Ona allasi
Musiqa hayratli va takrorlanmas hodisa. Bu bizning tuyg‘ularimizni junbushga keltiradi, to‘lqinlantirib, ko‘ngillarimizga huzur beradi, ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi, ezgulikka undaydi, ma`naviy boyitadi. Musiqaning mudom “yashashi” uchun tabiiy sharoit va ehtiyoj mavjud. Ajdodlar tomonidan to‘plangan musiqaviy san`atlar muntazam ravishda boyib, takomillashib boradi. Mana shu jarayonda bola ilk qadamlaridanoq hayotbaxsh musiqadan bahramand bo‘ladi. Ona allasini ham san`atning musiqiy-hayotiy shakllari silsilasiga kiritish mumkin.
Alla bolani uxlatish uchungina mo‘ljallangan oddiy qo‘shiq emas. U ona va bola orasidagi umumiy, asrlar davomida saqlangan maxsus munosabatlar uchundir. Ona allasi shaklini olgan bu munosabatlar onadan bolaga o‘tmishdagi ajdodlar donishmandligining o‘tishiga, bolaning hayotga tabiiy kirib kelishiga imkon yaratadi, uni tarbiyalaydi.
Ona allasi faqat onaga xos bo‘lgan hissiy noziklikni ifodalaydi hamda qalbining tub-tubidan chiqib keladi. Ona butun vujudi, ruhiyati bilan sug‘orilgan ohanglar vositasida o‘zining eng muqaddas, eng ezgu tuyg‘ularini, orzu-istaklarini farzandiga yetkazadi, ana shu asnoda uni tarbiyalaydi.
Vatan tarixi
Har bir viloyatda yoki qishloqda tariximiz zarvaraqlariga oltin harflar ila bitilsa arzigulik kashfiyotlar yashirin . Bular odob va odatimizda ,tabiatimizda yashaydi .
Rahmatlik bobom aytgan edilar:Forobiy Toshkentga kelganida Beshyogochdagi madrasada tahsil olgan ekan .
Abdulla Avloniy uning ruhini shod etib , xuddi o‘sha yerga o‘z maktabini qurdi .
Chirchiq daryosi toshib , Forobiy kitob mutolaa qilgan kutubxona binosi buzilganda bir hafta suvda kitob oqqan ekan. O‘sha kitoblarni kim o‘qigan ?
Qadimshunoslar uzoq Surxondaryodagi Dalvarzintepadan Budda haykalini topishibdi.Budda dini hukmron bo‘lmish Yaponiya ziyolilari esa hayratda qolishibdi.Endi esa o‘sha yapon olimlari o‘zbek arxeologlari bilan hamkorlikda Dalvarzintepani o‘rganishmoqda.
Budda dini bizning sarhadlarimizga qaysi yo‘l bilan tarqalgani-yu u Yaponiyaga qanday borib qolganini aniqlashmoqda.Sarhadimizda qanday qonunlar kashf qilingan yoki hukm surgan bo‘lsa, o‘sha odatimizda qolgan desam ishonasizmi? (117 so‘z)
Vaqting ketdi — baxting ketdi
Insonning hamma vaqti ham ish, o‘qish bilan band bo‘lavermaydi. Aytaylik, ota-onaga qarashish, darsda bo‘lish, darsga tayyorlanish, maktab yoki boshqa muassasalarda, jamoat ishlarida qatnashish bilan bir qatorda orada bo‘sh vaqt ham bo‘ladi. Ana shu bo‘sh vaqtdan unumli, maqsadli foydalana bilish, uni bekorga ketkazmaslik ham oqilona ishlardandir. Ammo, ayrim bolalar bo‘sh vaqtlaridan to‘g‘ri foydalanmaydilar. Eng noyob boylik — bo‘sh vaqtini behudaga o‘tkazib, bir-birlari bilan gaplashib o‘tirish, arzimagan mayda-chuyda narsalar ustida bahslashish, ko‘cha-ko‘yda sanqib yurish bilan kun o‘tkazuvchi bolalarni ko‘rib afsuslanasan, kishi. Жismoniy va aqliy yetuk inson bo‘lib yetishuvida bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, undan oqilona foydalana bilish muhimдир. Dono xalqimizning: «Vaqtning qadriga yet», «Vaqting ketdi — baxting ketdi» deyishi xuddi ana shu bo‘sh vaqtni qadrlay olish, undan unumli foydalanishni ko‘zda tutib aytilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |