Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi



Download 1,36 Mb.
bet41/60
Sana15.06.2023
Hajmi1,36 Mb.
#951558
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi 2

Sinfdan tashqari o’qish
Adabiyotdan, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning eng muhimi sinfdan tashqari o’qishni pedagogika talablari asosida to’g’ri tashkil qilishdir. Maktabdan tashqari o’qishdan kuzatilgan maqsadga erishish uchun uni sinf mashg’uloti bilan ma’lum darajada bog’lash lozim.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotini to’g’ri uyushtirish uchun ishni o’zbek maktablarining V-VIII sinflari uchun tuzilgan “Ona tili va adabiyot”, IX- X sinf uchun tuzilgan “Adabiyot” dasturlarining oxiridagi sinfdan tashqari o’qish uchun tavsiya etilgan asarlar ro’yxati bilan tanishib chiqishdan boshlash lozim. Tavsiya qilingan ro’yxatdagi asarlarni asosan 3 guruhga bo’lish mumkin:

  1. Sinfda o’rganiladigan yozuvchilarning dasturga kirmagan asarlari.

  2. Dasturga kirmagan, lekin adabiy o’qish va adabiyot darslari uchun zarur hamda xarakterli bo’lgan yozuvchilarning asarlari.

  3. Sinfda o’rganiladigan materiallarga aloqasi bo’lmasa ham, o’quvchilarning bilim saviyalarini oshirish uchun xizmat qiladigan asarlar.

O’quvchilarning qiziqishlarini tarbiyalash uchun shu ro’yxatda ko’rsatilgan asarlardan ma’ruza mavzulari uchun ham yordamchi material sifatida foydalanish tavsiya qilinadi.
Olingan bilimni mustahkamlash yuzasidan o’tkazilgan mashg’ulotlarda, ayniqsa, yuqori sinflardagi referat xarakterida o’tkaziladigan ishlarda sinfdan tashqarida o’qish natijasida olingan bilimni mustahkamlash, uni shu sinfdagi ish bilan bog’lash lozim.
Sinfdan tashqari o’qishni to’g’ri uyushtirishning ikkinchi yo’li—«Adabiyot yangiliklari» degan plakatlar tuzish va shu plakatlarda kundalik adabiyot yangiliklarini aks ettirib borishdir. Shu «Adabiyot yangiliklari» nomli plakatda ko’rsatilgan asarlarning qisqacha annotatsiyasini berib borish lozim. Bu annotatsiyada asarning avtori, nashr qilingan vaqti, nomi, hajmi, mavzu va g’oyasi, asosiy qahramonlari, bahosi ko’rsatilishi lozim. Eng yaxshisi, shu yangi chiqqan asarni sinfga olib kelib ko’rsatishdir.
O’qituvchining bu ishiga maktab kutubxonasi ham yaxshi yordam berishi kerak. Maktab kutubxonasi alohida vitrinalarda vaqti-vaqti bilan yangi kitoblarning ko’rgazmasini tashkil qilib borishi lozim.
Nihoyat, rahbarlik ishining yana bir turi o’quv yilida bir yoki ikki marta o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishlari yuzasidan umumiy ko’rik o’tkazishdir.
Bu ko’rikda o’quvchilar o’qigan asarlari yuzasidan o’z fikrlarini aytadilar. O’qilgan asarlarning qaysi jihatdan yokqanligini so’zlab beradilar. Shundan so’ng o’qituvchi o’qilgan asarlar yuzasidan aytilgan fikrlarga xulosa yasaydi. Shu asarlar ichidan eng muhimlarini ajratib ko’r-satadi. Ayniqsa, qaysi asarni o’qish. kerakligini aytib beradi.
Asar yuzasidan daftarga o’z fikrlarini qayd qilishda o’quvchilar quyidagi masalalarni e’tiborga olishi lozim: o’quvchining yozuvi asardan olgan tushunchalari doirasida bo’lishi kerak, yozuvda o’quvchi nimani istasa, qanday tushungan bo’lsa, shunday aks ettirsin. Bundan tashqari, o’qituvchi yozuvning qisqa bo’lishini o’rgatsin. Bu yozuv asosan quyidagi moddalarni o’z ichiga olishi kerak:
1. Muallif va asarning nomi.
2. Asarda nimalar haqida so’zlanadi?
3. Asar qaysi jihatdan ahamiyatli? (Qahramonlar, voqealar, tasvir, ayrim fikrlar va boshqalar.)
Sinfdan tashqarida o’qilgan asarlar yuzasidan uyushtiriladigan konferentsiyalarda bayon qilinadigan annotatsiyalar xuddi shu sxema asosida yoritilsa, o’quvchilarda o’qishga havas yana ham ortishi mumkin.
Kitobxonlarning konferentsiyalari ham o’qilganlarni hisobga olishda ahamiyatga egadir. Konferentsiyalar bir yilda bir yoki ikki marta o’tkaziladi. Konferentsiyada ma’ruza qiluvchi kitobxonlar oldindan tayyorlanib keladilar. O’z ma’ruzalarida qanday asarlarni o’qiganliklarini, yana qaysi asarlarni o’qimoqchi ekanliklarini aytadilar.
Bunday konferentsiyalarni jonli va qiziqarli o’tkazish maqsadida maktabning sharoitiga qarab, mehmonlar—yozuvchi va shoirlar ham taklif qilinadi. Ota-onalar, boshqa sinflarning o’quvchilari, hatto, boshqa maktabning vakillari ham taklif qilinadi.
Konfereitsiyada o’qilgan asarlarning ko’rgazmasi tashkil kilinadi. O’qituvchilar ba’zi asarlarni ifodali o’qib beradilar, mazmunini gapirib beradilar, kichik parchalarni yod aytib beradilar.

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish