetada boʻlim mudiri, masʼul kotib vazifalarida mehnat qildi. 1984 – 87 yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida masʼul kotib, 1987-91 yillari “Lenin uchquni” gazetasida bosh muharrir,1991-92 yillarda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida uyushma raisining oʻrinbosari,1992 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Madaniyat, axborot va turizm boʻlimi mudiri, 1992-1996 yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisining oʻrinbosari, 1996-1997 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida Axborot markazi rahbari,1997-2005 yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisi, 2005-2006 yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisining oʻrinbosari, “Toshkent” teleradio kanali bosh derektori vazifalarida xizmat qildi. 2006 yilning iyul oyidan buyon “Xabar” gazetasida bosh muharrirlik qilayotir.

Oʻzbekiston jurnalistlari va Yozuvchilari uyushmalarining aʼzosi boʻlgan A. Koʻchimovning birinchi kitobi – “Kashfiyotchi bolalar” 1978 yili chop etilgan edi. Oʻtgan yillar davomida “Mening Oʻzbekistonim”( 1979 yil). “Toshburgut” (1981 yil), “Mening yulduzim”(1984 yil), “Chanoq”(1985 yil), “Halqa”(1987 yil), “Ikki bahor”(1990 yil), ”Umid daraxtlari”(1992 yil), “Qiyofa”(1996 yil), ”Yosuman”(2000 yil), “Baland togʻlar”(2002 yil), “Koʻzlarimning qarogʻidasan” (2006 yil), “Muhabbat bogʻlari” (2008 yil), “El suv ichgan daryolar” (2009 yil) nomli publitsistik, sheʼriy va nasriy kitoblari  chop etildi.Tatar adibi M.Xarisovning “Qizil sayyoraga sayohat” nomli qissasi A.Koʻchimov tarjamasida oʻzbek kitobxonlariga taqdim etilgan.

Adibning “Baland togʻlar” qissasi va “Boychechak” hikoyasi asosida koʻp qismli badiiy filmlar yaratilgan. “Halqa” va “Hayot hukmi” nomli kitoblari Xitoy Xalq Respublikasida nashr etilgan.Bir qancha hikoya, qissa va sherlari rus, ukrain, moldovan, turk va boshqa jahon tillariga tarjima qilingan. Unga tabiatni asrab-avaylash mavzuidagi asarlari uchun Xalqaro YUNYeSKO mukofoti, “Halqa” kitobi uchun Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofot berilgan.

A. Koʻchimov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni, “Shuhrat” medali,”Mehnat shuhrati” ordeni,  Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston respublikasi Oliy Kengashining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

1990-1994 yillarda Oʻzbekiston Oliy Soveti deputatligiga, 1994-1999 va 1999-2004 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga saylangan.

Uch farzandi, toʻqqiz nafar nabirasi bor.

Ilk mashqlarini maktabda – Oʻquvchilik partasida xabar va maqolalar yozishdan boshlagan Abdusaid Koʻchimovni maktabdoshlari “muxbir bola” deb atar edilar. Chunki uning lavha va xabarlari tez-tez gazetalarda chiqib turardi. U aʼlo oʻqish, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan birga, adabiyotni jondildan sevar, “Oʻzbek xalq ertaklari”, “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Tohir va Zuhra”, “Uchar gilam”, “Gulliverning sayohatlari”, “Temur va uning komandasi”, “Shum bola” singari kitoblarni qoʻldan qoʻymay oʻqirdi. Adabiyotga boʻlgan muhabbat uni, oʻrta maktabni 1967-yili tamomlaganidan keyin, Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika institutiga yetaklab keldi. U 1968–1972-yillarda mazkur institutning (hozirgi universitet) oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi.

Institutda oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan yanada chuqurroq tanishdi. Ulkan adiblar ijodi unga mahorat maktabi vazifasini oʻtadi. Bu yozuvchilardan haqqoniy qiyofa yaratish, jonli xarakter chizish, qiziqarli badiiy usullar bilan bolalarni katta hayot ichiga olib kirish yoʻllarini oʻrgandi. Soʻzning sehrli kuchini his qildi. Ehtimol, ushbu hodisalar boʻlajak shoir va adibning tuygʻulariga yanayam kuchliroq gʻulgʻula solgandir.

Abdusaid Koʻchimovning mehnat faoliyati 1972-yilda “Oʻqituvchi” nashriyotida musahhihlikdan boshlandi. Ushbu nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi “Tong yulduzi”ga adabiy xodim boʻlib ishga oʻtdi va 1984 yilgacha ana shu gazetada boʻlim mudiri, masʼul kotib vazifalarida mehnat qildi. Gazetachilik ishi Abdusaid Koʻchimov qalamini charxlab, adabiy ishga yoʻllabgina qolmadi, balki keng hayot ichiga olib kirdi, bolalar dunyosi, ruhiy olami bilan doʻstlashtirdi. Hayotiy kuzatishlar yangi mavzu, yangi material berdi. Bu yillar ijodkorning tarjimayi holida hayotni oʻrganish, anglash, tushunish va adabiyot sirlarini egallash davri boʻlib qoldi, deyish mumkin. Gazetachilik ishi yuzasidan tez-tez safarlarga chiqqan qalamkash respublika shahar va qishloqlarini kezdi, yirik qurilishlarda, maktablarda boʻldi. Oʻzining boʻlajak qahramonlari bilan yaqindan tanishdi. Shu tariqa uning asarlarida odobli, aʼlochi, mehnatkash, tirishqoq va ayni paytda, oʻjar va shoʻx bolalarning xilma-xil qiyofalari paydo boʻldi. Ana shunday asarlardan biri “Mening Oʻzbekistonim” dostonidir. Doston bolalar adabiyotidagi tipik usullardan biri – sayohat janrida yozilgan. Dostonda mamlakatda sodir boʻlayotgan voqea va hodisalar Bobo bilan Nabiraning xayolan qilgan sayohati vositasida juda qiziqarli hikoya qilinadi. Bu doston 1979-yilda alohida kitob – albom shaklida nashr etildi.

Tinimsiz izlanishlar, hayotdan va ustozlar ijodidan oʻqib oʻrganishlar Abdusaidga ijodda oʻz ovozi, oʻz yoʻlini topib olishga imkon yaratdi. Shoirning uchinchi kitobi – “Toshburgut” (1981 yil) Abdusaid Koʻchimovning maʼlum kamolotga yetganiga dalolatnoma boʻldi, deyish mumkin.

“Toshburgut” toʻplami bilan tanishar ekansiz, shoirning har doim bugungi kichik kitobxonning nafis didiga mos sheʼrlar yozishga intilayotganiga guvoh boʻlasiz. Shu bois uning kichkintoylar bilan muloqoti samimiy dildan kechadi.

“Maqtanchoqlar”, “Mish-mishvoy”, “Inoqlar”, “Yolgʻonchi-sayohatchi”, “Jazo”, “Suflor” sheʼrlarida yuksak yumor bilan birga bolalarda uchraydigan sodda mugʻambirlik, maqtanchoqlik, oʻyinqaroqlik ajoyib mahorat bilan tasvirlanadi. “Suflor” asari ana shu jihatdan eʼtiborli.

Sheʼr bir sinfdagi oddiy va hayotiy voqea zaminiga qurilgan. Bayram arafasida bolalar sinfda pesa qoʻymoqchi boʻladilar. Rollar taqsimlanadi. Birov ot, birov chol, yana birov quyon. Barcha rollar taqsimlab boʻlingach, oʻqituvchi:




Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish